SICHQON YILI
Sichqon (1912, 1924, 1936,
1948, 1960, 1972, 1984, 1996,
2008-yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu muchalda tug'ilganlar
tashqi qiyofasidan yoqimli,
jozibador, sobitqadam,
mehnatsevardirlar. Bir qarashda
xotirjam va bosiq ko'rinsalar-da,
unga ishonmaslik kerak. Chunki
ular asabiyligi-u
tajovuzkorliklarini yashirib
turishadi. Bu yilda tug'ilanlar
tejamkor, boylik yig'ishga
ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan
odamlargagina qo'llari ochiq.
Chaqma-chaqarlikni xush
ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar
qilishmaydi, shu bois haqiqiy
do'stlaridan ko'ra tanish-bilishlari
ko'p. Hech qachon hech kimga
ishonishmaydi, g'am-
tashvishlarini tanholikda o'zlari
tortadilar. Ular kelajaklaridan
tashvishlanib, keksayganda
birovga qaram bo'lmaslik uchun,
tejab-tergashni hamisha orzu
qilishadi. Jismoniy ishlardan ko'ra
aqliy mehnat bilan bog'liq
ishlarni bajonudil bajarishadi.
Baxtga qarshi yiqqan pullarini
orqa-oldiga qaramay shu
zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular
keksayganda tinch hayot
kechirishadi.
HO'KIZ (SIGIR) YILI.
Ho'kiz (Sigir) (1913, 1925, 1937,
1949, 1961, 1973, 1985, 1997,
2009-yilda tug'ilganlar uchun)
Bular sabr-toqatli kamgap,
ishonchga loyiq, vazmin,
imillagan, yaxshi fe'l-atvorli
kishilardir. Aksar hollarda sodda
qiyofada bo'lishsa-da, aql-
zakovat sohibi hamda chuqur
mulohaza yurita olish
qobiliyatiga ega shaxslardir.
Odatda kamgap, biroq ilhom
kelganda gapdon bo'lib
ketishadi. Ular jismoniy jihatdan
baquvvat, hayotning achchiq-
chuchugini totishga bardoshli.
Turmushlarida oila katta
ahamiyat kasb etadi. Bolalarini
yaxshi ko'rib, ular bilan
faxrlanishadi. Biroq buyruq
berishga o'rganganliklari sababli
ularga ham tez-tez qo'pollik qilib
turishadi. Ho'kiz yilida
tug'ilganlar o'z oilasiga baxt-
saodat keltiruvchi, haqiqiy
mehnatkash kishilardir. Ushbu
muchal ayollari o'z oilalari uchun
juda jon kuydirishadi. Oila
ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik
bilan boshqarib borishadi. Erlarini
ko'pincha o'z izmlarida
tushirishadi. Ushbu yilda
tug'ilgan aksariyat er-xotinlar
xushmuomila, sadoqatli,
hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin
xayolparast bo'lishi mumkin.
Keksayganlarida mushkul
ahvolga tushib qolishlari
mumkin, ammo buni bartaraf eta
olishsa qarilik gashtini xotirjam
suraveradilar.
YO'LBARS YILI
Yo'lbars (1914, 1926, 1938,
1950, 1962, 1974, 1986, 1998,
2010-yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlar
hissiyotga beriluvchan, jaxli tez
va tartib-intizomga rioya
qilmaydigan kishilardir. Ular
katta yoshdagilar yoki rahbarlar
bilan tez-tez janjallashib
turishadi, hatto o'zlarining haq
emasliklarini fahmlasalar-da,
baribir bahslashishga
tayyordirlar. Ulardan ko'pincha
inqilobchilar, rahnamolar chiqadi.
Itoat etishni yoqtirishmaydi,
ammo boshqalarga aytganini
qildirishadi. Shu bilan birga,
ko'pincha, yaxshi o'ylab
ko'rmasdan qaror qabul qilishadi
yoki to'g'ri xulosani juda kech
chiqarishadi. Agar biror ishni
boshlashdan oldin yaxshilab
o`ylab ko'rish va dono
maslahatlarga quloq solishni
uddasidan chiqa olishsa, katta-
katta muvaffaqqiyatlarga
erishishi mumkin. Tabiatan
kurashuvchan, qo`rs va jizzaki
bo`lib, ko'zlagan ishlari uchun
o'zlarini qurbon qilishga ham
qodir. Ulardan yaxshi
lashkarboshilar yoki
korxonalarning rahbalari chiqadi.
Lekin xavfli jinoyatchi ham
bo`lishi mumkin, chunki
tavakkalchilik bilan qilinadigan
har qanday faoliyatni yaxshi
ko'rishadi. Judayam jo'shqin va
kuchli sevgi sohibidir ular. Ammo
ehtirosli bo'la turib, kamdan-
kamlari ishq-muhabbat bobida
baxtga erishadi. Dastlabki
hayotlari osuda va xalovatli
o`tadi, biroq keyinchalik kuchli
va shiddatli kechinmalarni
boshdan kechirashadi. Shunga
qaramay, keksayguncha yashay
olsalar, qolgan umrlarini tinch va
xotirjamlik bilan o'tadi. Bular
odatda omadli odamlardir.
QUYON YILI
Quyon (1915, 1927, 1939, 1951,
1963, 1975, 1987, 1999, 2011-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu yilda tavallud topganlar
o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib,
qobiliyatli, izzattalab, kamtarin,
bosiq va saxovatli kishilardir.
Benuqson didlari bilan ajralib
turadilar, hammaning tahsiniga
va ishonchiga sazovor bo`ladilar.
Biroq jiddiy kamchiligi
yengiltaklik bo`lib, hatto eng
yaxshi xislatlari ham yuzakidir.
Bundan tashqari, g`iybat qilishni,
gap tashishni yaxshi ko`rishadi,
lekin buni kishi bilmas holda,
xushmuomalalik va ehtiyotlik
bilan amalga oshirishadi. Odatda,
vazmin va tepsa-tebranmas
bo`lganligidan, ular tinchini
buzish qiyin. Ularda haqiqiy
hissiyotdan ko`ra, tantiqlik
kuchli. Arzimas bahona bilan
yig`lashlari mumkin, lekin shu
zahotiyoq ovunib qolishadi.
Odatda, ularning hammasi
mutaassib bo`lib, hayot
tarzlariga putur yetkazadigan,
uni qiyinlashtiradigan har
qanday yangilikka toqatlari yo`q.
Eng avval badastir xavf-xatarsiz
yashashga intiladi. Oldindan
"yaxshi” va "yomon” tomonlarini
jamlab ko`rmaguncha, hech bir
ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib
ishchanlik qobiliyatiga ega
kishilardir. Garchi, ba'zan o`ta
ketgan rasmiyatchi bo`lishsa-da,
halol va o`z so`zlarining ustidan
chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan
hamisha omadlari yurishadi,
o`ylagan ishlarini amalga
oshirishda epchillik ko`rsatishadi.
Ulardan ajoyib ishbilarmon
kishilar yetishib chiqadi.
Hayotlari tahlika ostida qolmasa,
iste`dodli huquqshunos yoki
diplomat ham bo`lishlari mumkin.
Bu muchalda tug`ilgan ayollar
did, mehmondo`stlik va yaxshi
vakillik talab qilinadigan har
qanday sohada o`zini ko`rsatishi
mumkin. Umuman, ushbu yilda
tavallud topganlar o`zlari
yoqtirgan odamlarga nisbatan
juda xushmuomala va xizmatiga
shaydirlar, lekin do`stlar
manfaatiga xizmat
qilaman deb, eng yaqin
kishilaridan judo bo`lishlari oson.
Agar ular favqulotda
hodisalarga, fojeali voqealarga,
yengib o`tib bo`lmas to`siqlarga
duch kelishmasa, butun umr
osoyishta yashashadi.
AJDARHO (BALIQ) YILI
Ajdarho (Baliq) (1916, 1928,
1940, 1952, 1964, 1976, 1988,
2000, 2012)
Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan
bo`lsa, juda yaxshi sihat-
salomatlikka ega bo`lib,
serg`ayrat va beg`ubordir.
Pastkashlik, tilyog`lamalik va
g`iybat ularga begona. Ular
ishonuvchan va rostgo`ylar.
Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar
tufayli o`z tinchligini
yo`qotadi. Barkamollikka intilish
ularni o`ziga ham, boshqalarga
ham talabchan qilib qo`yadi. Ular
ko`p narsani talab qilishadi, lekin
talablaridan ko`ra ko`proq ishni
o`zlari amalga oshirishadi.
Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak
kishilar bo`lib, ularga bemalol
ishonish mumkin. Samimiy kishi
bo`lib, odatda bildirgan fikr
mulohazalari hamisha asosli
bo`ladi. Soddalarcha
ishonuvchanliklari tufayli, ularni
hamisha aldash mumkin. Shu
bilan birga, ular serzarda bo`lib,
ba`zan tillariga erk berib
yuborishadi. Biroq ularni fikr-
mulohazasi bilan hisoblashish
kerak, chunki yaxshi maslahat
berishadi. Qiziqib, darrov ishga
berilib ketishadi. Iste`dodli,
o`qimishli va irodali kishilardir.
Butun umr hech narsadan
zoriqishmaydi, har qanaqangi
ishda ham muvoffaqiyat
qozonishlari mumkin. Qaysi
kasbni tanlashmasin, doimo
g`alaba qozonishadi. Ular
ko`pincha, hamma uchun
sevimlidirlar, biroq o`zlari
boshqalarni kamdan-kam
hollardagina yoqtirishadi. Hech
qachon muhabbat umidsizligi
yoki dog`u alamini ularning
boshidan kechmaydi. Ammo
o`zlari muhabbat mojarosiga
sababchi bo`lishi mumkin. Bu
muchalda tug`ilganlar kamdan-
kam hollardagina yoshligida oila
qurishadi, ba`zilari hatto umr
bo`yi tanho yashashadi, biroq bu
ular ko`nglini cho`ktirmaydi,
aksincha, yolg`iz yashaganidan
ko`proq baxtiyor sezishadi. Qarz
olishni va uzundan-uzun
gapirishni yoqtirmaydi.
Rahmdillikka moyil bo`lib ba`zan
qisqa muddatga bo`lsa-da,
bundan boshqalarning
foydalanib qo`yishga yo`l
qo`yishadi. Shoirtabiat
jo`shqinliklari tufayli butun umr
ko`plab muammolarga sababchi
bo`lishadi. Biroq keksayganida
baxt-saodatga va barcha
istaklarini amalga oshirishga
erishadi.
ILON YILI
Ilon (1917, 1929, 1941, 1953,
1965, 1977, 1989, 2001, 2013-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu muchalda tug'ilganlarda
donolik va ziyraklik ato etilgan.
Ular vaysaqi emas. Ko'p va xo'p
fikr-mulohaza yuritishadi.
Boshlagan ishni qat'iyat bilan
oxirigacha yetkazishadi,
muvaffaqiyatsizlikni juda yomon
ko'rishadi. Tabiatan xotirjam
bo'lsalar ham, ishning ko'zini
bilib, tez xulosa chiqarishadi.
Juda ham omadli kishilardir, lekin
ko'pincha ziqnalik qilishadi.
Gohida hudbin va maqtanchoq
bo'lishadi. Qarz berishni yomon
ko'rishadi. Ammo hushlariga
kelib qolsa, yordam berishdan
bo'yin tovlamaydigan paytlari
ham bo'lib turadi. Bo'rttirishga
moyillik ularga xos xusisiyat,
maboda birovga yordam
berguday bo'lishsa, jonlarini
berishga ham tayyor, ayni
paytda tortinchoq bo'lib
qolishadi, natijada zarar ko'rishi
mumkin. Bunday odamlardan
yordam so'rashdan oldin o'ylab
ko'rish kerak. Aks holda,
pushaymon bo'lasiz.
Yostiqdoshlarini o'zlari
tanlashadi, rashkchi va injiqdirlar.
Agar ular o'zlarining eng yaxshi
xis-tuyg'ularini oilasiga
bag'ishlay olsalar edi, umrlari
g'am-tashvishsiz o'tar edi.
Hayotlarining dastlabki davri
tinch o'tadi. Umrlarining ikkinchi
yarmida esa ortiqcha
sertakallufligi, ehtiroslarning
kuchliligi, sarguzashtlarga
ishtiyoqmandligi mushkulliklarga
duchor etishi mumkin.
OT YILI
Ot (1918, 1930, 1942, 1954,
1966, 1978, 1990, 2002, 2014-
yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlar
dongdor, mo'tabar, xushfe'l va
pulni tejab-tergab ishlatuvchi
kishilardir. Yaxshi kiyinishadi,
ommaviy yig'inlarni yoqtirishadi.
Ko'p gapirsalar ham, aqlli va
sezgirdirlar. Ko'pincha yaxshi
natijalarga erishuvchi ajoyib
sportchi bo'lib yetishadi. Hamma
sohada ishlari yurishadi, ko'zga
tashlanib turishadi, boshqalar
fikrini tez uqib olishadi. Tabiatan
mustaqil fe'l-atvorga ega bo'lib,
maslahatlarga quloq solishmaydi.
O'zlariga ishonishadi, qadrlarini
bilishadi. Shu yilda tug'ilgan
erkaklar ayollarga befarq
bo'lishmaydi. Muhabbat onlarida
hamma narsani unutishadi.
Xizmat vazifalarini ado etganda,
boshqa hamma sohada bor kuch
va ehtiroslarini kuchga solishga
harakat qilishadi. Ishq-muhabbat
yo'lida hamma narsadan voz
kechishlari mumkin. Shu bois
boshlab qo'ygan ishlarida
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi,
agar bularni yengsa baxtli
bo'lishi mumkin. Oila qurgach,
uyda doimo diqqat markazida
bo'lishadi. Ular ko'zdan g'oyib
bo'lishlari bilanoq, oilaning baxt-
saodati puchga chiqadi. Ba'zilari
oilani yoshlikdan tashlab
ketishlari mumkin. His-tiyg'ular
sohasida ularning hayoti
jo'shqindir. Keksaygan
chog'larida tinch-xotirjam kun
kechirishadi.
QO'Y YILI
Qo'y (1919, 1931, 1943, 1955,
1967, 1979, 1991, 2003, 2015-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu yilda tug'ilganlar nafis
san'at sohibidirlar. Ularning
qaddi-qomati kelishgan, istarasi
issiq va tabiat shaydolaridir.
Xulq-atvori yoqimli, gap-so'zi,
o'zini tutishi oqilona, shunday
bo'lsa-da tabiatan injiq,
xardamxayol. hamisha
nimadandir zorlanib yashashadi.
Odatda xudojo'y bo'lib, turli
xayoliy va o'ta tabiiy narsalarga
qiziqishadi. Bular rahmdil va
muhtojlarga yordam beruvchi
yaxshi kishilardir. Ammo baham
ko'rmoqchi bo'lgan narsalari
o'zlariga tegishli bo'lmaydi.
Ularda xususiy mol-mulkka hech
qanday havas yo'q. Hayot
kechirishlari ko'pincha
omadlariga bog'liq bo'ladi.
Javobgarlik hissi ularga begona,
tashabbus ko'rsatishni yomon
ko'rishadi. Ularda did va iste'dod
bor. Ammo rahbarlikni eplay
olishmaydi. Bir paytning o'zida
texnik va artistlik mahorati
qo'shib borib olinadigan ishlarni
qoyil qilib bajarishadi. Lekin hech
qachon asosoiy vazifani
bajarishmaydi. Gaplari ko'pincha
poyma-poy bo'lib, o'z fikrlarini
qiynalib tushuntirishadi, goh tez,
goh sekin ba'zan duduqlanib
gapirishadi. Hayotlari davomida
ko'plab ishq-muhabbat
muammolariga duch kelishadi.
Ulardan biri fojea bilan tugashi
mumkin. Yetuklik davri yoshlik
va keksayganlariga qaraganda
yaxshi kechadi. Shuni esda tutish
kerakki, moddiy jihatdan g'am-
tashvishi yo'q, maslahatgo'ylari
bor bo'lgan "quling o'rgilsin
o'tloqda" "QO'Y" ning omadi
yurishadi.
MAYMUN YILI
Maymun (1920, 1932, 1944,
1956, 1968, 1980, 1992, 2004,
2016-yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlar
ko'ngliga kelgan ishni qiluvchi,
ishonchga sazovor bo'lmagan va
ters odamlardir. Biroq ular epchil,
aqlli, topqir bo`lib, eng qiyin
muammolarni ham osonlik bilan
hal etishadi. Ayni paytlarda ular
quv va makkordir, shu bois ular
bilan doim hushyor bo`lib
muomala qilish kerak. Ularning
kirishimliklari va hatto har
qanday xizmatga bel bog`lab
turishlari ham munofiqonadir,
aslida esa o`z manfaatini o`ylab
shunday qilishadi. Shuningdek,
ular xushchaqchaq va iltifotli
bo`lb, boshqalar to`g`risidagi
yurakni ezadigan fikr-
mulohazalarini soxta
xushmuomalaliklari bilan
yashiradilar. Ular o`z
faoliyatlarini avj oldira
olmaydigan deyarli birorta soha
yo`q. Bo`layotgan voqealardan
hamisha xabardor. Xotiralari
judayam kuchli bo`lib, ko`rgan
yoki eshitgan narsalarining
mayda-chudasigacha
unutishmaydi. Barcha ishlari
betartibligi uchun ham ularga
xotira zarur. Ular juda hovliqma
bo`lib, hamma ishni shu
zahotiyoq amalga oshirib qo`ya
qolishni xohlashadi. Arzimas
to`siq ham ularning dilini xira
qilib, rejalarini buzib yuborishi
mumkin. Biror ishni
boshlamasdan turib, shu
zahotiyoq uning bahridan
o`tishlari mumkin, ko`pchiligi
qat'iyatsizligi va hatto
qo`rqoqligi bilan ajralib turishadi.
Ularning har qanday mushkul
ahvolga tushib qolganlarida ham,
unga chap berib qutilib
ketishlarini munosib baholash
darkor. Ular o`z xohishlarini
amalga oshiradilar. Amalparastlik
qonlarida bor. Hech ikkilanmay,
hatto vijdonsizlik bilan bo`lsa-da,
o`z niyatlariga erishishga
qodirlar. O`z hafsalalariga qarab
ish qilishsa, ko`pincha nom
chiqarishadi. Faqat ular
odamlarga malol kelishi mumkin
bo`lgan
mahmadonagarchiliklardan o`zini
tiyishi lozim. Garchi ba'zi
qiyinchilklar bo`lib yursa,
umuman olganda, iqtisodiy
jihatdan yaxshi yashashadi.
Ishq-muhabbat bobida baxtga
erishishlari qiyin. Chunki ular
ehtirosli bo`lib, juda tez oshiq
bo`lib, ko`p ma'shuqalaridan
ko`ngillari sovib, boshqasini
qidirishga tushishi mumkin.
XO`ROZ (TOVUQ) YILI
Xo'roz (Tovuq) (1921, 1933,
1945, 1957, 1969, 1981, 1993,
2005, 2017-yilda tug'ilganlar
uchun)
Bu yilda tug`ilgan odamlarga
jur'at, dovyuraklik xos. Bular
chuqur fikrlovchi va istedodli
shaxslardir. Mehnatsevar va o`z
ishlariga jon dillari bilan
berilishadi. Qurbilari yetmasa
ham, har qanday majburiyatni
bajarishga kirishadi. Mabodo
muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa,
dillari judayam siyox bo`ladi.
Nima o`ylasalar, shuni ro`y-rost
gapiradilar. Bu esa, ko`pincha,
ularning haddan tashqari to`g`ri
so`zligidan o`zini chetga
tortuvchilar bilan to'qnashuvga
olib boradi. Savlat to'kib yurishni
yaxshi ko'rishadi, yon-
atrofdagilar e'tibor berishi
uchun did bilan kiyinadilar.
Ammo, aslini olganda, ular
o'zlariga zarar yetkazishlariga
qaramay, mutaassibdirlar.
Odatda, o'zlarini mutlaqo laqma,
deb o'ylshadi, ayni paytda
qilayotgan ishlarinining
mohiyatini yaxshi bilishadi.
O'zlariga bino qo'yishlarining
sababi ham shunda. Haqiqatdan
xam, ko'pincha haq bo'lib
chiqishadi. Aql-zakovatlari
tevarak-atrofdagi odamlarda
ularga nisbatan qiziqish
uyg'otadi. Biroq ularning
ko'pchiligi maqtanchoqligi bilan
darrov ixlosni qaytaradi. Qo'lidan
keladigan ishdan ko'ra ko'proq
gapiradilar. Aksariyat hollarda,
ishqiy dilkashliklariga nisbatan,
ko'proq yoqimli qiyofalari bilan
ko'zga tashlanishadi. Ba'zan
dangasalikka moyillik bildirishadi.
Lekin, aslida, ularning faol bo'lishi
uchun hamma asos bor. Pul
ularga o'z-o'zidan kelavermaydi-
o'zini ta'minlashi uchun ishlashi
lozim. Agar ular qatiyat ko'rsatib,
o'z dangasaliklarini yenga olsalar,
mol-dunyo bilan ta'minlanishadi.
Ammo ular mabodo dangasaligu
orzu-xayolloariga berilishni
o'zlariga ep ko'rsalar, bu ularning
xonavayron bo'lishlariga, obro'-
etiborlarini yo'qotishlariga,
boshlagan hamma ishlarini
puchga chiqishlariga olib keladi.
Ishq-muhabbat bobida hayotlari
ancha mashaqqatli kechadi,
sevgan kishilarini qo`lga olmoq
va qo`ldan chiqarmaslik uchun
ko`pdan-ko`p kuch-g`ayrat
sarflashadi. Ular kambag'allikdan
boylikkacha, yuksak
muhabbatdan tubanlikkacha
bo'lgan yo'lni bosib o'tishadi.
Keksayganlarida baxtli
yashashadi.
IT YILI
It (1922, 1934, 1946, 1958,
1970, 1982, 1994, 2006, 2018-
yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu yilda tug'ilgan odamlarga
eng yaxshi insoniy xislatlar xos.
Ular sodiq va sofdilligi, sir saqlay
olishi bilan o'zlariga nisbatan
ishonch uyg'otishadi. Bundan
tashqari ular hazil-mutoyiba
tuyg'usiga ega, mayda gaplardan
uzoq. Haddan tashqari o'jar va
tez-tez surbetlik darajasigacha
borishadi. Ularning sovuq gaplar
bilan fikr bildirishga, o'rinli va
o'rinsiz tanqid qilishga, hamma
narsadan kamchilik topishi sezilib
turadi. Har qanday nohaqlik
ularda norozilik uyg'otadi va to
uni bartaraf etmaguncha
tinchishmaydi. Boshqalar uchun
qo'llaridan kelgan ezgu ishni
qilishadi. Atrofidagi kishilar
ularni munosib ravishda hurmat
qilishadi. Ular faqirlikda
yashaydilarmi, farovon hayot
kechirishadilarmi, bundan qat'iy
nazar, aqlga qarab ish tutadilar.
Moddiy jihatdan to'kin
yashamasalar ham qanoatlidirlar.
Biroq ularga pul zarur bo'lib
qolsa, uni osongina topisha oladi.
Odatda, ulardan ajoyib rahbarlar
va faol jamoat arboblari yetishib
chiqadi. Ular ko'pincha gapga
no'noq, ba'zan o'z fikr-
mulohazalarini qiynalib bayon
etishadi. Lekin aqllari raso,
ziyraklik bilan gapga quloq solib
turadilar. Sevgi-muhabbat
bobida pok va farosatlidir. Ularni
adolat uchun kurashda katta
sarguzasht va qizg'in olishuvlar
kutadi.
TO`NG`IZ YILI
To'ng'iz (1923, 1935, 1947,
1959, 1971, 1983, 1995, 2007,
2019-yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlarni
mardonovor fe'l-atvori, odob-
nazokat, xizmatga shaylik, nozik
tabiatlilik xulqlari bor. Ularga
hech ikkilanmay ishonish
mumkin, Ular faqat to'g'ri yo'lni
tanlashadi. Ular vijdonli va mard
kishilardir. Boshqa kishilar bilan
til topishishi qiyin. Lekin
do'stlarini hurmat qiladi. To'ng'iz
yilida tug'ilganlar kundalik
harajatlari uchun kerakli
mablag'ni topa olishadi. Ammo
beg'amliklari tufayli ishlari
yomon tus olishi mumkin. Ular
beg'am ko'rinsalar-da, aslida
irodali va o'jardirlar. O'ylagan
niyatlatiga erishish uchun bor
kuchini ishga solishadi. Tabiatan
baquvvatlar, ularning kuchiga
hech kim bas kelolmaydi. Biroq
biror qarorga kelishdan oldin
uning "yaxshi va yomon"
tomonlarini uzoq qiyoslashadi,
shunday kezlarda yon-beridagi
kishilar nazarida ular nima
qilishni bilmayotgandek
tuyulishadi. Haqiqatda esa
bunday emas, ular o'z ishini juda
yaxshi bilishadi, faqat ishni
murakkablashtirmaslik, gohida
unga zarar yetkazmaslik uchun
uzoq vaqt mulohaza yuritishadi.
Ushbu yilda tug'ilgan ayollar
sovg'a-salom qilishni, shod-
xursandchilikni xush ko'rishadi.
Ular yaxshi ona va oqilona uy
bekasidirlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13