DUNYO XOLA
Oq yuvib,oq taradingiz onam
kabi,
Bir bolamsan debon olti bolam
kabi.
Kechib ketdim oydan tushgan
odam kabi,
Lek yorti dil to'lolmadi Dunyo
xola,
Dunyo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola!
Uch bolaga uchar gilam etagingiz,
Hayot emas shirinekan ertagingiz.
Xar lahzada bo'ldi sizni
keragingiz,
Boshim birov silolmadi Dunyo
xola,
Dunyo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola!
Do'stlar topdim xar qadamda
dushman sifat,
Quvonchim ham,ishonchim ham
pushmon sifat.
Dilim yig'lar,yuzim kular xushon
sifat.
Yor-do'st vafo qilolmadi Dunyo
xola,
Dunyo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola!
Tuzukkina oqlolmadim
tuzungizni,
Tushlarimda ko'rdim faqat
o'zingizni,
Ko'rinmadim bir kuldirib
ko'zingizni.
Dardim hech kim bilolmadi Dunyo
Xola,
Dunyo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola!
Duoingiz yetkazishsa
qishlog'imdan,
Nogoh og'zim chuchib ketar
pishlog'imdan.
Toshkentlarga salom kelsa
toshlog'imdan,
Ko'zga uyqu kelolmadi Dunyo
xoxla,
Dunyo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola!
Bir zumgina bolalikka qaytgim
kelar,
To'lib-to'lib dardlarimni aytgim
kelar,
Dildoshlarim,sirdoshlarim
alamqilar.
Dil to'rida qololmadi Dunyo Xola!
Dunyo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola!
Dunyo turginicha turing Dunyo
xola,
Omonatda omon bo'ling Dunyo
xola.
Bolangizni yonidagi bitta bola,
Kuningizga yarolmadi Dunyo xola,
Mirzo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola!
Dunyo sizdek bo'lolmadi Dunyo
xola.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев