tabrigi)...
Ollohning kuni hech qachon bir
joyda to`xtab turmas ekan.
Qayg`uli tunlar ham, shodumon
kunlar ham bir daqiqa bo`lsin
to`xtamas ekan. Yer shari singari
betinim aylanar, uning
aylanishini hech kim sezmagani
kabi, hash – pash deguncha
oradan bir yil o`tib ketganini
ham hech kim sezmay qoladi.
Baxtiyor kunlar tez o`tadi, ammo
qayg`uli damlar, yelkaga ortilgan
xarsang, yurak-yuragingni
qaqshatadi.
Yangi yil. Yangi yil bu yangi
ezgu-maqsadlar va yaxshi
niyatlardir. Hamma yangi yilni
intizorlik bilan kutishadi. Biz
yangi yil haqida gapirar ekanmiz,
beixtiyor ko`z o`ngimizda sovg`a
salomli Qorbobo va yasatilgan
archa gavdalanadi. Kattalar yangi
ishlar haqida o’ylashsa, jajji
bolajonlar qorbobodan qanday
sovg’a olishni o’ylashadi. Yangi
yil bayrami ertakga o`xshaydi.
Yangi yil kechasi barcha
yomonliklar ortda qoladi-yu,
yangi yilda faqat yaxshilik
bo`ladi deb barchamiz niyat
qilamiz. Yurtimizga, barch -
barchaga shodlik baxsh etib
Yangi yil kirib kelmoqda. Qayerga
qaramang yangi yil bayram
dasturlari, bezaklarini
ko`rishingiz mumkin. Xalqimiz
esa allaqachon bayramni
nishonlashni boshlab yuborgan
desam xato bo`lmaydi. Yangi
yilga sihat salomatlikda, tinch
xotirjam, yaxshi kayfiyat bilan
yetib kelganimizni o`zi katta
Baxt! Yangi yil mo`jizalar
bayrami bo`lgani uchun bu
kunda aytiladigan hamma niyatu
- orzular amalga oshadi, shuning
uchun bu kunda yuragimiz
tubidagi yuksak orzularimiz
ro`yobini Yaratgandan so`raylik.
Yil oxirida kelganda, yil
davomida qilgan ishimizni, olgan
bilimimizni, shon-shuxrat,
to`plagan boyligimizni
hisoblaymiz, umuman olganda
har bir inson hech bo`lmasa o`z-
o`ziga bir marta savol beradi
o`tgan 365 kunda men nima
qildim va nimalarga erishdim?
Eski yil o`z o`rnini yangi yil
bo`shatib beradi, yangi yil keladi,
hayolda bir yilga katta bo`ldik,
bir yoshga qaridik, bir yoshlik
aqlga ega bo`ldik... Lekin, shu bir
yil ichida nimalarga erishdik? Biz
o`z imkonyatlarimizdan
qanchalik foydalana oldik,
qanchalik foydalana olmadik.
Aslida ham shunday, yana ellik yil
umrim bor deb o`ylasangiz,
orzularingiz huddi ellik chaqirim
narida turganday, g`ira – shira
tasavvur qilasiz. Agar besh yillik
umrim bor deya o`ylasangiz,
besh qadam narida turgan
orzularingizni ko`rganday
yugirishga tushasiz. Haqiqatdan
ham, hayot go`zal va hammaning
yashagisi keladi. Shuning uchun
maqsadingizni xuddi besh
qadam nariga turganday
tasavvur qiling. Uni ko`z
oldingizdan bir zum nari
qochirmang. Xayotning har bir
laxzasini shu maqsad sari
yo`naltiring. Xudo ko`ngilga
qanday maqsadni solsa, shunday
imkonni ham yaratib beradi.
Xudo kishiga maqsadiga yarasha
kuch-quvvat ham ato etadi.
Odam o`zi sezmagan xolda ilohiy
kuch, fayzu barokatdan
baxramand bo`laveradi.
Yangi yilingiz muborak aziz
do'stlar!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2