oralari,
Ortib borar xasta kungil yarolari.
Yoshlardanmi kuzimizning qoralari,
Jonim_ xato qilmadimmi sizni sevib.
Sabolarni yulatmadim men yonimga,
Tilib terdim nishlar kirsa tovonimga.
Titrab turgan uvoqqina shu jonimga,
Endi jafo qilmadimmi sizni sevib,
Jonim_ xato qilmadimmi sizni sevib.
Bu ne tuyg'u dil oynasin chertib utti,
Ol bag'rini qizg'aldoqqa surtib utti.
Adash yulda ozoringiz turtib utti,
Boshga balo qilmadimmi sizni sevib,
Jonim_ xato qilmadimmi sizni sevib.
Yuragimning tub tubi armon qolgan,
Baxt deganning borligiga gumon qolgan.
Charxiy dunning ne zarbidan omon qolgan,
Dilni ado qilmadimmi sizni sevib,
Jonim_ xato qilmadimmi sizni sevib.
G'urur quymas aytolmayman xolim sizga,
Zolim edim kunim qoldi zolim sizga.
Kunglim ofkor etsangiz uvolim sizga,
Tarkiy xudo qilmadimmi sizni sevib,
Jonim_ xato qilmadimmi sizni sevib.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев