Yuragim qiynalsa ham, xech buyruq berolmadim,
Ko`rgim keldiyu seni, yuragim bo`ysunmadi,
O`zga bilan ko`rishga g`ururim yo`l qo`ymadi.
Nega unday qilganing tushunaman, bilaman,
Ota-onang tufayli azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham, sen men uchun yagona,
Ming bor afsusular bo`lsin endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib, qalamim cho`chib ketdi,
Yoshlikdagi voqea esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman, sen tengi yo`q qiz eding,
Shu damlarni qo`msayman, sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar, xali xamon esimda,
Chumchuqlar sayrashardi chinorlarning uchinda,
Shu chinorlar ostida har kuni uchrashardik,
Ishq muxabbat sathida to`yolmay dardlashardik,
Kelmay qolsam sen mening yo`llarimni poylarding.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев