O'sha kechasi bo'ron guvilladi. So'ngi yaprog'i to'kilgan daraxtlar sovuqdan mo'rt bo'lib qolgandek: ha demay injiq tabiat o'zi yaratgan go'zallikni kunpayaku etadi, go'yo.
Allaqayoqdan tunuka bo'lagi uchib kelib, hovlidagi beton sahnga taraqlab tushgach bo'lagi uchib kelib, hovlidagi beton sahnga taraqlab tushgach, elektr "lip" etib o'chdi. Avazbekning xotini ko'rpadan boshini chiqardi.
-Dadasi, turing, tomdan tunuka uchdi, shekilli. To'k ham o'chib qopti.
-O'g'iloyning tomida tunuka yo'q, bilmadim, qayerdan uchib keldi.
Xotin birdan eriga qaradi.
-Siz ham uxlamay yotganmidingiz?
Avazning hayoliga onasi keldi. Havoning avzoyi buziq bo'lsada, bugun mehmonga kelib-ketgandi.
-Ha, onamni uylayotgandim. Uyga yetib oldimikan?... Shu kunlari yoqilg'i yo'q deb mashinalar ham kamqatnov bo'lib qolishgan. Onamga hayronman, shuncha uzoqdan nima zaril ekan?
-Dadasi, bir narsa aytsam xafa bo'lmaysizmi?
-Hisob varaqlarini yo'qotdingmi?-Avaz beixtiyor yostiqdan boshko'tardi. (DAVOMI BOR!)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев