Предыдущая публикация
Bizlar ishq yo`lida adashgan odam,
Ikki yo`l, ikki dil va ikki olam.
Dunyoni egallar dildagi nolam,
Qayta ko`rishmaymiz endi azizam,
Bizlarga bog`larni kezmoqdir armon, Eng shirin hayollar dillarga
darmon.
Bu qismat alamli, dardimiz giryon,
Qayta ko`rishmaymiz endi azizam.
Qayg`ularim armonlardan tizilgan, Hayolimda
mag`rur jisming chizilgan.
Sensiz mening yurak-bag`rim
ezilgan,
Qayta ko`rishmaymiz endi azizam.
Ketarman, qalbimga armonni solib, Ortimda
yig`laydi orzular yonib. Vijdonim yo`l qo`yar, sevgidan
tonib,
Qayta ko`rishmaymiz endi azizam
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев