Peshonanga yillar ajin solarkan.
Yoshlik yomg'irdayin Yog'di-yu ö'tdi,
Dunyo berganini qaytib olarkan.
Kecha tillo sochib o'ynagan zotlar,
Bugun nochorlikdan indamay dodlar.
Dengizin sog'inib yig'lar qirg'oqlar,
Dunyo berganini qaytib olarkan.
Bolam deb ö'rtanib kuyganlar qancha,
Onam deb o'pkasi to'lganlar qancha.
Xatto suv turmaydi ichsang badanga,
Dunyo berganini qaytib olarkan.
Odam uzilmagan xovli endi bo'sh,
Izzatu ikromlar o'tib ketgan tush.
Qadring to'kilarkan to'kilganda tish,
Dunyo berganini qaytib olarkan.
Go'zal yor xusnidan sarxushman dedim,
Menga yetari yo'q dilxushman dedim.
Ko'nglimdan mo'ltirar muxabbat yetim,
Dunyo berganini qaytib olarkan.
Nafsing zanjirini uzginu unut,
Fursating kelishin ozod bo'lib kut.
Deb shivirlab o'tdi yonimdan tobut.
Dunyo berganin qaytib olarkan...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев