AYOLLAR
Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: "Fotima
ikkimiz Rasulullohning huzurlariga
kirdik, u kishini yig‘layotgan ekan.
"Sizni nima yig‘latdi?" deb so‘raganimizda, u zot: "Men Isro
kechasida do‘zaxda qattiq azoblar
bilan azoblanayotgan bir necha guruh
ayollarni ko‘rdim, dedilar. – 1. Bir
ayolga qarasam, sochidan osib
qo‘yilgan, halqum-dimog‘i qaynab turibdi. 2. Yana bir ayol tilidan osilib,
qo‘li orqasidan chiqarib qo‘yilgan. 3.
Yana bir ayol siynasidan osilgan va
zahar- zaqqum tomog‘idan
quyilmoqda. 4. Bir ayol oyoq-qo‘li
peshonasiga bog‘lab osib qo‘yilgan, ilonu chayonlar chaqib yotibdi. 5. Bir
ayol o‘zining jasadini o‘zi yemoqda,
do‘zax olovi ostidan uni
kuydirmoqda. 6. Bir ayol esa o‘z
jasadini olovli qaychi bilan qirqmoqda.
Yana bir ayolni ko‘rdim, yuzi qorayib ketgan, o‘z ichak- chavoqlarini
yemoqda. 7. Bir ayol kar, ko‘r, o‘tdan
bo‘lgan tobutda soqov holda yotibdi,
uning badani peslar va maxovlarning
badanidan ham iflos va sassiq edi. 8.
Bir ayolni ko‘rdim, boshi cho‘chqaning boshiga, badani eshakning badaniga
o‘xshaydi, ming xil azoblar bilan
azoblanmoqda. 9. Yana bir ayol
ko‘rdim, it suratida, ilonu chayonlar
og‘zidan kirib, orqasidan chiqmoqda.
Maloikalar uning boshiga o‘tdan bo‘lgan gurzi bilan urmoqdalar". Shu
vaqt Fotima sapchib o‘rnilaridan turib:
"Ey otajon! Bu toifa ayollarning
amallari qanday bo‘lganini gapiring.
Ular bu dunyoda qanday ayollar
bo‘lgan?" dedilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey
Fotima! Birinchi toifadagi ayollar
sochlarini nomahramlardan
yashirmasdan, ochiq-sochiq qilib
yurgan ayollardir. Ikkinchi toifa esa,
erlariga tillari bilan ozor yetkazgan ayollardir. Uchinchi toifa erining
ruxsatisiz birovlarning go‘daklarini
emizgan ayollardir. To‘rtinchi toifa
erining ruxsatisiz uyidan chiqqan va
hayzu nifosdan keyin g‘usl
qilmaydigan ayollardir. Beshinchi toifa ayollar erkaklarga o‘zini ziynatli qilib
ko‘rsatgan va g‘iybatchi xotinlardir.
Oltinchi toifa o‘zini nomahram
erkaklarga tanitgan va o‘zidagi
ziynatiga qaragan har qanday
nomahramni yaxshi ko‘rgan ayoldir. Yettinchi toifa namoz va ro‘za
amallariga qodir bo‘lib, lekin biror
marta tahorat qilmagan, hayzdan
poklanib boshini sajdaga qo‘ymagan
ayollardir. Sakizinchi toifa chaqimchi
va lyolg‘onchi xotinlardir. To‘qqizinchi toifa o‘z eriga yuzini tirishtiradigan,
g‘azab qiladigan ayollardir",
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев