o'z yorlari uchun “ideal” bo’lish
sirlari.
"Qanday turdagi erkaklar
ayollarni qadrlaydi?”, "Qanday
qilib erkak kishining hurmatiga
sazovor bo’lish va uni doimo
saqlab qolish mumkin?”. Shu kabi
savollarni har ikkinchi qiz (ayol)
o’ziga berishi tabiiy. Gap Sizni
yigit kishi past yoki yuqori
baholashlari haqida emas.
Shunchaki, har bir ayol o’z yarmi
uchun yakkayu- yagona, suyukli
va albatta unig idealidagi
"malika” bo’lishni istaydi. Hozirgi
zamonda ideal bo’lish bu-unvon
emas, balki ayol kishi uchun
jiddiy va har kunlik ishdir.
"Mening asarimning qahramoni”
Har bir oddiy, romantika va
obrazlardan uzoq, ayol
orzularidan behabar erkak,
o’zining himoyasiz va nozikkinna
juftini himoya qilib, uy
variantida bo’lsada qahramon
"supermen” bo’lishni istaydi.
Shuning uchun ham ideal ayol o’z
jufti "qahramonliklari” ni har
doim rag’batlantirib turishlari
ma’qul. Balki bu qahramonlik
ulkan ish emasdur, lekin bu ish
uchun eringizga chin dildan
minnatdorchilik va quvonch
bildirsangiz, u har safar o’zining
imkoniyatlariga ishona boshlaydi
va bu imkoniyatlarni yanada
orttirishga intiladi. Erkaklar
orasida shunday gap bor: har bir
omadli erkak suyukli yorga ega
bo’lishga xaqli. Siz
maqtovlaringiz bilan eringizni
o’zini omadli deb his qilishi
uchun imkoniyatlar yarating.
Erkak kishining yaxshi jihati
borligini isbotlab bera olgan ayol,
albatta u uchun idealdir. Har bir
kuchli jins sohibi (erkak kishi)
o’zining kuch manbai bo’lgan har
bir narsani qimmatli deb biladi va
ardoqlaydi.
"Hamma sevishni istaydi…”
E’tibor berganmisiz,
hofizlarimizning kuylari nafaqat
sevish, balki sevilish haqida
hamdir. Hatto juda kuchli, obro’li,
jiddiy erkak ich-ichidan uni uyida
kimdir kutayotganini, uni
sevishini, unga ishonishini va
unga xiyonat qilmaydigan odam
borligini his qilishni hohlaydi. Uni
yoshligida onasi va buvisi uyda
kutgan paytlarida ham bu "mitti”
ideal mavjud bo’lgan.
"Sening qiziqishlaring - mening
qiziqishlarim”
Erkak kishi idealini o’z do’sti,
ishonchli jufti, o’zining tarafdori
deb biladi. Shuning uchun ayol
kishi juftining barcha
qiziqishlarini hotirjam qabul
qilishi kerak (hobbi, qiziqishlar…).
Bunda erkak kishining avtomobil
yoki motosikllarga qiziqishi, balki
Afrika shilliq qurtlari hayotini
o’rganishi muhim emas. Ko’z
yoshingni art! Erkaklar ayollar
singari his- tuyg’ularga
beriluvchan emas. Shuning
uchun ular singan tirnoq, lirik
qo’shiq, badiiy filmdagi yurakni
ezuvchi sahna ustida kuyib-
pishishingizni qiyinchlik bilan
qabul qilishadi. Uning idealiga
aylanish va raqiblar orasida
g’olib bo’lish uchun yaxshilik
to’lqinlariga moslashing. Bu-o’z
qiziqishlaringizdan voz keching
degani emas. Yurakni ezuvchi
filmni dugonangiz bilan
ko’rishingiz ham mumkin.
Yana bir maslahat: kuchli
universal ayol bo’lishga, barcha
muammolarni yolg’iz hal etishga
intilmang. Ayolning kuchi uning
ojizligidadir. Erkak kishi uchun
ideal ayol-billyur guldonga
o’xshaydi. Uni doimo asrab-
avaylashga intilishadi. Erkak kishi
yonidagi asosiy vazifangiz,
nazokatli, chiroyli, orasta
bo’lishdir. Erka kishi ko’zlari bilan
sevadi. Agarda erkakning
ishlaridan mamnunligingizni
sezdirib tursangiz, u sizni
boshida ko’taradi. Uni ko’proq
maqtang. Begona odamlar
yonida kamtarroq bo’ling, ko’p
gapirmang. Juftingizga aql
o’rgatishdan ehtiyot bo’ling.
Chunki u bunday holatda bergan
maslahatingizni teskarisini
bajarishi mumkin. Umuman
olganda, samimiy, yaxshilikka
intiluvchan, juftingizni boricha
sevishga harakat qiluvchi ayol
bo’ling.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4