Yig'lolmasam netayin?
Visolingga qalamqosh,
Yetolmasam netayin?
Shuncha sevib bir seni,
Aytolmadim netayin?
Bugun ko'zda yoshingni,
Artolmadim netayin?
Ko'zlarimga boqolmay,
Deding to'yim bo'lyabdi,
Otam meni eshitmay,
Bir yigitga beryabdi...
Qanidi kar bo'lib qolsam,
So'zlaringni eshitmay
qolsamm,
Eh qanidi mening jonginam,
Shu so'zlarin eshitmay o'lsam!
Ammo afsus netayin,
Bari azal taqdir ekan,
Faqatgina Allohim,
Barcha ishga qodir ekan!
Sen deb yashab dunyoda,
Yetishganim alam bo'ldi,
Zor qalbimni qon yig'latib,
Shu alamni ko'ngli to'ldi,
O'ylab qoldim ne qilay?
Ko'zda yoshing artaymi?
Yo yurakdan sevganim,
Sen ekaning aytaymi?
Yoki sendan voz kechib,
Bu shashdimdan qaytaymi?
Shu ko'changdan bir ketib,
Qaytmas bo'lib ketaymi?
Savollarga ko'milgan,
Yurak bag'rim yig'laydi,
Ko'z yosh to'kib yig'lardimu,
Ammo to'g'ri kelmaydi.
Ko'z yoshlaring artaman,
Artmasam ham bo'lmaydi!
Chin sevgimni aytaman,
Yo'qsa ko'nglim to'lmaydi!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев