xushtorlik...
Aslida chin muhabbat bilan
xushtorlik orasida qanday
tafovutlar mavjud? Shunchaki
maylni sevgidan qanday farqlash
mumkin? Farq shundaki, sevgi
kishi hayotiga asta-sekinlik bilan
kirib keladi, xushtorlik esa juda
tez namoyon bo‘ladi. Sevgi xuddi
gul kabi bo‘y cho‘zadi, buning
uchun esa vaqt kerak. Insonni bir
necha marta uchratish bilan uni
yaqindan bilib olishning iloji
yo‘q. Ustiga ustak ko‘p insonlar
"niqob”da yuradi va bu
niqobning tagida nima borligini
darrov anglash o‘ta mushkul.
Bilingki, insonni yaxshi bilish
uchun oylar, hatto yillar kerak
bo‘ladi. "Bir ko‘rishdayoq sevib
qolish” iborasini eshitganmiz va
ko‘pchilik bunga ishonadi ham.
Biroq bunday bo‘lishi mumkin
emas. Hozirgina uchratgan
odamingizga nisbatan kuchli
havas uyg‘onishi mumkindir,
biroq bu havas qanchalik kuchli
bo‘lmasin, shunchaki
yuzakilikdan boshqa narsa emas.
Buni tashqi ko‘rinishga qarab
xushtor bo‘lish deya baholash
mumkin, xolos. Insonni
haqiqatan sevish uchun katta
yo‘lni bosib o‘tish kerak bo‘ladi.
Sevgining yurakdan o‘chib
ketishi ham qiyin. Oshiqlik esa
bamisoli qushdek uchib ketadi.
Modomiki, haqiqiy sevgining
mustahkamlanishi uchun vaqt
kerak ekan, xushtorlik onlari
uzoqqa bormay barham topadi.
Sevgi markazida hamisha bitta
odam turadi, xushtorlik esa
aksincha. Deylik, bir qiz ikki
yigitni yoqtirib qoldi: biri ancha
ulug‘vor, ishonchli va
mas’uliyatni his qiladiganlardan.
Ikkinchisi esa sho‘x va bebosh,
sayru sayohatni yaxshi ko‘radi.
Qiz ulardan qay birini tanlashni
bilmay halak. Biroq haqiqiy sevgi
bir insonni tanlaydi, o‘zi uchun
qadrli bo‘lgan barcha narsani
o‘sha insondan topadi va
boshqasini qidirib o‘tirmaydi
ham. Sevgi yaratuvchanlik
qobiliyatini ato etadi, xushtorlik
esa borini ham yo‘qqa chiqaradi.
Sevgi sizning shaxsiyatingizdagi
barcha yaxshi xislatlarni ochib
beradi. U sizga yangitdan kuch-
quvvat bag‘ishlaydi, umr
yo‘lingizni belgilab beradi va
hayotga qiziqishingizni orttiradi.
U ijodda va boshqa ishlaringizda
yordam beradi. Sizning shaxsiy
taraqqiyotingizga ulush
qo‘shadi. U sizning qadr-
qimmatingizni tiklaydi,
o‘zingizga ishonch va
yaqinlaringiz oldidagi burch
hissini qaytadan vujudga
keltiradi. U sizni muvaffaqiyat
sari yetaklaydi. Siz chin dildan
o‘qishga, rejali yashashga va
arzimas narsalarga ahamiyat
bermaslikka o‘rganasiz.
Xushtorlik esa sevgiddan farqli
o‘laroq buning butunlay
teskarisidir. U hayotingizga
tartibsizlik olib keladi. Siz oshiq
bo‘lib qolasiz-u,
muvaffaqiyatlaringiz va
mehnatga layoqatingiz kamaya
boradi. Mavjud iqtidoringizni
namoyon qilishga imkon
qolmaydi. Sizning yaqinlaringiz,
oila a’zolaringiz ham buni
payqagan holda: "Senga nima
bo‘ldi? Hech qaerga bormaysan,
biror ishga qo‘l urishni
xohlamaysan, biror yering
og‘riyaptimi?” deya xavotirga
tushishadi. U sizni osmonlarga
olib chiqadi, siz ham hammasi
yaxshi, u meni sevadi deb,
maktab, ish, o‘qish, pul, boshqa
narsalar oldidagi mas’uliyatdan
o‘zingizni yiroq tutib
yuraverasiz. Achinarlisi, u sizga
hayotga panja ortidan qarashni
o‘rgatadi. Sevgi muammolarni
birgalikda yengishga undaydi,
xushtorlik esa hamkorlikni inkor
qiladi. Agar siz chindan
sevsangiz, sevgan
insoningizning nafaqat tashqi
ko‘rinishi va xatti-harakatlari,
balki uning fe’l-atvori, his-
tuyg‘ulari, tutgan yo‘li ham sizni
qiziqtiradi va o‘ziga jalb etadi.
Sevgilingizning omad va
muvaffaqiyatsizlikka, hayot
qiyinchiliklari va favqulodda
musibatlarga munosabati
qandayligini kuzatasiz. U saxiy,
tarbiyali, jonkuyar insonmi?
Sizning dinga, ma’lumotga, oila,
jinsiy va moliyaviy hayotga
nisbatan qarashlaringiz uniki
bilan hamohangmi? Do‘stlar-chi?
Ularga ham bir xil
munosabatdamisiz? Oqshom
payti oila yoki do‘stlar davrasida
suhbat qurish, ko‘ngil yozish
uchun sayrga chiqish unga ham
ma’qulmi? U bilan fikrlaringiz
mukammal darajada uyg‘un
bo‘lsagina, siz chin ma’nodagi
sevgiga erisha olasiz. Sevgi
ma’naviy kamchiliklarni e’tiborga
oladi, xushtorlik esa ulardan ko‘z
yumadi. Sevgi insondagi eng
go‘zal xislatlarni namoyon qiladi.
Inson sevgilisining
kamchiliklarini ko‘ribgina qolmay,
ularni bartaraf qilishga harakat
qiladi. Xushtorlik esa insondagi
yomon illatlarga nazar solishga
umuman yo‘l qo‘ymaydi. Siz uni
har qanday tanqiddan himoya
qilasiz. Xushtorlik sizni o‘zingiz
o‘ylagandan-da ko‘proq savdoyi
qilib qo‘yadi. Uning chiroyi,
ko‘rkam qaddi-qomati va
shirinso‘zligi barcha kamchiliklari
(masalan, qo‘polligi, yuzsizligi,
yalqovligi)dan ko‘z
yumishingizga undaydi. Sevgi
esa butunlay o‘zgacha: u
bo‘yning pastligi, quloq yoki
burunning kattaligiga emas, ichki
dunyo go‘zalligiga qarab baho
beradi. Sevgi uchun ayriliqning
qo‘rqinchli joyi yo‘q. Xushtorlik
uchun esa bu dahshat. Ayriliqda
sevgi, hatto mustahkamlanadi.
Sevgilingiz sizdan uzoqda
ekanida uning qanchalar
kerakligini tushunasiz. Xushtorlik
esa aynan mana shu sinovga
dosh berolmaydi, ayriliq uni
"o‘ldiradi”. Chunki xushtorlik
jismoniy yaqinlikdagina
yashaydi, xolos, vaqt sinovidan
esa o‘tolmaydi. Endi ham ayting-
chi, haqiqiy mehr-muhabbatning
oshiqu beqarorlikdan farqi bor
ekanmi? Shunday bo‘lgach, "Usiz
menga hayot yo‘q. Men uni
sevaman”, deb hamma narsadan
ko‘z yumishdan avval tanamizga
bir o‘ylab ko‘raylik. Boshimizdan
kechayotgan bu his-tuyg‘ular
o‘tkinchi emasmikan? Biz
"sevyapman” deb, avji bilim
olish, hayotda o‘z o‘rnimizni
topish pallasida vaqtni behudaga
sarf etmayapmizmi? Nima
bo‘lganda ham sevgi bizga
yo‘qotishlar emas, yangicha
kuch, intilish va g‘ayrat olib
kelsin. Sevgida jismoniy
yaqinlikka nisbatan juda
ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo‘linadi. Xushtorlik uchun bu
narsa suv va havodek zarur.
Haqiqiy sevishganlar jismoniy
yaqinlikka zo‘r berib
intilmaydilar. Eng avvalo ular bir-
birini hurmat qilish, qadrlashni
o‘rganadi. Yaqinlik esa nikohdan
so‘ng o‘z- o‘zidan amalga
oshaveradi. Sevgi beg‘araz va
xolis, xushtorlik esa xudbin.
Sevgi faqatgina his- tuyg‘ular
bilan chegaralanib qolmaydi, siz
unga hamisha e’tibor bilan
qaraysiz, uning uchun qandaydir
darajada yaxshiliklar qilishni
istaysiz va bu bilan uni
sevishingizni amalda isbotlaysiz.
Chindan sevgan inson sizning
muhtojligingizni sezmay
qolmaydi, hattoki boshiga kulfat
tushganida ham biror
iltimosingizni yodidan
chiqarmaydi. Xushtorlar esa
mehrni o‘zlaridan emas, hamisha
sheriklaridan talab qilishadi. Uni
sevishlarini, ardoqlashdan
charchamasliklarini istaydilar.
Chin sevgi oila va do‘stlarga ham
manzur bo‘ladi. Xushtorlik esa
faqatgina qarama-qarshiliklarga
sababchidir. Agar siz kimnidir
chin dildan sevsangiz, sizning
oilangiz, do‘stlaringiz
munosabatlaringizni qo‘llab-
quvvatlaydi. Ular sizning sevgan
odamingizga qanchalar munosib
ekaningizni aytishadi. Ota-ona va
do‘stlar rizoligi odatda, sevgining
haqiqiyligidan darak beradi.
Mabodo, ota-onangiz yoki
do‘stlaringiz sizning
munosabatlaringizni
ma’qullamasa, hushyor
bo‘lavering! Axir sizning
kelajakdagi baxtli hayotingizni
o‘ylagan odam hech qachon
sizga yomon maslahat bermaydi,
aksincha ular sizni kulfatdan
himoyalashga urinadi. Qolaversa,
statistik ma’lumotlarga
qaraganda, ota-onalar
qarshiligiga qaramay qurilgan
oilalarning ko‘pi uzoqqa bormay
ajralishgan. Sevgida ishonch
ustun, xushtorlik esa shubha
tug‘diradi. Rashk tuyg‘usi
hammada ham bor, lekin haqiqiy
muhabbatga oshno qalb egasi
puxta o‘ylab ko‘rgach, oxir-
oqibat sevgilisiga ishonchni his
qiladi. Xushtorlik esa huda-
behudaga rashk qilish, zaiflikni
o‘zida namoyon qiladi. Shubha
o‘z sherigini zanjirga solib
qo‘yadi va xohlagan paytda
uning tizginidan tortishni ma’qul
biladi. Bu esa xudbinlikdan
boshqa narsa emas. Sevgi
haqiqiy hayotni o‘rgatadi. Xullas
HAQIQIY SEVGINI TANLASHDA
ADASHMANG!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1