Uyqi yo'qmi Do'stim bu oqshom.
Nega yana homushsan bu payt.
Yoki yana olis yurtlarda.
O'z yurtingni sog'indingmi ayt.
O'zga yurtda yuraging tig'lab.
Qumsadingmi qishloq havosin.
Bugun yana ko'zlaring namlab.
Sog'indingmi ONANG ovozin.
Balki mayus yuraging yulib.
O'ksidimi bu yar ko'ngling.
Aka bo'lib mexringni berib.
Erkalatging keldimi Singling .
Do'stim nega g'amginsan bugun.
Nega yana betartib honang.
Uzoq yurtda bo'lganing uchun.
Tushlaringga kirdimi ONANG .
Ox urasan osmonga qarab.
Oxlaringda sog'inch hissi bor.
Yaqinlaring diydorin qumsab.
Yana tuning o'tdimi bedor.
Yuragingga to'lganda alam.
Topilmaydi ko'ngil ovunchi.
Yomon ekan Do'stim juda xam.
Olislarda VATAN SOG'INCHI.
#опросы #музыка
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев