Ranvir kim bilan uchrashmoqda... U uchrashayotgan qiz aslida kim? Nimaga u bilan pinxona uchrashmoqda...
Ruxsar Devarshni Xasina yoniga olib kirib ketadi. Chirag bu holatdan havotirga tushadi. Ruxsardan nega bunchalik uzoq qolib ketishganini so'rayda va xonaga bostirib kiradi. Kuzatuv kameralari orqali Sharman, Ishani va Pratik bo'layotgan voqeani kuzatib turishardi. Chirag Xasinaga Devarshni yolg'onchi deb yomonlaydi. Xasina Ruxsarga Devarshni chiqarib yuborishini aytadi. Xasina Chirag bilan suxbatlashib, unga turmushga chiqishga rozi ekanligini aytadi. Shu payt xonaga Ruxsar kirib keladi va Sheyx Xasinaga telefonda rasm ko'rsatadi. Xasina Chiragga yolg'on gapirganini aytib rasmni ko'rsatadi. Chirag esa u bilan hech qanday aloqasi yo'qligini, ertaga sud bo'lishini va sudda u qiz bilan hech qanday munosabati yo'qligini aytishini aytadi. Ishani va akalari bundan hursand bo'lib ketishadi. Chirah esa Devarsh va Ruxsarni xonadan chiqarib yuboradi, so'ng eshikni qulflab, Xasina ya'ni Samiraga yaqinlashadi. Kamerada kuzatib turgan Ishnai va akalari xavotirga tushadi. Chirag unga biror nima qilib qo'ymasligi uchun biror reja o'ylashlari kerak edi. Sharman ularning oldiga kirmoqchi bo'ladi. Ishani agar Chirag Sharmanni ko'rsa hamma rejalari barbod bo'lishini aytadi. Ishani kampir libosini kiyib hassa tayanib Chirag va Samira turgan xonaga ketayotsa, Ranvirni ko'rib qoladi. Ranvir Ishanining yonidan o'tib ketayotib unga turtilib ketadi. Ishani Ranvirni tanib qolishidan xavotirga tushadi. Ranvir unga hassasini olib beradi. Ishanidan uzr so'raydi. Lekin Ishani indamaydi. Ranvir yo'lida davom etadi.
Ishani yugurgancha xonaga kiradi. Eshikni Samira ochadi. Ishani unga tanbex berganday bo'ladi va Chiragni ko'rib:
- Bu maymun kim bo'ldi?
Chirag: - Nima? Kechirasiz, men maymun emasman.
Ishani: - Kechirasan. Sen maymun emas, ahmoqsan!
Ishani shunday deb yana Xasinaga tanbex bera boshlaydi.
Chirag: - Xasina, azizam, kim bu? U kim?
Ishani: - Men kim? Men Xasinaning onasiman. Men Shabnam Xasina Nurani Ahmadman.
Chirag: - Oyijon, men sizni bilmabman.
Ishani Chiragni hassasi bilan urib uni rosa haqoratlaydi. So'ng uni xonadan xaydab chiqarib yuboradi. Samira hayron bo'lib tursa Ishani ro'moli va ko'zoynagini yechib "Men Xasina Xonim! Sening onang Shabnamman" deydi.
Shunday qilib reja amalga oshadigan bo'ldi.
Devarsh va Pratik mehmonxondan chiqib kelishayotsa, qabul joyida Ranvirni ko'rib qolishadi. Sekin o'zlarini panaga olishadi. Ranvir o'zi uchun xona gaplashayotgan edi. Ranvir ketishi bilan Devarsh va Pratik Ranvir qo'l qo'ygan hujjatni ko'rishadi. Hujjatda Ritikaning ismini ham ko'rishadi va hayron bo'lishadi. Pratik kecha Ritikani Ranvir bilan ko'rganini, lekin aniq Ritika yoki u emasligini bilmasligini aytadi.
Falguni Ranvirning xonasiga kirsa, Nitin bilan xujjatlarga qo'l qo'yayotgan bo'ladi. Falguni Ranvirga Ishanini xato qilganini, lekin aldanganini ham aytadi. Chiragni doim yolg'onchi yomon odam ekanligini, lekin nega endi uning gapiga o'zi ishonayotganini so'raydi. Ranvir o'qdan yasalgan tumorni ko'rsatadi va endi qaytib Ishaniga ishonmasligini, hayoti hamma narsadan ustunligini aytadi.
Amba bugun barcha muammolardan qutilishini o'ylaydi, lekin Chiragning sudga borishiga ishonmasdan unga telefon qiladi.
Chirag: - Demak, xonim juda ham havotirda ekanda.
Chirag telefonni oladi.
Amba: - Allo!
Chirag: - Salom, xolajon! Siz xavotirlanmang. Men soat 11da sudda bo'laman. Xolajon, mening mashinamda benzin tugab qoldi. Siz tushunarsiz, mashina usiz yura olmasligini. Men hech qanday zapravka ko'rmayapman.
Amba: - Biro nima qil, Chirag, o'sha yerda tur, sen qayerdaligingni aytsang, men senga pul olib boraman.
Chirag manzilni aytadi. So'ng Xasinaga ya'ni Samiraga telefon qiladi. Unga Syurprizi borligini aytadi. Bundan Samira bilan turganlar biroz o'ylanib qolishadi.
Disha Manasdan oilasi axvoli yaxshimasligini shuning uchun Ranvirning ofisidan pul o'g'irlashini aytadi. Manas bunga rozi emasligini aytadi.
Amba Chiragga pulni beradi va ish vaqtida bajarilishini talab qiladi. Chirag unga havotir olmasligini hammasini u aytganday qilishini aytadi. Amba ketishi bilan ortidan kulib qo'yadi. Ishani esa Sheyx Xasina rejasi yolg'on rejaligini bilsa Chirag nima qiladi deb havotirga tushadi.
Ishani ibodatxonada ibodat qilayotsa Amba va
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев