Vitanem
88 000 sum so'm
Manba:
Shotut mevalari (lot. MorusRubra).
Tarkibi:
Shotutning quruq ekstrakti tarkibida pektinlar, oqsillar, temir tuzlari, magniy, kaliy, flavonoidlar, hamda karotin, B,PP,P guruh vitaminlari va boshqa biologik faol moddalar, jumladan, antosianidinlar – 25%, proantosianidinlar – 25% va fosfor kislotasi mavjud.
Chiqarilish shakli
30 tabletkadan o’ramda 500 mgli
FOYDALI HUSUSIYATLARI
Asab tizimiga ta’siri:
Shotut ekstrakti o’simlik fenol hosilalari va antosianidinlarga boy bo’lib, ular neyronlarda moddalar almashinuvini faollashtiradi, xotira va zehnni mustahkamlaydi, uyquni yaxshilaydi va bosh miyadagi qarish jarayonlarini sekinlashtiradi. Tarkibidagi moddalar insolarning asab to’qimalarida yosh o’tishi bilan kuzatiladigan Alsgeymer kasalligi va keksalik demensiyasini oldini olishga yordam beradi.
Yurak-tomir tizimi va arterial bosimga ta’siri:
Shotut ekstrakti qondagi zararli xolesterin hosilalarini kamaytirish va tomirlar aterosklerozining zo’rayishini oldini olish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qo’shimcha tarkibidagi antosianidinlar esa tromb va aterosklerotik pilakchalar hosil bo’lishining asosiy sababchisi bo’lgan qon-tomiri devorining yallig’lanishini kamaytirishga yordam beradi.
Shotut ekstraktida mavjud bo’lgan magniyning flavonoid ionlari tomirlarni kengaytiradi, arterial bosimni tushiradi va me’yorlashtiradi.
Kaliy ionlari yurak ritmi va yurak mushagining qisqarishini yaxshilaydi. Qo’shimchaning yaxshi gipotenziv ta’siri va boshqa xususiyatlari quruq konsentratni yurak va tomirlar uchun yanada foydaliroq qiladi.
Antioksidant xususiyatlari va o’simtalarga ta’siri:
Qo’shimcha tarkbidagi antosianidinlar boshqa o’simlik komponentlariga qaraganda, kuchli antioksidant ta’sirga ega. Shu sababli, qizil tut ekstrakti turli organlar (jumladan, jigar, buyraklar, ichak) hujayralarining genetik materialini shikastlanishlar va mutasiyalar kelib chiqishidan himoya qilish xususiyatiga ega. Bu esa, o’z navbatida DNKning normal tuzulishining buzilishi natijasida paydo bo’ladigan xavli hujayralarni profilaktika qilish uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, quruq konsentratning antioksidant ta’siri ichki organlarda kasalliklar rivojlanishiga olib keluvchi boshqa patologik jarayonlarni susaytiradi. Ekstrakt komponentlari ta’sirida hosil bo’layotgan mustaqil radikallar soni pasayadi, stress va toksinlar tufayli ularning hujayralarga o’tkazayotgan ta’siri kamayadi, hujayra membranalarining normal tuzilishi va yaxlitligi saqlanib qolinadi.
Teri, sochlar va tirnoqlar sog’lomligiga ta’siri:
Shotut ekstrakti organizmda temir moddasining yetishmovchilig natijasida kelib chiqadigan soch to’kilishi va terining yomonlashishi bilan kurashadi. Tut ekstrakti tarkibidagi temir moddasi gemoglobin tanqisligini kamaytiradi, hamda soch piyozchalari va teri hujayralarini kislorod bilan ta’minlaydi. Bu esa, hujayra tuzilmasini optimal darajada oziqlantirish va tiklash uchun zamin yaratadi. Temir moddasining tanqisligini bartaraf qilish natijasida soch o’sishi yaxshilanadi, to’kilishining oldi olinadi, sterjen va soch piyozchalari mustahkamlanadi, teri rangi, silliqligi va tarangligi yaxshilanadi. Tirnoq plastinasining yuzasi ham silliqlashadi va bir tekis sog’lom tus oladi.
Yallig’lanish va immunitetga ta’siri:
Shotut ekstrakti tarkibidagi flavonoidlar yallig’lanish reaksiyasini susaytirish, va bu bilan ko’pgina surunkali kasalliklar, jumladan siydik-chiqarish va tayanch-harakat tizimlaridagi surunkalis kasalliklar chastotasi va kuchayishini oldini olish xususiyatiga ega.
Bundan tashqari, ektraktning faol komponentlari ta’siri ostida immun tizimining himoya faolligi yaxshilanadi va bu bilan infeksiyalar, hamda atipik o’simta hujayralarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga qarshi kurashiladi.
Tayanch-harakat tizimiga ta’siri:
Shotut ekstraktidagi flavonoidlarning yallig’lanishga qarshi ta’siri bo’g’imlar va umurtqa pog’onasining surunkali kasalliklarida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan yallig’lanishlar ta’siri va chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Shotut ekstrakti yallig’lanish reaksiyasini susaytirish yo’li bilan shikastlarning bitish tezligini oshiradi va eski shikastlar oqibatida kelib chiqadigan bursitlar, tendinitlar va artritlarning qaytalashish xavfini pasaytiradi.
Siydik-tanosil tizimiga ta’siri:
Shotut ekstraktining buyraklar, uretra va qovuqqa foydali ta’siri uning kuchli antioksidan ta’siri bilan shartlangan bo’lib, ushbu ta’sir natijasida buyraklar va siydik yo’llari hujaylari dorilar qabul qilish, infeksiyalar va toksinlar bilan zararlanishdan himoya qilinadi. Bundan tashqari, quruq konsentratning faol komponentlari siydik yo’li va qovuq to’qimalaridagi yallig’lanish reaksiyasini susaytirishga yordam beradi.
Qon yaratilishi tizimiga ta’siri:
Shotut ekstraktidagi temir moddasi yangi gemoglobin zanjirlarini yaratish va qonda eritrositlarning optimal sonini tiklashga asos bo’lib xizmat qiladi. Organizmga yetarli miqdorda temir moddasi kelib tushmasligi natijasida paydo bo’ladigan gemoglobin va qizil qon tanachalari tanqisligi ko’pincha turli hayot bosqichlarida (o’smirlik davri, emizish, menopauza) anemiyani keltirib chiqaradi. Shotut ekstraktini iste’mol qilish temir tanqisligini profilaktika qilish, hamda anemiya va uning asoratlarini kompleksli davolashda qo’l kelishi mumkin.
Umumiy tonus va organizmni tiklashdagi ta’siri:
Ekstraktning mikroelementli tarkibi va undagi flavonoidlar moddalar almashinuvini faollashtiradi, organizmdagi regenerasiya jarayonlarining bir tekis keshichi, kasalliklar, shikastlar va operasiyalar, tug’ruqdan va emizishdan keyin kuch va umumiy tonusning tiklanishi uchun zarur bo’lgan oziqlantiruvchi moddalar tanqisligini to’ldiradi.
Qo’llash bo’yicha tavsiyalar
Shotut ekstrakti flavonoidlar, jumladan antosianidin va boshqa antioksidantlar, magniy, kaliy, temir va boshqa moddalar manbaidir. Shotut ekstraktini qo’shimcha komponent sifatida quyidagi hollarda qo’llash tavsiya qilinadi:
Yuqori arterial bosim;
Tromblar hosil bo’lishining yuqori xavfi, tomirlarning varikoz kengayishi;
Yurak ritmining buzilishi;
Soch to’kilishi, anemiya;
O’smirlik davrida, emizish va menopauzada uchraydigan temir tanqisligining olidini olish;
Immunitetni yaxshilash, infeksiyalarni profilaktika qilish;
Ovqat hazm qilish yo’li ishi va ishtaxani yaxshilaydi, toksinlarni chiqaradi;
Ishlab chiqarishda yoki tevarak-atrofda og’ir metallar va boshqa toksinlar bilan aloqada bo’lganda;
Jigar va buyrak hujayralarini dorilar va alkogol ta’siridan himoya qilish;
Jigarning ortiqcha vazn, zararli mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida yog’li aynishi;
Bo’g’imlar va umurtqa pog’onasidagi degenerativ o’zgarishlar (artritlar, radikulit), hamda eski shikastlarning asoratlari oqibatida kelib chiqadigan surunkali yallig’lanishlarni profilaktika qilish;
Keksayishning oldini olish;
Turli kasalliklar, operasiyalar, tug’ruq va emizishdan keyin tiklanish.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Ekstrakt komponentlariga toqat qila olmaslik holatlarida.
Maxsus ko’rsatmalar!
Ushbu mahsulot dori emas!
Qo’llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Agar Sizda tutga allergiya bo’lsa, biologik qo’shimchani shifokor ruhsatisiz qo’llamang. Emizish davrida qo’shimchani qabul qilishdan oldin pediatr bilan maslahatlashing.
Qo’llash usuli va dozalari
Ichga, 1 ta tabletkadan kuniga 1-2 marta.
Nojo’ya ta’sirlari
Kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Ular qatoriga ko’ngil aynishi, diareya, gazlar yig’ilishi, eshakyem kiradi. No’joya reaksiyalar paydo bo’lganda qo’shimchani qabul qilishni to’xtating va shifokorga murojaat qiling.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Agar Siz biron-bir dorini (antikoagulyantlar, steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi preparatlar, og’riq qoldiruvchi dorilar va xokazo) muntazam ravishda qabul qilsangiz, qo’shimchani qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda xona haroratida saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев