Film voqealar davom Etadi. (Ishani Ranvir bilan ajrashmoqchi!)
Ishani yo'talishi kuchaya boshlaydi. Ranvirni chaqiradi. Ranvir ortiga qaraydi. Ishanining axvoli og'irlashganini ko'rib uning yoniga boradi. Xona eshigi esa asta yopiladi. Chirag darxol to'k saqlagich yoniga boradi va to'kni o'chirb qo'yadi. Ranvir va Ishani qorong'u xonada qolib ketishadi.
Ishanining axvoli yanada og'irlashadi. Ranvir yordam chaqirish maqsadida telefon qilmoqchi bo'ladi, lekin telefonini Ishani otib yuborgandi. Ofis telefonidan qo'ng'iroq qilay desa u ham ishlamaydi.
Ishani Ranvirni chaqiradi. Ranvir unga suv beradi. Disha va Chirag ofisdan chiqib ketishadi. Ko'chaga chiqishganda Chirag Dishaning qo'lidan ushlab qoladi. Olmosni tengma0teng bo'lishishini aytadi. Disha bunga rozi bo'lmaydi. Chirag esa unga telefonida olgan rasmni ko'rsatadi va u olmosni Dishadan olib qo'yadi.
Ranvir Ishanini divanga yotqizadi. Xonada nega to'k o'chganidan va nega telefon ishlamayotganidan xavotirga tushadi.
Ranvir: - Ishani mening ko'zlarimga qara va uxlab qolma iltimos.
Ishani va Ranvir bir-birga gapirishadi. Ishani esa juda ham yomon holatga tushib xushini yo'qotadi.
Ranvir: - Ishani, ko'zingni och. Ishani.
Ranvir yig'laydi. Ishaniga yordam berish uchun unga sun'iy nafas bera boshlaydi. Lekin Ishani o'ziga kelmaydi. Ranvir xonada uni quchoqlab yig'laydi.
Manas ofisga keladi. Chiroqni yoqmoqchi bo'ladi lekin yonmaydi. Manas hayron bo'ladi va to'k saqlagichni qaytadan yoqadi. Xonada chiroq yonganidan Rnvir hursand bo'lib ketadi va Ishanini ko'tarib oladi. Manas deraza ortidan Ranvirni ko'radi. So'ng oyog'i ostida yotgan ish guvohnomasini ko'rib qoladi.
Manas xonaga kiradi va Ranvirga: - Bu yerda nima qilyapsizlar?
Ranvir: - Ishanining axvoli yomon, tezda doktorga qo'ng'iroq qil
Manas doktorga qo'ng'iroq qiladi. Ranvir Ishanini uyga olib keladi. Doktor Ishanini vinoga allergiyasi borligini aytadi.
Ranvir xonada Ishanining yoniga o'tiradi va uning qo'llaridan ushlab unga termuladi. Xarorati balandligini ko'rib, uning boshiga xo'l matoni qo'yadi. Birozdan so'ng Ishani xushiga keladi va yana yo'tala boshlaydi. Ranvir unga suv beradi. Ishani Ranvirga bir termuladi va yana uyquga ketadi. Ranvir esa uning qo'llarini ushlagancha xonadagi chiroqni o'chiradi.
Tong otdi. Lakshmi Ambaning yoniga keladi. Ular Ranvir tuni bilan Ishanini yonida qolganini gaplashishadi. Stol atrofida Parul Pariklar oilasi bilan suxbatlashib turishsa, Disha va Manas kirib kelishadi.Ular Ishanining axvoli qandayligini so'rashadi. Falguni ularga Ishani yaxshi ekanligini aytadi.
Ranvir pastga tushib keladi. Hamma unga qarab turadi. Parul va Devarsh uning yoniga borishadi. Ranvirdan Ishanini axvoli haqida so'rashadi.
Ranvir: - Hozir Ishanining axvoli ancha yaxshi. Uning allergiyasi bor ekan. Parul unga qaynoq sut tayyorlab ber.
Shu payt Ranvirning yordamchisi Punit kirib keladi. Muhim masala bo'yicha xonaga kirib ketishadi.
Ranvir sutni xonaga olib kiradi. Xonada Disha va Manas Ishani bilan suxbatlashib turishgan bo'ladi. Ranvir kirgach ular chiqib ketadi. Ranvir Ishaniga sutni tutqazadi. Lekin Ishani uni olmaydi. So'ng ular suxbatlashadi. Ishani Ranvir bilan ajrashmoqchi ekanligini aytadi. Ranvir bu gaplarni eshitib hayratga tushadi va jaxli chiqadi.
Amba ularning yoniga kiradi va Ishanini xaqoratlay boshlaydi. Ritika bu gaplarni eshitib hayratga tushadi. Amba Ranvirga advokat ajirim xujjatlarini tayyorlashini aytishini so'raydi va xonadan chiqib ketishadi. Ular Ritikani ko'rib hayron qolishadi. Ritika Ishanining oldiga keladi va nega bunday qilayotganini so'raydi.
Ishani endi hammasi tugagani aytadi. Ranvir Karvachot kuni Chiragga ishongan. To'g'ri gapirgan payti esa o'rtamizda munosabat tugadi deydi.
Ranvir Ishanining gaplarini eshitadi va xonaga kirib, Ritikaga biroz tushuncha beradi. So'ng Ritika xonadan chiqib ketadi.
Ranvir Ishanining yoniga keladi va Advokat hujjatlarni tayyorlayotganini aytadi va Ishaniga termulgancha turadi. Qo'lidagi Ishani uchun olib kelgan dorini stolga qo'yib so'ng xonadan chiqib ketadi.
Ritika Sharmanga Ishani Ranvir bilan ajrashmoqchi ekanligini aytadi. Sharman esa bu Ishanining ishi deydi. Ritika ular ajrashib ketmasligini xoxlab Sharmanga tushuntirishga harakat qiladi. Sharman esa hayolida Ritikaning Ranvir bilan uchrashgan paytini o'ylaydi va "U Ranvir bilan uchrashib yurgan bo'lsa nega, Ishani haqida bunchalar qayg'uryapti. Ranvir va Ishani ajralmasligini xoxlayapti" deydi.
Chirag soqol olish uchun oyna oldiga keladi. O'zini o'zi maqtab olmoslarni tomosha qiladi. Yuziga sovun surtib oladi. Endi yuvaman deb jo'mrakni burasa suv tushmaydi. Shu payt ikkita barzangi odam kelib, Chiragni vannaxonasidan ko'tarib olib chiqishadi. (juda kulguli holat). Chirag ulardan nega olib chiqib ketishayotganini, qo'yib yuborishlarini so'raydi.
Punit Chiragga uyni bo'shatib qo'yishini aytadi.
[SERIAL DAVOMI PASTDA]
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев