oʻqigandan soʻng, uni tashlab
ketgan, shunday boʻlsada
doʻstlarining yotoqxonasida
polda yotib yurgan, qornini
toʻydirish uchun "Coca-Cola"dan
boʻshagan idishlarni 5 sent
evaziga yigʻib sotgan insondir.
Bu inson - "Apple" va "Pixar"
animatsiya studiyasini tuzgan.
Quyida uning 12 muvaffaqiyatga
erishish qoidasi keltirilgan:
1. Sevimli ishing bilan shugʻullan.
Haqqoniy harakat qil. Haqiqiy
buyuk ishlar qilishning yagona
yoʻli, bu - sevimli ish bilan
shugʻullanish.
2. Boshqacha boʻl. Boshqacha
oʻyla. Harbiy matros boʻlgandan
koʻra, qaroqchi boʻlgan afzal.
3. Qodir boʻlganingdan koʻra
yaxshiroq qil. Har qanday ishda
imkoningdagidek
muvaffaqiyatga erishishing
mumkin. Uxlama! Muvaffaqiyat
yanada kuchli muvaffaqiyatni olib
keladi. Muvaffaqiyatlardan
rohatlan! Mukammallashishni
sevadigan insonlar bilan ishla!
4. SWOT-tashxis oʻtkaz. Yangi
kompaniyang paydo boʻlsa,
oddiy qogʻozga uning kuchli va
kuchsiz taraflarini yozib chiq.
Kompaniyadan chirigan olmalarni
chiqarib tashlashdan qoʻrqma.
5. Qarorlarni tezda qabul qil. Har
safar yangi katta maqsadlarga
intil. Tez va hal qiluvchi
harakatlarni talab qiluvchi
gʻoyalar yigʻindisini top va
ushbu oynaga sakra. Eng qiyini -
birinchi qadamni tashlash.
Sunchaki birinchi qadamni tashla.
Hissiyotlaring va yuragingni
shunga majbur qil.
6. Kichigidan boshla, lekin kattasi
haqida orzu qil. Bir vaqtda
koʻpgina ishlar bilan
shugʻullanma. Boshida oddiy
koʻp boʻlmagan ishlar bilan
shugʻullan. Bosqichma-bosqich
qiyinlariga oʻtib bor. Doimo
kelajak haqida oʻyla.
7. Bozorda lider boʻlishga
harakat qil. Foydalanmasang
ham, oldingda doimo eng soʻngi
texnologiyalar tursin va
nazorating ostida boʻlsin. Agar
eng soʻngi versiyadagi
texnologiya boʻlsa ham, hech
kim foydalanmasa ham, undan
foydalan. Standart ishlab
chiqarishda ushbu
texnologiyalardan birinchi boʻlib
foydalan.
8. Natijalarga erishishga
diqqatingni qarat, chunki
koʻpgina odamlar sening
ishingning natijasiga qarab baho
berishadi. Sifat namunasi boʻl.
Bir qancha odamlar ish borish
jarayonini koʻrishni
xohlashmaydi, balki ishchilardan
natijani kutishadi. Shuning uchun
raqobatbardosh yutuqlaringni
reklama qil. Koʻpchilik inson bu
xususiyatlarni bilmasa,
mahsulotingni sotib olmaydi.
Asosiy diqqatingni dizaynga
qarat.
9. Har xil manbalar bilan ikki
tomonlama aloqa oʻrnatishga
harakat qil. Har bir inson senga
nimadir foydali narsani aytishi
mumkin. Birinchi navbatda, kim
sening mahsulotingdan
foydalansa, oʻshaning fikrini
eshit.
10. Yangilik kirit. Aynan liderlar
tashabbuskorligi bilan
boshqalardan farq qilishadi. 50%
vaqtingi yangi narsalar qilishga
sarfla, qolgan 50% ni boshqa
rahbarlar uchun qoldir. Vaqtingni
koʻp sarflab qoʻymaslik uchun
minglab goʻyalarga "yoʻq"
deyishni oʻrgan. Haqiqiy muhim
gʻoyalarga diqqatingni qarat. Bu
dunyoda yaxshi narsalarni
yaratishga harakat qiluvchi
insonlarni ishga ol. Innovatsion
mahsulotlar yaratishga
asoslangan korporativ
madaniyatni hosil qil. Koʻpgina
kompaniyalarda koʻplab ajoyib
injenerlar va aqlli odamlar
ishlashadi, lekin ularni
birlashtiruvchi kuch kerak
boʻladi.
11. Xatolaringdan saboq chiqar.
Baʻzida yangilik kiritib, xato
qilasan. Eng yaxshisi, xatolaringni
tan ol. Agar ushbu yangiliging
boshi berk koʻchaga borib qolsa,
kuchingni boshqa
innovatsiyalarni yaxshilashga
yoʻnaltir.
12. Muntazam oʻrgan. Har doim
bilish kerak boʻlgan yana "bir
narsa" boʻladi. Kompaniyangdan
tashqaridagi boshqa odamlar
bilan gʻoyalaring bilan fikrlashib
tur. Xaridorlaring,
raqobatchilaring va
hamkorlaringdan oʻrgan. Agar
hamkoring odamlar boʻlsa,
ularni yomon koʻrsang, yaxshi
koʻrishni oʻrgan. Ularni maqta
va bundan foyda chiqar.
Dushmanlaringni ochiq, ammo
halol tanqid qilishni oʻrgan.
Maqola: http:// uzadmin.blogspot.com saytidan
olindi
spaces.ru/files/?r=main/view&Ck=0086&Li=96053876010&Lii=5275826605&Link_id=69168&Lt=8&Read=52758266&Sn=2&from=search&name=Elshod19&sid=6947003667660086&irb526786=1
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев