Muhtaram jamoat! Diyorimiz mo'min-musulmonlari Muborak Ramazon oyini "Rahmat" dahasi bo'lgan birinchi o'n kunlikni va "Mag'firat" dahasi bo'lgan ikkinchi o'n kunlikni ro'zadorlik va toat-ibodatlar bilan o'tkazib, mana jahannam olovidan ozod bo'ladigan oxirgi dahasida “Laylatul qadr”, ya'ni Qadr kechasini topishga katta ishtiyoq bilan kutib olishga kirishadilar. Ular Qadr kechasida har doimgidan ham bedor bo'lib, bu ulug' kecha fazilatidan bahramand bo'lishga harakat qilib, kechasi ming oydan afzal bo'lgan bu kecha barokotlaridan nasibador bo'lish orzusida bo'ladilar. Zero Qadr kechasi va uning fazilati to'g'risida Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
“Albatta, Biz uni (Qur'onni “Lavhul-mahfuz”dan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik. (Ey, Muhammad!) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan erga) tusharlar. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir”.
Sura boshdan oxirigacha muborak Qadr kechasiga bag'ishlangandir. Bu kechada shu yildan kelgusi yilgacha bo'ladigan ishlar, hukmlar, rizqlar, ajallarning miqdori o'lchanadi. Alloh taolo bir yillik taqdirni farishtalarga bildiradi va bu yil taqdir qilingan narsalarni ularga yozib qo'ymoqlikni amr etadi.
“Laylatul-qadr”so'zining ma'nosi “belgilash, o'lchash kechasi”, ya'ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan kecha degan ma'noni bildiradi.←→ Hamani Qadr kecasi b.n muborak bod etaman!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1