Предыдущая публикация
Mening sevgim bir umrga armon bo'ldi, Alvido yor, o'zga uyga yaxshi bor. Ko'zim kuyib yurak tinmay yig'laydi, Oq libosing bu qalbimni tirnaydi. O'zga yoring bugun rosa quvnaydi, Alvido yor, o'zga uyga yaxshi bor. Ostonangni quchib quchib yig'laysan, Bugun jonim dard qafasga bog'laysan. To'y oqshomi tabrik so'zlar tinglaysan, Alvido yor, o'zga uyga yaxshi bor. Taqdir ekan senga men yetolmadim, Orzularim quchib ro'yo etolmadim. Senga bir bor sevgim aytolmadim, Alvido yor, o'zga uyga yaxshi bor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев