Inson tanasidagi hollarga ham
taqdirning bir belgisi sifatida
qaralar ekan.
Peshonaning o'ng tomonidagi
hol - aql, obro', omad belgisi
Chap tomondagisi esa - irodasi
bo'shlik, lanjlik.
Ko'zning chekka tomondagisi -
kamtarinlik, tejamkorlik, mo'tadil
feldan nishona.
O'ng qoshdagi hol - baxtli erta
qurilgan turmush.
Chap qoshdagi hol - omadsiz
nikoh belgisi.
O'ng yonoqdagi hol - shaxsiy
hayotdagi baxt.
CHap ruxsordagisi - mashaqqat.
Quloqdagi hol - fikrsizlikdan
dalolat beradi.
Baqbaqadagi hol esa - omadi
yurishganlik va katta davlatdan
nishonadir.
Labdagi hol - saodatmandlik,
tasirchanlik namunasi.
Burundagi hol - ulug'vor
kelajakka ega, safarga moyil,
ehtirosli kishilarda uchraydi.
Tomoqdagi hol - boy-badavlat
nikoh, kibru havo belgisi.
Qo'llardagi hollar - shuhrat
keltiruvchi tug'ma qobiliyat.
O'ng yelkadagi hol - omaddan
nishonadir.
Chap yelkadagi hol - iqtisodiy
kambag'allikdan.
Bag'r o'rtasidagi hol - o'rta
miyona hayotdan bir belgidir.
Qadimda hollarning joylashuviga
qarab go'dakning kelajak folini
ochishgan.
Albatta bu mano, tariflar
nisbiydir. Hollarning necha o'nlab
tahlil-tabiri bor. Mabodo,
hollaringiz yoki farzandingizni
hollari "omadli" joylashmagan
bo'lsa, o'kinib o'tirmang.
Taqdiringizdagi omad va
yutuqlar , yorug'lik va nursizlik
yaratganning o'zigagina a'yon.
Yaxshilikka ishonib yashaganlar
esa, doim yorug' kunlarga
erishganlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 13