Предыдущая публикация
Yugurib keldim.
Yondim, uyg'ondimu keldim.
Xatolarimni yelkamga, iztiroblarimni ko'zimda ko'tarib keldim...
Ummonlar osha panoh topadigan makoni yo'qligini anglagan kema misoli Senga keldim...
Halovatu huzurni sendan
topishni bilib keldim...
Uch kunlik dunyoning uchinchi kuni bo'lgan bugunlarni ertalarga kechiktirgan va ertani ko'ra olmagan mahrum kabi Senga keldim...
Men keldim Robbim...!
Shafqating bilan yaralarimga malham bo'l.
Rahmating bilan chap ko'ksimni to'ldir deya Senga keldim...
Abadul abad Sen bilan qolish uchun,
Senga qul bo'lish
Sen uchun Qul bo'lishga keldim...
Meni Huzuringga qabul qil, Robbim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев