Ritika yana Sharmanga gapirayotganda, Sharman bola meniki emas deb baqiradi. Ritika esa Sharmanga turmushga chiqishi hayotidagi eng katta xatosi ekanligini, va to'y bo'lmasligini aytadi. Hamma Ritikaning bu qaroridan hayron bo'ladi. Ishanining buvisi Ambaning kulib turganini ko'radi. Ritika yig'lagancha xonadan chiqib ketadi. U zalda qattiq yig'lay boshlaydi. Zaveri ortidan chiqib uni tinchlantirmoqchi bo'ladi. Ritika esa mashinasiga chiqqancha u yerdan ketadi.
Chirag mashinani katta tezlikda haydab ketardi. Ranvir esa uning yonidagi o'rindiqda qo'li bog'liq holatda ketardi. Chirag Ranvirga uning ustidan g'alaba qozonganini aytadi. Ranvir uni boshi bilan uradi. Chirag esa uni ushlab eshikka tirab oladi. Uning o'lishini shu bilan sevgi tarixi tugashini aytadi. Ishani hamon baqirgancha Ranvirni izlardi.
Amba esa holatdan kulib, Pariklarni kamsita boshlaydi. Pariklar jim turardi. Ambaning gaplaridan so'ng hamma asta sekin xonadan chiqib ketishadi.
Lakshmi Ambaga zaldagi tomosha haqida gapira boshlaydi. Sharman Ritikaning bolasini tan olmagani, u Ranvirning bolasi bo'lishi mumkin ekanligini aytadi. Amba esa "Sharman bolani tan olmadi, uning otasi emasman dedi, demak bola Ranvirdan bo'lishi mumkin. Agar shunday bo'lsa Ranvir bola unikiligini bilsa Ishanidan voz kechishi mumkin" deydi. Ishanining buvisi xonada o'ylanadi. Amba Ishanini Ranvirdan ajratib, ularni uydan haydab yuborishi mumkinligini o'ylaydi. Ranvir jaxl qilib Ishanining qo'lini jaroxatlaganini va Ranvir va Ishani o'zlari nikoh qilishayotganda Ranvir Ishanini qo'lidan tashlab yuborganini eslaydi.
Chirag Ranvirni bo'g'ib olgancha mashinada ketardi. Ishani esa hali ham Ranvirni chaqirgancha uni qidirishdan to'xtamasdi. Chirag esa Ranvirga jaxl qilgancha uni bo'g'ib olgancha ketar va ora-orada uni urib qo'yardi.
Sharman zalga tushib to'y to'xtatilganini hammaga aytib ulardan uzr so'raydi. Hamma hayron bo'ladi. Mehmonlar esa har-hil savollar berib u yerdan ketishadi
Amba yugurib xonasidan chiqib zaldagi mehmonlarni to'xtatadi. Ularga Ritika Sharmandan ham yaxshi yigit topishini aytadi va mehmonlarga ovqatlanmasdan ketmasliklarini so'raydi. Mehmonlar yana ortiga qaytishadi.Janob Zaveri uyga keladi va Ritikani chaqira boshlaydi. Hizmatkor Ritika hali kelmaganligini aytadi. Zaveri Sharman qizini baxtli qiladi deb o'ylagandi, lekin bunday bo'lmadi. U qizini baxtli qilolmaganidan afsusda edi.
Chirag mashinada Ranvirni rosa do'pposlaydi va mashinadan sakrab tushib ketadi. Mashina katta tezlikda ketar edi. Ranvir mashinada bir amallab qo'lini yechadi va u ham mashinadan sakrab tushadi. Ranvir pastlikka tushib keta boshlaydi va toshni ushlab qoladi. Mashina esa nariroqda to'xtaydi. Endi xursandchiligi ichiga sig'may turgan Chirag Ranvirning omon qolganidan yana jaxli chiqadi. Ranvir toshga osilgancha pastlikdan chiqadi va o'rnidan turadi. So'ng yana oyog'i toyib pastlikka tushib ketadi.
Chirag hursandligidan qichqirib: - Hayr Ranvir!
Ishani esa Ranvirni qidirib ular tomon kelardi. Chirag o'zida yo'q hursandligidan qichqirar edi. Chunki Ranvirni hechkim qutqara olmaydi deb o'ylardi...
DAVOMI BOR...
,,KLAsS YODDAN CHIQMASIN"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2