Предыдущая публикация
O`z dardimda kuyib yonardim
Sizga ko`ngil qo`yib netardim
Yuragimni qaytarib berin.
Bilmay sizga topshirdim qalbim
Sarsondir beg`ubor hislarim
Sevgim yig`laydi, yig`laydi jim
Yuragimni qaytarib berin
Kun, tun uzun go`yoki asr
Shuncha kun indamay qildim sabr
Mening ham yashagim kelar ahir
Yuragimni qaytarib berin
Darddan maxzun nigohlarim
Azobda yonar yurak bag`rim
Axir yo`qoldi halovatim
Yuragimni qaytarib berin
Ko`nglimni sindirdingiz chil-chil
So`zlamoqga ojizdir bu til
Baxt neligin tuysin endi dil
Yuragimni qaytarib berin
Oqayotgan tinmay bu ko`z yoshlarim
Sizni deya azob chekanlarim
Qaytsin endi quvonchli kunlarim
Yuragimni qaytarib berin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев