Asalarilarning Karpat parodasi. Tabiiy yashash
joyi Karpat tog'lari. Tog'li joylarning nam, sovuq
iqlim sharoitida shakllangan. G.A.Avetisyan karpat
asalarilarini ko'p belgilari krain parodasiga
yaqin,kelib chiqish nasli bir deb hisoblaydi. Ushbu
parodani o'rganishda V.A.Gubin katta hissa
qo'shgan. 1976 yillarda Karpat asalarilarini fe'l-
atvorini va biologik jihatlarini o'rganib tasvirlab
bergan. Bu paroda Rossiya va CNG davlatlarida
keng tarqalgan. Karpatkalarni
Chexiya,Slovakiya,Polsha,Gretsiya, Xitoy,Koreya
va boshqa chet davlatlarida boqishadi.
Karpatkalar tinchliksevar bo'lib, ini tekshirilganda
o'zlarini xotirjam tutadilar. Asalining rangi
oq,quruq,inini sekin propolislaydi. Asal yig'imida
oldin magazinga,keyin iniga asal to'playdi. Bahor
mavsumida tez rivojlanadi va arilar asal yig'ish
uchun tez yetiladilar.
Karpat asalarilari ozuqa izlashni
yaxshi biladi.Issiqxonadagi o'simliklarni yaxshi
changlanishiga yordam beradi. Ikki ona ari birga
yashash holati kam uchraydi. Karpatkalarni
qishga chidamliligi Kavkaz kulrang asalarilardan
yuqoriroq. Karpat asalarisi tanasi rangi
kulrang,Kavkaz arisidan kattaroq.
Karpatkalarni xartumini uzunlugi
6,3-6,7 mm 3-tergit kengligi 4,8mm kub indeksi
45-50% ,kunlik arilar massasi,matkalar massasi
naslsiz 185mg,naslli 205mg.Ona ari nasldorligi
sutkasiga 1200-1800ta tuxumgacha. Bahorda
rivojlanish erta boshlanadi.Kavkaz asalarisiga
qaraganda ko'proq asal beradi. Bir ari oilasi
30-40kg asal beradi. Karpat asalarilari
Rossiyaning ko'p viloyatlarida keng tarqalgan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев