Sevgi deya atalmush oliy tuyg'u
hammaga ham nasib etavermaydi.Sevgi-bu
Olloh bergan iloxiy tuyg'u bo'lib Ollohning
bandalariga bo'lgan,bandalarining esa
Ollohga bo'lgan sevgisidan boshlanur.Sevib
sevilishdanda ortiqroq baxt yo'qdur dunyoda.Agar inson umrida chin yurakdan
bir bora sevsa,sevgini qandayligini
biladi.Nega insonlar sevgi so'zini eshitsa
"Sevgini ko'zi ko'r" deydilar,chunki ular bu
so'zning asl ma'nosini bilmaydilar. Sevgan
insoning qalbi pok va beg'ubor bo'ladi.Ular huddi yosh bolakay suyunganiday,sevgan
insonini ko'rsa suyunadilar.Agar inson chin
dildan sevsa hech narsa uni qo'rqitmas,hech
narsa maqsadiga halaqit bera olmas,chunki
sevgan inson biladiki chin sevgi baribir
cheksiz baxt ekanligin. "Sevgini ko'zi ko'r,qulog'i kar"-degan ma'qolga
kelsak...xaa,sevgini ko'zi ko'r,qulog'i
kar,lekin nega??? Negaki bu SEVGI. Sevgan
inson hech narsani anglay
olmaydi.Sevgilimni ko'rsam-u qalbim
yorishsa deydi.Aslida sevgan insoni hech narsa qiziqtirmaydi,na boylik va na
chiroy...Chunki chin yurakdan sevgan inson
ko'z yoki quloq bilan emas,haqiqiy chin
musaffo qalb bilan sevadi.Lekin afsus
ba'zida bunday sevgini qadriga yetmay
qolamiz,keyin vaqti keladi xaa albatta vaqti keladi-yu,lekin kech bo'ladi...O'sha sof va
beg'ubor sevgan insoning bir og'iz shirin
so'ziga zor bo'lamiz-u,ko'zga yosh olgancha
xo'rsinib qolamiz. Hurmatli yoshlar!!! Keling
bir o'ylab ko'ramiz...Sevib sevilib qurilgan
oila yaxshimi yoki qizni chiroyiga yo bo'lmasam yigitning boyligiga uchib
qurilgan oila yaxshimi?Masalan: Ikki inson
bir-birin chin yurakdan sevishsa,ularning
o'rtasida ishonch va xotirjamlik
bo'ladi.Yaxshi yomon kunida bir-birlariga
suyanishadi.Ularning sof sevgisiga hech kim va hech narsa azob bera olmaydi.Ular kun-u
tun faqat bir-birlariga intilib yashaydi.Ne axvolda,tinch-omonmi,xursandmi yo
g'amginmi deb o'ylab yuradilar.Sevgan
insoning sevgilisi kulsa u ham kuladi,yoki
yeg'lasa u ham yeg'laydi.Chunki sevilgan insonlar bir tan-u bir jon bo'ladi va "SEVGI"
deya atalmush dunyoda sayr etadi... Endi
esa keling,qizning chiroyiga uchib turmush
qurgan yigitlar haqida gaplashsak.Ularning
sevgisi qanday?! Ularning sevgisi
vaqtinchalik,ya'ni...Bir haqiqatki,Olloh insonlarni bir-biridan go'zal qilib
yaratgan.Xo'sh,chiroy ila qurilgan
turmush,shundaki ular faqat yuzni va
qaddi-qomadni sevadilar,lekin qalb chiroyi
neligin bilmaydilar.Bir yigit chiroyga uchib
bir qiz bilan turmush qurdi deylik,bu yigitdan keyinchalik nimani kutish
mumkin?! Chiroy bir o'tkinchi payt.Yuzdagi
chiroy,qaddu-qomad bir kun kelib o'z aksin
yo'qota boshlaydi.Shunday paytda chiroyni
deya turmush qurgan insoni qayerlardan
topamiz?! Yanada go'zal va yanada dilbar ayol makridan topamiz.Xo'sh bunday holda
qanday yo'l tutamiz? Yoki dod-faryod urib
yeg'lab qolamiz,yo bo'lmasam mag'rurlik
ila qalbda armon bo'lgan orzularni
ko'mamiz. Endi esa boylikka uchib qurilgan
oila haqida gaplashsak.Hozirgi zamonda hammaga ma'lumki,mashinasi bor uyi qasr
qizning harajatlarini qondiradigan yigitlarni
kamdan-kam qizlar rad qilishadi.Qizga turli
xil sovg'alar bersa,mashinasida aylantirib
yursa qaysi qizga yoqmaydi,yoki qizning
otasi badavlat bo'lib bo'lajak kiyovining qo'liga qimmatbaxo mashinaning kalitini
berib qo'ysa qaysi yigitga yoqmaydi
deysiz?!Endi sevgini chetga surib,boylik ila
qurilgan oila...Olloh bu hayotda insonga bir
marotaba cheksiz boylik deya atalmish
omad beradi.Bu omadni ko'pchilik insonlar qadriga yetmaydilar.Shunda boylik
bilmagan holda qo'ldan chiqadi.Undan
so'ng esa oilada yetishmovchiliklar va oila
o'rtasida janjallar yuzaga keladi.Qizning
boyliga uchgan yoki yigitning boyligiga
uchganlar esa o'z extiyojini qoniqtira olmay ajralisha boylaydilar.Chunki ular
qiyinchiliksiz,o'zlariga ora berib yashashga
o'rganib qolganlarda,ularga bu ish odat
bo'lib qolgan.Lekin boylik qo'ldan chiqsa
ham,odat insonni tark etmaydi.Sekin-asta
oila deb atalmush hayot janjallar ila yakun yasaydi. Endi aytingchi,shu uch xil sevgidan
qaysi birini o'zingizga mos deb o'ylaysiz???
Sevgi bu-Ishonch demakdur,chin sevgi bor
qalbda rashqqa o'rin kam.Ishonchsiz
sevgi,sevgi emas.Azizlar Ollohim
hammamizni sevib sevilib yashashdan maxrum qilmasin.Seving va hamisha sevilib
yuring...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев