Sen sevgan yolg'izing bevafo ekan.
O telba yuragim, oh telba yurak,
Gul deb qo'l cho'zganing aslida tikan.
Endi uni unut, yo'llarin kutma,
Chiroyli ko'zlarga sevdim deb aytma,
Yig'lama, bekorga qoning sachratma,
O telba yuragim, oh telba yurak.
Alam yutganlaring u qaydan bilsin,
Bedor kutganlaring u qaydan bilsin,
Charchab ketganlaring u qaydan bilsin,
O telba yuragim, oh telba yurak.
Oh desam ohimdan olovlar chiqar,
Pushaymon, nafratlar bag'rimni chaqar,
Ko'zlarimdan yum yum yoshlarim oqar,
O telba yuragim, oh telba yurak.
Uni sevgan eding, betakrorim deb,
Beg'uborginam deb, beozorim deb,
Nimalar qilmading beqarorim deb,
O telba yuragim, oh telba yurak.
Falakka termulsam, osmon qoraygan,
Endi bizlar uchun yer ham toraygan,
Aytgin baxtim izlab qayga borayman,
O telba yuragim, oh telba yurak.
Sevgi borligini isbotlash uchun,
Qaytib kelarmikan Ahadday majnun,
Kechirmayman qaytib kelsa ham bir kun,
O telba yuragim, oh telba yurak
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев