uchun)...
Birinchi uchrashuvga chiqish
ham hayajonli ham hovotirli
bo’lishi tabiiy. Hayajonli
bo’lishining sababi – siz kimnidir
o’rganish uchun ketyapsiz,
hammasi yaxshi bo’lsa, sizning
hayotingizga yangi bir inson
kirib keladi. Hovotirli tomoni esa
uchrashuv qanday o’tishi sizga
noma’lum, qiz sizga yoqadimi
yoki qizga siz yoqasizmi? Bularni
o’ylab hayajoningiz ming karra
oshadi.
Quyida berilgan maslahatlar,
birinchi uchrashuvning omadli
kechishini ta’minlashda
ko’maklashadi. Ularga rioya qilib,
yoningizdagi qizni qalbini
o’girlang. Unutmang, birinchi
uchrashuvning omadli kechishi –
ikkinchi uchrashuvga yo’l ochadi,
aks holda qizdan umidingizni
uzavering!
Maslahatlar:
Esda qolarli joy tanlang. Tanlagan
joyingiz romantikaga boy bo’lib,
chinam va toza bo’lsin. Birinchi
uchrashuvning joyi juda katta
ahamiyatga ega. Sababi bu joy
ikkingizning ham hotirangizda
bir umrga muhirlanib qoladi.
To’gri balki, bu restaranni tanlash
sizga biroz qimmatga tushar,
ammo yodingizda bo’lsin,
birinchi uchrashuv – katta
ahamiyatga ega.
Kiyimingizga e’tiborli bo’ling.
Ayollar tug’ma ravishda
modaning quli bo’ladi. Albatta ,
kiyimingiz ularning e’tiboridan
chetta qolmaydi. Shuning uchun
shunday kiyinki, ortiqcha izoha
hojat qolmasin. Kiygan
kiyimingiz o’tiradigan
restaraningizga va boradigan
joyingizga mos bo’lsin. Qizdan
nima kiiyishini aslo so’ray
ko’rmang. Shunday kiyiningki, u
ham odatiy bo’lsin, ham jiddiy.
Jentelmenlik qiling. Birinchi
uchrashuvda qizingiz shunday
xizmat ko’rsatingki, u o’zini
malikalardek his qilsin. U uchun
eshiklarni ochib bering, o’tirish
vaqtida stulini to’girlang.
O’zingiz haqingizda emas, u
haqida gaplashing. Birinchi
uchrashuvdan o’zingiz haqida
ko’p gapirmasdan, yoningizdagi
qiz haqida ko’proq
suhbatlashing, uning so’zlarini
bajonidil tinglagingiz
kelayotganini ko’rsating. Ayollar,
ularning so’zlarini tinglaganlarni
va ma’qullaganlarni xush
ko’rishadi. Shuning uchun suhbat
davomidas o’zingizni
aqlliligingizni ko’rsatish uchun
aslo bahslasha ko’rmang, uning
fikrlarini qo’llab quvvatlang.
Atrofingizdagi odamlarga ham
yaxshi muomalada bo’ling. Birov
jig’ingizga tegsa yana urshib
o’tirmang u bilan, kerak bo’lsa
uzr so’rab o’tib keting. Bunday
oliyjanoblikni ayollar yuqori
baholashadi.
Uyigacha kuzatib qo’ying. Bu
albatta qizning sharoitiga qarab.
Agar imkon bo’lsa, uyiga yaqin
manzilgacha kuzating va uyga
borib albatta qo’ng’iroq qilib
qo’ying. Agar sizga qiz yoqmasa
yoki boshqa biror yoqimsizlikni
his qilsangiz, darrov
munosabatni uzib qo’ymang, 2-3
kun qo’ng’iroq qilib turib, so’ngra
uzoqlashsangiz bo’ladi. Agar qiz
yoqsa, unda ikkinchi
uchrashuvga taklif qilsangiz
bo’ladi, bunda uning javobi
muhim emas, muhimi qizga sizga
yoqqanligini bildirish. Omad!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4