(muvaffaqiyat sari)
Agar maqsadga erishishga aqling
yetmay qolsa, maqsadni
o'zgartirma. Unga erishmoqchi
bo'gan yo'lni o'zgartir. Rejani
qayta ko'rib chiq, o'zgartirishlar
kirit yoki umuman yangila. Bilki,
ayb orzuda emas, senda
edi...Chunki yo'l noto'gri edi.
Millionerlar-bu shunday turdagi
odamlar-ki, boshqalar uchun
ahmoqona tuyulgan ishlarga
e'tibor berib to'g'ri qaror qila
olgan shaxslardir.
(T. Degerman chiqindilarni sotib
millioner bo'lgan inson)
Band bo'lgan odamga
bekorchilar mehmon bo'lib
kelmaydi. Seni oldingga vaqtingni
sovurayotgan "do'stlar"ing
kelyabtimi? Demak, sen hali jiddiy
ish qilishni boshlamabsan. Yo
yaxshiroq harakat qil yoki
ulardan voz kech. Nimadir olish
uchun, nimadir berasan!!!
Har bir katta, olamshumul ish
tupikka kirib qolganlik orqasidan
sodir bo'lgan. Shunday ekan
nimaga noliymiz? Ozgina sabr
qilib, Xudodan so'rab harakat
qilsak har birimiz na Stiv Jobsdan,
na Robert Kiosakidan va na Rey
Krokdan qolishmaymiz
Hamma ham yiqilishi mumkin,
ammo u yerda yotib olishning
nima keragi bor?
Miya mehnat qilish uchun emas,
ishlamaslik uchun berilgan.
Ertalabdan kechgacha bir hil
ishni qilgandan ko'ra, miyangni
shunday ishlatgin-ki, ma'lum vaqt
o'tib bemalol ishni to'xtata olgin
Agar hayotni sevsang, vaqtingni
zoye ketkazma, chunki hayot-
vaqt orqali yaratiladi.
Ishlasang yo bepulga ishla yoki
katta pul uchun. Ammo hech
qachon arzonga ishlama.
Afsuski, vaqtni to'xtatib uni
orqaga qaytarishning iloji yo'q
bo'lmasa o'tmishga qaytib
barcha hatolarimni to'g'rilardim.
Hayot sizga ikkinchi marta imkon
bermaydi, shuning uchun
qalbizga quloq tutib yashang,
maqsadga erishish uchun
qiyinchilikdan qo'rqmang va
hech qachon taslim bo'lmang
Biznes-bu orzuning ushalishi.
Kim uchun bu faqat pul bo'lsa, u
ko'p narsani yo'qotibti
Hech qachon:
1) Qaysar
2) Fikrini o'zgartirmaydigan
3) To'g'ri gapni
tushunmaydiganlar
bilan baxslashmang. Bo'lmasa
sizi darajangiz ham ularnikiday
pasayadi.
Aqlli odamlar yolg'izlik izlashadi,
chunki ular ahmoqlar qiladigan
ishlardan to'yishgan.
Biznesingizda ahmoqlar bo'lsa
undan yo'g'izlik yaxshi!
Buyuk ishlarni o'ylaaaab
o'tiravermay, boricha harakat
qilish kerak!
Baxtingiz nimadaligini toping.
Chunki oddiy odamlar baxtlari
nimada ekanliklarini ham
bilmaydilar. Omadli inson esa
biladi!!!
Omadli odamlarning oddiy
odamlardan farqi ularning
ODATLARIDA.
1) Oddiy odam ishdan qaytib
televizor ko'radi, omadli esa
Gazeta o'qiydi
2) Oddiy odam telefonda suhbat
qiladi, omadli esa ma'ruza
tinglaydi
3) Oddiy odam ishga bormasam
deydi, omadli nima qilsam
kamroq ishlayman deydi.
4) Oddiy odam hammaning
gapiga kiradi, omadli faqat o'zi
"ustoz" deb ataydiganlarining
gapiga kiradi.
5) Oddiy odam uchun pul bu
maqsad, omadli uchun pul bu-
Omil
6) Oddiy odam oilamni boqsam
deydi, omadli hammaga yordam
bersam
7) Oddiy odam ko'p gapiradi,
omadli kerakligini!
Chegaralar xuddi qo'rquvga
o'xshaydi. Ko'pincha ular aslida
sarob bo'ladi. Qo'rma, harakat qil,
erishasan!
Xaqiqiy aqlli odam nafaqat
be'mani gapni gapirmaydi, balki
be'mani ma'lumotni tinglamaydi
hamdir.
Esingizda bo'lsin, siz hohlayotgan
narsa har doim ham sizga kerakli
narsa bo'lavermaydi. Uzoq
muddatga yetadigan va zavqi
tugamaydigan orzu bu -ko'proq
odamlarga naf keltirish
hisoblanadi. Natijada;
1) Imkoniyatingiz kengayadi
2) Ko'nglingiz taskin topadi
3) Muammolaringiz o'z-o'zidan
kamayadi
Xoxladingmi?-erishasan.
Erisholmadingmi?- demak yaxshi
xoxlamagansan. Xoxla, sabr qil,
So'ra va harakat qil!!!
O'zingiz qiziqqan soha bilan
shug'ullaning. Bo'lmasa
boshlagan ishingizni ohirigacha
yetkazgani kuchingiz qolmaydi.
(Stiv Jobs)
Bilimning soni emas, sifati
muhim. Kerakli narsani bilmay
turib, ko'p narsani bilish mumkin.
Omadsizlarning hayoti ana
shunday. Sen esa kerakli narsani
bil, keraksizlarini inkor et (g'iybat,
futbol... )
Hozir bizness qilish uchun eng
yaxshi vaqt. Chunki o'tgan
asrdagi boylarning JANNAT ti
kambag'al xalqning DO'ZAH i
evaziga qurilgan edi. Hozir esa
har qanday boyning tinchligi
oddiy xalqning Jannatiga
aylanayabti, Chunki boy yaratgan
birgina ish o'rini bilan bir
kambag'alning hayotini Jannatga
aylantirayabti.
Inson to'g'ri ish qilganligi uchun
emas, "To'g'ri ish qilayabman"
deb o'ylaganligi uchun hato
qiladi. Chunki bir ish qilishdan
oldin mutaxassisdan maslahat
olgani or qiladi.
Bu dunyodagi har qanday
muammoni yechish mumkin.
Ammo buning uchun xotirjamlik
saqlab, fikrni jamlab "Olov"ni
shunday yoqish kerakki u
hammasini kuydirsin. Xissiyotga
berilish undanda katta
muammolarni keltirib chiqaradi.
Odamlarni qoyil qoldirish uchun
avval o'zingizni qoyil qoldiring va
bu narsa butun umr davom etsin
Yevropada bizness tizimi:
"Rejalashtiramiz-->Bajaramiz--
>Tekshiramiz-->O'ylaymiz--
>Rejalashtiramiz..."
Nodon odamda:(Maqsad emas,
savollar beradi)
"Qayerdan pul topsam?--
>Topdim endi nima qilsam--
>Qarz berdim qanday olsam--
>Haqqimi oldim endi maza
qilsam-->
Qayerdan pul topsam?"
Yo'qotgan narsalaringni sanama,
o'zingda borlarini bil. Shunda
bilasan, Xudo senga qanchalik
mehr berganini!
Faqat ahmoqlar va murdalar hech
qachon tushunchalarini
o'zgartirmaydilar. Xato qildingmi?
Xulosa chiqar, kamchiligingni
to'g'rila, yo'lingda davom et!
Muammolarni ichish emas,
yechish kerak.
Eplayman deb o'ylaysizmi yoki
eplay olmayman deb o'ylaysizmi.
Ikkala holda ham siz haqsiz.
Agar odamlarning ko'ziga ahmoq
ko'rinishdan qo'rqsang, sen hech
qachon original g'oya muallifi
bo'lolmaysan. Har qanday olim
yoki tadbirkorni avvaliga hamma
ahmoqqa chiqargan.
Xudodan sog'lik va boylikdan
tashqari omadni ham so'rang,
chunki "Titanik" kemasidagilar
deyarli hammasi boy va salomat
edi, faqatgina sanoqliklari tirik
qolishdi
Siz o’zingiz eng yoqtirgan kasb
bilan shug’ullaning. Bu albatta
sizni muvofaqqiyatga eltadi. Men
har kuni ertalab oynaga qarab
o’zimga savol berardim “Agar
bufun hayotimdagi ohirgi kun
bo’lganda, men hozir qilayotgan
ishni qilarmidim? ” Agar ketma-
ket ko’p kunlar davomida javob
“YO”Q” bo’lsa-men bilardim-ki,
men nimanidir o’zgartirishim
kerak.
STIV JOBS
Kutib o’tirmay hoziroq
boshlang.Bir ajoyib kun kelib
biror buyuk ishni amalgam
oshirmoqchimisiz, bilingki o’sha
ajoyib kun bu-bugungi kundir.
JORJ LUKAS
(Milliarder kinorejissor )
Mag’lubiyat-bu yangidan ish
boshlash uchun imkoniyat,
ammo bu safar yana ham aqlliroq
bo’lasiz
GENRI FORD
Har bir insoning qo’llari, oyoqlari,
va haftasiga 168 soat vaqti bor.
Shularning o’zi maqsadga
erishish yetarli.
Doim esingizda bo’lsin. Siz
majbur bo’lgan ishingiz uchun
emas, o’zingiz xoxlagan ish
uchun kiyining.
DONALD TRAMP
(Amerikalik milliarder)
Boylik -bu muhitda. Har bir
millioner o'ziga muhit yaratgan.
Eng avvalgi muhit bu
1) Yaxshi uy-G'oyalar tug'ilishiga
sabab bo'ladi
2) Ko'nglingdagi ish-Ruhiyatingni
tarbiyalaydi
3) Seni sevadigan oqila ayol-Seni
tushingda ham ko'rmagan
cho'qqilarga olib chiqadi.
Shular bo'lsa qolganlari o'zlari
keladi.
Boy bo'lmoqchimisan KAMROQ:
1) Yeb-ichishni
2) Gapirishni
3) Ishonishni
4) Nolishni
Va KO'PROQ
1) Uxlashni
2) O'qishni
3) Sport bilan shug'ullanishni
4) O'zinigni hurmat qilishni
O' R G A N ! ! !
Odamlarga hech narsani
aytmaslikni o'rganing, shunda
hammasi siz o'ylagandek bo'ladi.
Sahar vaqti barvaqt turing,
Hadislarda aytilishicha, Rizqlar
sahar vaqti taqsimlanadi...
Saharda uxlab yotish bu rizqdan
mahrum bo'lishdir...
spaces.ru/files/?r=main/view&Ck=0086&Li=96053876010&Lii=5275826605&Link_id=69168&Lt=8&Read=52758266&Sn=2&from=search&name=Elshod19&sid=6947003667660086&irb526786=1
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев