Opam bizni uyimizda, turmush
o'rtog'idan esa
darakyo'q. Meni to'y kunim esa yaqinlashib
kelayorgan edi. Keyinchalik surishtirib bilsak
qarzga olib ketgan pulni firibgarlarga aldanib
berib qo'ygan va shuning uchun kela
olamayotgan ekan. Buni eshitib opam bechora
yana qiynaldi. Mart oyini ohirida ko'zi yorishi
kutilayotgani uchun meni to'yimni mart oyini
boshida o'tkazishga kelishilgan edi. Lekin hamma
narsani Alloh bilguvchiroq. Meni to'yimga uch
kun qolganida opamni ahvoli yomonlashib
kasalhonaga yotqizdik. Onam bechoraga roza
qiyin bo'ldi. Bir yoqda to'y, bir yoqda opamni
ahvolidan havotirda. Doktorlar hammasi yahshi,
tug'ruq sal oldinroq boshlanibdi deyishsada, biz
hotirjam o'tira olmasdik. Shunday qilib meni
to'yimda meni dunyodagi eng sevimli insonim
opam qatnasholmadi. Uni holidan habar olish
uchun to'y kuni ertalab kasalhonaga bordim. Uni
yuzidan charchagani shunday bilinib turardi.
Uning o'sha paytdagi ko'zlarini haligacha
unutolmayman. U bilan yolg'iz o'tirib biroz
gaplashdik.U menga qanaqadir boshqacha
tuyuldi.
- Opa sizga nima bo'ldi?
- Hech narsa, faqat yuragim nimadandir
bezovta...
- .....
- Meni eng katta niyatim bolamni bag;rimga
bosish,uni oppoq kiyintirib ko'chada yetaklab
yurish. Uni menga o'hshashini istamayman. Uni
senga o'hshashini istayman.Senga o'hshab o'zini
sal himoya qila oladigan bo'lishini hohlayman.
Shunda hayotda menchalik qynalmasmidi.
- Yo'q, u sizga o'hshasa yahshi men sizchalik
yahshi emasman. Sizni hamma yahhsi
ko'radi.Meni ham eng yahshi ko'rgan kishim
sizsiz.davomi bor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев