Предыдущая публикация
Hayol aytar: ketolmaysan,
Aqlim deydi: yetolmaysan.
Balki sizdek kutolmasman,
Sizga sevgim kamlik qildi.
Muhabbatga sodiq bo'lib,
Mehringizdan zavqqa to'lib,
Bora-bora hayron qolib,
Sevgim sizga kamlik qildi.
Men yurakdan yonib suysam,
O'z-o'zimdan tonib suysam.
Hijron olovida kuysam,
Sevgim sizga kamlik qildi.
Sevganimni dunyo bildi,
Alam bugun bag'rim tildi.
Bahtlar tilab o'tdim, sizdan,
Biroz mehr kamlik qildi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3