"14-yanvar--Vatan himoyachilari kuni" bayrami bilan Özbekistonimizning barcha mard, jasur, qörqmas, fidoyi va shijoatli ög'lonlarini!
Vatanimiz sarhadlarini köz qorachiqday himoya qilayotgan, xalq tinchligi yölida kerak bölsa jonin fido etuvchi aziz xarbiylarimizni!
Vatan himoyasiga shaylangan oilasidan yiroqda öz yigitlik burchini ötayotgan oddiy askarlarimizni!
Barcha Özbekiston xalqi yigitlarini, aka-ukalarimizni chin yurakdan muborakbod etaman!
Ulardagi mardlik, jasurlik, shijoat, yurakdagi fidoiylik eng asosiysi Vatanga bölgan mehri-muhabbati hech qachon sönmasligini tilayman!
Qalblaridagi Vatanga bölgan sadoqati!
Vatani, el-yurti, xalqi, oilasi oldidagi burchi va ishonchi hamisha ularga kuch-quvvat, matonat bag'ishlab tursin!
Yana bir bor bayramingiz muborak bölsin!
Hech qachon hech kimga egilmas zinhor,
Özbekning mard jasur ög'lonlari bor!
BIZ SIZGA ISHONAMIZ VA SUYANAMIZ!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев