OLISHNI ISTAGANLARGA
Nega
Turkiya?
Turkiya insonlarni o’ziga jalb qila oladigan xususiyatlarga juda boy. Har bir
hududining o’ziga xos ruhi va afzalliklari bor.
Masalan Istanbulni olaylik, ham Osiyo, ham Yevropa hududida joylashishi bilan
ikki qit’ani bir-biriga bog’lagan shahardir. Bu yer ming yillardan beri turli
madaniyatlar markazi bo’lib kelmoqda. Aslida, Turkiya ikki qit’ani bog’labgina
qolmay, sharq va g’arbni ham o’zida mujassamlashtira olgan mamlakatdir. Ikki
madaniyatni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtirib, uzoq yillardan beri madaniy
boyliklar va tarixiy meroslarga boy o’lka bo’lib kelmoqda.
Chet elda ta’lim olish
faqatgina o’sha yerdagi universitet hayotidan tashkil topmaydi, aksincha
yashayotgan hudud ham muhim o’rin tutadi. Bu borada Turkiyaning katta va kichik
shaharlardagi boy madaniyat o’zbeklarimizda katta taassurot qoldirishi aniq.
Farqli madaniyatlar, turli dinlar va millatlar, ularning farqli hayot tarzlari
va rang-barang taomlarini ko’rishingiz mumkin bu yerda.
Chetda o’qishga qaror
berishdan oldin e’tibor beriladigan narsalardan biri o’sha hududning iqlimi
bo’lishi kerak. Turkiyaning iqlimida to’rt mavsumni o’ziga xos go’zalliklari
bilan ko’rishingiz mumkin. Uch tarafi dengizlar bilan o’ralgan bu davlatda bir
paytning o’zida ham dengizda suzishingiz, ham qorda chang’i uchishingiz mumkin.
Oxirgi o’n yilda
Turkiyaning oliy ta’limi ko’zga ko’rinadigan darajada rivojlandi. Turk
universitetlari xalqaro talabalar uchun turli ta’lim yo’nalishlarida o’qish
imkonini beryapti. Ta’lim sifati xalqaro ko’rsatkichlarda ham yuqori
darajadadir. Angliyaning ta’lim sohasidagi “Times Higher Education”
loyihasining 2017- yilgi hisobotiga ko’ra eng yaxshi 300 universitet orasida
Turkiyaning 16 universiteti, ulardan uch universitet ilk qirqlik ro’yxatida
turgani ahamiyatlidir. To’liq inglizcha ta’lim berayotgan yo’nalishlar ham
yillar sayin ortib bormoqda. Ta’lim sohasida turli xalqaro tashkilotlarga a’zo
va ular bilan davomli hamkorlik olib bormoqda. Bu talabalarga ikki muhim
imkoniyatni beradi. Birinchisi, Yevropa kredit o’tkazish tizimi (ing. European
Credit Accumulation and Transfer System) kelishuvi bilan talabalar boshqa
mamlakatlarda o’qishlarini davom ettirishlari mumkin. Ikkinchisi, Turkiya
universitetida o’qib boshqa davlatlarda qabul qilinadigan diplomga ega
bo’ladilar.
Ta’lim tizimi
Turkiyada Oliy ta’lim tizimini Yuksak ta’lim boshqarmasi (YÖK – Yüksek Öğretim
Kurulu) boshqarib keladi. YÖK Milliy ta’lim vazirligiga (MEB) bog’liq boshqarma
bo’lsa-da, anchagina mustaqil boshqarma hisoblanadi. YÖK barcha boshqaruv
ishlarini oliy ta’lim qoidalari va qonunlariga ko’ra olib borishga majbur.
Universitetlar o’quv va ta’til kunlarini o’zlari belgilaydi. Ta’lim umuman
olganda sentabrda boshlab iyunda bitadi. Ba’zi universitetlarning yozgi maktablari
ham bor.
Bakalavr yo’nalishi to’rt
yillikdir. Tibbiyot kabi ba’zi maxsus sohalar olti yil yoki undan ko’proq ham
cho’zilishi mumkin. Magistrlik yo’nalishlari turlicha. Ilmiy ish
yozadiganlarniki ikki yilda, yozmaydiganlarniki bir yarim yilda bitadi.
Doktorantura o’rtacha to’rt yilda tugaydi.
***
Turkiyada ayni paytda 112 ta davlat va 68 ta xususiy universitet mavjud.
Universitetlar soni yil sayin ortib borayotganini alohida ta’kidlash kerak.
2016-2017 o’quv yilida bu universitetlarda ja’mi 7.198987 talaba tahsil oldi.
Chet ellik talabalar soni 107947, shulardan 736 nafari o’zbekistonlik
bo’ldi.
Turkiya fuqarosi bo’lmaganlar ikki usul bilan universitetga kirishlari mumkin.
- Birinchisi, Turkiya
davlati granti asosida. Ular hech qanday to’lovsiz va davlat belgilagan oylik
stipendiyasi bilan ta’lim oladilar.
- Ikkinchisi, o’z
imkoniyatlari bilan. Har universitetning o’z shartlariga ko’ra hujjat topshirib
imtihonga kiradilar. Universitetga kirgandan keyin davlat va nodavlat
tashkilotlarga stipendiya uchun murojaat qilishlari ham mumkin. Biz ushbu ikki
usul haqida batafsil yoritamiz.
Öqishni istovchilar menga aloqaga chiqishlari mumkin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев