mehri dilga,nurday ziyo,
izlarin qilgin to'tiyo,
Onajoningni topolmaysan.
Oshingni ham yig'lab eysan,
boshingni toshga urgaysan,
keyin kimni Ona deysan?
Mehriboningni topolmaysan.
Ko'zlarini izlagaysan,
so'zlarini so'zlagaysan,
armon qilib bo'zlagaysan,
Onajoningni topolmaysan.
Go'rday bo'lib qolar uying,
dolday cho'kar adl bo'ying,
yig'lab o'tkazarsan to'ying,
Onajoningni topolmaysan.
Fayzing ketar,huvillaysan,
yetim bo'lib uvillaysan,
qalampirday lovullaysan,
Onajoningni topolmaysan.
Mushtiparing bo'lsa ertak,
yig'laganing kimga kerak?
oqibatin qilma ermak,
Onajoningni topolmaysan.
Aka-uka,opa-singling,
ovutolmas g'arib ko'ngling,
ardoqlagin,ko'ngli mungling,
Onajoningni topolmaysan.
Ayvonlaring yi'glar g'arib,
barakang ham ketar arib,
yosh boshginang qolar qarib,
Onajoningni topolmaysan.
Ko'z yoshingni yashirolmay,
tobutidan tushirolmay,
oyog'iga bosh urolmay,
Onajoningni topolmaysan.
Lapanglasa tobut yo'lda,
yurib oldda,tayoq qo'lda,
orzularing bo'lar burda,
Onajoningni topolmaysan.
Kafan quchsa yuzlarini,
tuproq o'psa ko'zlarini,
qarg'ab umring ro'zlarini,
Onajoningni topolmaysan.
Tirigida suygin do'stim
Onajon deb kuygin do'stim,
erta dema,qo'ygin do'stim,
Onajoningni topolmaysan.
Mirzo she'ri ilhom berib,
Alisher bul so'zni terib,
aytsa,muzlar ketdi erib,
Onajoningni topolmaysan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев