Предыдущая публикация
Yigit bo'lsa, olov bo'lsin dunyoda,
Ko'kga uchsa, oy ko'rinsin piyoda.
Baland to'glar ko'rib ta'zim aylasin,
Shunda bo'lur muhabbatim ziyoda.
Yigit bo'lsa, yigit bo'lsin kiroyi,
Ko'ngillari nurli bo'lsin chiroyli.
Sadag'asi bo'lay shunday yig'itning,
Qalbim uning, mehrim yoqut saroyi.
Yigit bo'lsa, unda nomus or bo'lsin,
O'z yoriga bir umrlik yor bo'lsin.
Oshiq bo'lsang arzir shunday yigitga,
Omon bo'lsin, kamol topsin, bor bo'lsin.
Yigit bo'lsa, bo'lsa ahdu vafosi,
El ichida yuksak bo'lar bahosi.
Chustiy so'zini jonu dildan eshitgay,
Yigitlarning aqlu xushu rasosi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев