Gohi yig'lab, gohi kulib sevgandim
Borim nima, jonim nima hattoki
Hayotimni senga berib SЕVGANDIM!
Afsus o'sha damlar hayol bo'ldiku,
Javobi yo'q dilda savol bo'ldiku
Vujudimda yashayotgan muhabbat
Sho'rlik qalbim ichra uvol bo'ldiku
Shumi bahtim men sho'rlikni bilolmayman
Ichi-ichimdan yig'lab, chindan kulolmayman
Na tirikman, na o'lib ham o'lolmayman
Meni balki sevar kimdir, men endi sevolmayman
Senga ayon edi qalbim dardlari
Senga bayon edi sevgim xatlari
Ohim yetar hatto osmonu falakka
Senga etmas ming faryodu dardlarim
Armonim shu qo'llaringdan tutmay sevdim
G'unchagina labingdan bol ichmay sevdim
Sevdim deya meni tashlab ketsang ham-ki
Men bechora yo'llaringni to'smay sevdim
O'zga qo'llar silar endi sochlaring
O'zga so'zlar maqtar ko'zu-qoshlaring
Yuragimga otib isyon toshlaring
O'zga lablar erkalaydi yuzlaring
O'tib ketti sensiz g'urbat kunlarim
Qayg'ularim allalagan tunlarim
Yoshligimdan armon bo'lgan sevgimga
Bugun so'ngi kunim so'ngi so'zlarim
TUGAR BO'LDI UMRIM, ЕNDI SЕVOLMASMAN
QACHONDIR(
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев