Semiz odamlarda jigar massasi,
ya’ni hajmi kattalashadi. Yog‘
to‘qimalari jigar ustida va uning
to‘qimalariga kirib boradi. Jigar
hujayralari, ya’ni gepatotsitlar
ichida yog‘ to‘planishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar
funksional va orqaga qaytmas
xolatda bo‘ladi. Shunaqa
struktur va funksional
o‘zgarishlar umumiy xolesterin
miqdorining qonda ko‘tarilishiga olib keladi. Bu holat ultratovush
tekshirish (UTT)da ham ko‘p
bemorlarda
tasdiqlanadi.Pigmentlarni
tashqariga olib chiqish
xususiyatlari ham s-mizlikda buziladi. Normal vaznga ega
bo‘lgan odamlarda qondagi
pigmentlarni olib chiqib ketish
davri ancha qisqadir. Semiz
odamlar orasida jigar steatozi
ko‘p uchraydi. Bu kasallik qanday kechadi, uning oldini olish
mumkinmi, odam undan nogiron
bo‘lib qoladimi, uning asoratlari,
belgilari, davolash usullari
nimalardan iborat? Jigar —
hayot uchun eng muhim organ bo‘lib, uning faoliyati nihoyatda
xilma-xildir. Jigar tanamizdagi
eng yirik bez hisoblanadi. Jigar
qorin bo‘shlig‘ining o‘ng
tomonidan anchagina joyni
egallab turadi. Spirtli ichimliklarni tez-tez, ko‘p miqdorda
iste’mol qilish jigarni xavfli
kasalliklarga olib keladi.
Alkogol ichimliklarni ko‘p va
doimiy iste’mol qiladigan
odamlarning jigarida to‘qimalar asta-sekin buziladi va uning
o‘rniga yog‘ to‘qimasi hosil
bo‘ladi. Bunday kasallik
organizm uchun xavfli va
ko‘pincha o‘limga olib boradi.
Tomirlardan oqib keladigan hamma qon jigar orqali o‘tadi.
Shu tufayli zaharli moddalar ham
qon orqali jigarda to‘planib
qolishi kuzatiladi. Bu yerda ular
zararsizlanib o‘t bilan birgalikda
ichak orqali chiqarib yuboriladi. Ilmiy izlanishlar shuni
ko‘rsatdiki, O‘zbekiston
aholisining beshdan bir qismi
tana vazni me’yordan og‘irligi
bilan xarakterlanar ekan,
bunday holat jumhuriyatimizning hamma viloyatlariga xosdir.
Ko‘pincha semizlikka bee’tibor
qarash natijasida «semizlikmi,
ozgina mehnat qilsa ketadi,
zarari yo‘q tananing yo‘g‘on
bo‘lishi», degan gaplar, ushbu holat haqida ijobiy fikrlar aholi
orasida uchrab turadi. Biz bu
fikrlarga qo‘shilmaymiz, sababi
oxirgi vaqtda olib borilgan
tekshirishlar buni noto‘g‘riligini
isbotladi va semizlik organizmga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishini
belgilab berdi.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=53324409733227&_prevCmd=altGroupMain&tkn=7539
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев