Yevropada bugungi kunda o‘ta
ozg‘in modellar hattoki
ko‘rgazmalar podiumlariga
qo‘yilmayapti. Modellarning
quvvatsizlikdan aziyat
chekishlari u yoqda tursin, ularga ergashgan va ular kiygan
kiyimlarni sotib olmoqchi bo‘lgan
yevropalik ko‘plab (asosan
balog‘at yoshiga yetayotganlar)
qizlar tanaga vitamin
yetishmasligi oqibatida turli kasalliklarga ham chalinib
olmoqda. So‘nggi yillarda
darmonsizlikdan modellarning
olamdan o‘tish holatlari ham
kuzatilayotgani sababli mashhur
kuturyerlar yaratadigan liboslar reklamasini o‘rta vaznli
modellarga topshirish masalasi
muhokama qilinmoqda. Bemor qiz
II guruh nogiron bo‘lib uyda
o‘tirib qoldi. Endi ushbu
pereparatni qabul qilmasa ham uning keskin ozishi davom
etmoqda, sabab — bosh miya
faoliyatining keskin buzilishidir.
Uchinchi misol. Shixan kasalligiga
chalingan bemor ayolni shifokor
endokrinolog, mutaxassis ginekologlarga ko‘rsatmay
tabibga olib borishadi. Bu tabib
bemorni to‘la ko‘rmasdan,
bilagini ushlab kasallik og‘irligini
va shuning uchun peshob ichishni
buyuradi. Ayol o‘z bolalarining peshobini yig‘ib kuniga 1-1,5
litrdan peshob ichishni boshlaydi,
3-4 oy bunday davo-lash usuli
bemor ayolni keskin og‘irlab
qolishiga va koma, ya’ni behush
holatga tushib qolishiga olib keladi. Bir oy shifoxonada
davolangandan so‘ngina ayol
shifo topdi. To‘rtinchi misol.
Sirdaryo viloyatidan 14 yoshli
bolasini olib kelgan oila bizning
maslahatimizga muhtoj ekanligini bildirishdi. Bemorni ko‘rib
hayron qoldik: bolaning faqat
suyagi qolgan, yura olmaydi,
nosilkada olib kelishdi.
Tekshirishlar o‘tkazildi. Shunda
bemorning axlatidan askarida, ya’ni gijjaning bir turi aniqlandi.
Bu xastalik bilan bemor o‘n
yildan beri azob chekar ekan.
Bu gijja turiga qarshi dori-
darmon berilganda askarida
to‘plami (yosh bolaning to‘ppisidek) tushdi. Bir haftadan
keyin bemorning ishtahasi ochilib
ovqat yeyishni boshladi. Kuzatish
shuni ko‘rsatadiki, davolanish
jarayonida bemorga haftada 2
kg vazn qo‘shila boshladi. Uch oydan so‘ng bola soppa-sog‘
bo‘lib maktabda fizkultura
darsiga qatnashadigan bo‘ldi.
Mana shu misoldan ko‘rinib
turibdiki, gijjalarning hamma
turlari bolalarni ozdiradi, ularning jismoniy va jinsiy
rivojlanishini to‘xtatib qo‘yadi.
Bunday misollarni biz o‘z
tajribamizda o‘nlab, yuzlab
keltirishimiz mumkin. Davolash
jarayonining ilk boshlanishi — mutaxassis shifokor maslahatini
olish va kerakli laborator
analizlarni topshirishdir. Tashxis
qo‘yilib bo‘lingandan keyin
shifokor kerak bo‘lgan
gormonal terapiya va boshqa muolajalarni to‘la-to‘kis
bajarishi shart. Shu bilan birga
vitaminoterapiya, kuchli
ovqatlanish va ishtaha ochar
muolajalar qilinish kerak. Ovqat
taomlari mazali, yuqori kaloriyaga ega, oqsil,
uglevodlarga boy bo‘lishi lozim.
Xo‘sh, bundan tashqari uzbek
tabobat olami nimani tavsiya qila
oladi degan savollarni ko‘p
odamlar berishadi. Aksariyat ota-onalar «Gormonal
pereparatlar xavfli, oddiyroq,
giyohlardan tayyorlangan dorilar
bormi? Shunday usullarni muolaja
uchun buyuring», deb iltimos
qilishadi. Keskin ozib ketish va uning oldini olish, davolash
usullari uzoq davrlardan beri
ma’lum. Bizning vatandoshimiz,
ulug‘ tabib va olim Ibn Sino
bunday kasallarning ishtahasini
ochish hamda davolash uchun ko‘p fikr-mulohazalarni
bildirganlar. Masalan, Sharq
tabobatining yirik qomusiy olimi
«Kitob al qonun fit-tibb»
asarida shunday deydi: «Ozgina
vaqt ichida ozib ketadigan badanlarning qaytadan semirishi
ham qisqa bir muddatda bo‘lishi
mumkin. ...Semirish uchun hazm
bo‘lganda kaymusi yaxshi
bo‘ladigan kuchli va pishiq
ovqatlar, masalan, turli halimlar, umochlar, shirguruch, qovurilgan
go‘sht kabilarni yeyish kerak.
Chunki qovurilgan go‘shtda
go‘sht quvvati qamalib qolib, u
pishiq et paydo qiladi,
qaynatilgan go‘sht esa g‘ovak, taralib ketadigan va
qarorlanmaydigan et paydo
qiladi. ...Badantarbiyaga aloqali
harakatlar ham semirtiruvchi
tadbirlardandir; bu har bir yengil
va astasekin qilinadigan mo‘tadil badantarbiya bo‘lib, bir oz
dag‘al hamda qattiq va
yumshoqlikdagi mo‘tadil latta
bilan tez ishqalashdan keyin
qilinadi, ayniqsa, biz aytgandek,
teri qizarguncha ishqalash yaxshiroq. Mo‘tadil mijozlilar
uchun mo‘lj:allangan dorilarning
biri: bodom, pusti ajratilgan
funduq, saqich daraxtining
mevasi, pista va katta xil
sanavbar donasidan olib, bu tarkibni asal bilan qoriladi; undan
javza (38,25 gramm) miqdorida
bo‘laklar yasaladi va shulardan
har kuni besh javzadan o‘n
javzagacha is-te’mol qilinadi».
Quyida ozdirishni to‘xtatadigan va normal vaznga ega bo‘lish
uchun Sharqda uzoq asrlar
davomida qo‘llangan samarali
xalq tabobat usullarini bayon
etamiz.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53324409733227&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7539
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4