sepenlar
"Qurolsiz" va "qurollangan"
sepenlar kishida teniarinxoz va
tenioz kasalligini
qo‘zg‘otuvchilar hisoblanadi.
Teniarinxozni yassi chuvalchang - ho‘kiz sepeniysi
keltirib chiqaradi. U odam
ichagida tekinxo‘rlik qiladig
sakkiz-o‘n yil yashaydi. Uzunligi
6-7 m. keladi.
Oxirgi xo‘jayini odam bo‘lib, u xom, chala pishirilgan mol
go‘shtini iste’mol qilganida
yuqadi. Shakli jihatdan u ichi
kavak no‘xat doniga
o‘xshaydi, kavak ichida to‘rtta
so‘rg‘ichli juda jichkina boshi bo‘ladi. Bu lichinkalar (finnalar)
oraliq xo‘jayin - ho‘kiz va
sigirlarga katta zarar
yetkazmaydi. Tirik finnalar
kishining ovqat hazm qilish
yo‘liga tushib qolsa, me’da shirasi ta’sirida po‘stidan
qutilib, faol hayot kechira
boshlaydi. So‘rg‘ichlari bilan
ichak devorlariga mustahkam
yopishib olib, tanasining butun
sirti bilan oziqlana boshlaydi, shu tariqa o‘z xo‘jayini - odamni
holdan toydiradi. Sepenning
kichik boshidan bo‘yni o‘sib
chiqqan bo‘lib, u qurtning
rivojlanish qismi hisoblanadi.
Ho‘kiz sepeni kun sayin emas, soat sayin rivojlanadi. Uning
uzunligi bir haftada yarim
metrga yetadi, tirik zanjir" har
kuni 7-8 sm. o'sadi. Tunda pastki
bo‘g‘inlar uzilib, tashqariga
chiqadi. Qurt bo‘g‘inlarining mustaqil ravishda uzilib chiqishi
ichakda ho‘kiz sepenining
tekinxo‘rlik qilayotganining
ishonchli belgisidir.
Sepenlarning ikkinchi turi bilan
zararlangan cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilgan kishi tenioz
kasalligi bilan og‘rishi mumkin,
uning qo‘zg‘otuvchisi yassi
qurtning boshqa turi -
cho‘chqa sepeni deb ataladi,
chunki balog‘atga yetgan qurtning boshida to‘rtta
so‘rg‘ichdan tashqari
qo‘shimcha qurol 22-32 dona
ilmoqlari bo‘lib, xitin qatori
mavjud. Ana shu "qurol" tufayli
odatdagi qurolsiz sepenga qaraganda cho‘chqa sepenidan
qutulish qiyinroq.
Hozirgi kunda zararlangan
cho‘chqa va mol go‘shti
sotuvga chiqarilmaydi, chunki u
albatta, veterinariya nazoratidan o‘tkazilgan bo‘ladi.
Ba’zan shaxsiy foydalanishdagi
mollar ko‘rikdan o‘tkazilmagan
bo‘lishi mumkin. Natijada
tekshirilmagan go‘sht odamning
kasallikka chalinishiga sabab bo‘ladi.
Milliy an’ana va odatlar ham
sepenlar kasalligi tarqalishi
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Masalan, Xorazmda aholi xom
yoki yaxshi qovurilmagan qiyma - "ijjan" (piyoz va garmdori
qo‘shilgan xom qiyma) iste’mol
qilishi natijasida teniarinxoz bilan
kasallanadi. Teniarinxoz,
shuningdek, Buxoro, Samarqand,
Qoraqalpog‘iston aholisi o‘rtasida ham tarqalgan.
Teniarinxoz dunyoning hamma
joyida uchrasa-da, biroq Afrika,
Janubiy Amerika, Avstraliya va
Osiyoning ayrim mamlakatlarida
keng tarqalgan. Bu kasallik Zakavkazye, Markaziy Osiyo
respublikalari va Qozog‘istonda,
shuningdek, Yoqutiston,
Buryatiston, Oltoy o‘lkasi,
Irkutsk, Krasnoyarsk,
Novosibirsk va Omsk viloyatlarida ko‘proq uchraydi.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53324409733227&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7539
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев