O'qing..'' ... Soat tungi ikki... Ayolning uyqusi kelmay shiftga
tikilib yotar, közlari yig'idan shishib ketgan, boshi
tars yorilgudek og'riyapti. Bugun suyukli eri birinchi
bor unga qöl kötardi. Yetti yil bir yostiqqa bosh
qöygani, özi tanlab sevib turmush
qurgani... Tarsaki ovozi shunchalik qattiq chiqdiki, yonlarida ötirgan ikki yoshli ög'ilchasi onasiga qöshilib
yig'lab yubordi. Olti yoshli qizalog'i esa
qöshni xonadan yugurib keldi. Nima
bölganini tushunmay hayron… Ayol yon tarafga
boqdi, eri yöq.
Chekkani chiqqandir. Faqat qattiq siqilganida, ba'zan sigareta oladi qöliga. Аyol özini aybdor his qila
boshladi. Bir gapdan qolmay teng
aytishgani uchun. Eri tag'inam sabrli, boshida tög'ri
tushuntirishga harakat qildi. Lekin "Siz ham
erkakmisiz?”
degan gapga har qanday erning sabr kosasi tölsa kerak. U özini bosib olgan, ichmaydi, yomon
odatlari yöq, xotinboz emas. Faqat biroz
yetishmovchilik bor
oilada. Bugungi janjal ham eri bolalari sevadigan
“Chokotellа” kremini olib
kelmagani uchun chiqqandi. Shunga noshukrlik qilgani uchun ayolning vijdoni qiynadi. Uxlay
olmayotgani sababi ham tarsaki emasdi. Bаlki erining
dilini
og'ritgani uchun özidan xafa edi... Eridan xavotir olib
eshikni ochdi, uning
bolalar xonasi oldida turganini körib hayron qoldi. Erining qölida bir parcha qog'oz bor edi,
közlaridan esa yosh oqardi. Ayol bu manzaradan
qotib qoldi, erining közlari namlanganini
birinchi bor körishi edi. Bildrimasdan joyiga kelib
yotdi…
Мiyasida ming hayol… Ertasiga eri özini hech narsa bölmagandek
tutar, doimgidek kulib, hazillashib
bolalarini öynatardi. Оradan bir hafta ötgach ham
ösha voqea haqida söz ochilmadi, ayolning köngli
ham tinchlangandek böldi. Yakshanba kuni kiyimlarni
yuvishga shaylangan ayol erining shimi
chöntagidan bir parcha qog'oz
topib oldi. Undagi yozuvlar kimniki ekanligini darrov
angladi, qiyshiq harflar bilan bitilgan
maktubni öqirkan qizalog'i köz oldiga keldi: “Ey Хudо,
iltimos, dadam oyijonimni urmasin... Endi hech qachon
“Chоkоtеllа” yemayman..." ––––––––––––––––––––––––––––
E'tibor uchun tashakkur,omon bo'ling....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев