qanaqa (Psixologik mulohaza)...
Bu tesda qandey harakter egasi
ekanligimiz haqida ochiqroq
ma'lumotga ega bo'lamiz.
Hammaga omad. Kishi qanday
xarakter sohibi ekanligini
aniqlashning yana bir usuli. Bu “
Temperament va Xarakter
raqami”ni aniqlash. Ba’zan buni
“Hayot yo’li raqami” deyishadi.
Qanchalik to’g’ri noto’g’riligini
tekshirishingiz mumkin. Faqat
hisoblashda adashmaslikka
harakat qiling. Masalan, agar kishi
1989 – yil 16 – iyul ya’ni
16.07.1989 bo’lsa, unda
raqamlarni bir xonali son
chiqmaguncha qo’shib
boraveramiz. Misol uchun : 1 + 6
+ 0 + 7 + 1 + 9 + 8 + 9 = 41 = 4 +
1 = 5. Temperament raqami { 5 }.
Endi ularga berilgan tavsiflarni
o’qiymiz.
{ 1 } Umumiy ta’rif: Bu raqam
kuch, shuhrat, g’ayrat va
buyuklik ramzidir. Bu raqamdagi
kishi o’zi tanlagan yo’ldan hech
qachon voz kechmaydi.
Hamma narsada 1- bo’lishni
xohlashadi, qiziqqon, aqlli,
farosatli, hurmattalab, har
qanday vaziyatda g’olib bo’lishni
istashadi va bunga intilishadi,
oldiga qo’ygan maqsadiga
erishish uchun oldinga sabrsiz
sakrashmaydi balki, aql va sabr
bilan bu yo’lda nima qilib bo’lsa
ham erishishga intilishadi. Ularda
tug’ma sardorlik qobiliyati bor.
Hayotga jiddiy qaraydigan
kishilar bilan qiziqishadi, sevsa
ham “Sevgining ko’zi ko’r, qulog’I
kar “deb aytilgan naql aynan shu
insonlarga mos. Martaba uchun
ko’p narsani qurbon etishga
qodirlar. Ular orasida san’atkor
va siyosatchilar ko’p. Ularga
maslahat: faqat o’zingizni emas,
atrofdagilarning his-tuyg’ularini
hisobga olishga harakat qiling,
ehtiyotkor bo’ling, hamma
ishdan faqat o’zingizga foydasi
bo’ladimi yo’qmi? deyishni
kamaytiring, aks holda
do’stlaringizdan ajrab qolishingiz
mumkin. Orzularingiz va
maqsadlaringizga albatta
erishasiz. Omad!Yigitlar:
Qiziqqon, o’ziga ishongan,
harakatchan, qo’rqmas, mard,
to’g’riko’ngilli, qiyin vaziyatlarda
ularga ishonish mumkin.
Hamma narsani o’zi hal etishni,
bag’rikenglik qilishni va buyruq
berishni juda yaxshi ko’radi.
Qaltis vaziyatlarda u juda
qiziqqon ammo ko’p o’tmay
hissiyotlarini yana jilovlaydi.
Maqtashlarini unga ko’p e’tibor
berishlarini istaydi va yaxshi
ko’radi. Hayoti davomida uni
o’rab turgan narsalarni
egallashga, qo’lga kiritishga,
hammadan ustun turishga
intiladi. U bilan hayot qiziq ammo
tinchlik degan narsa yo’q. Unga
o’zining kuchli hislarini namoyish
etishi muhimdir. Qizlar: O’ziga
ishongan, sabrli, aqlli, kuchli
xarakter sohibasi, o’jar, oldiga
qo’ygan maqsad sari astoydil
harakat qiladi. Yaxshi
suhbatdosh, farosatli, ba’zan
qiziqqonligi tufayli o’ylamay ish
qilib qo’yadi. U o’ziga faqat
o’ziga ishonadi, atrofdagi voqea
-hodisalarni boshqarib borishga
intiliadi ammo, hamma aytganini
qilaverganlarni yoqtirishmaydi.
Hamma narsada oldinlikni istaydi.
Rahbarlik hislatini kuchli
namoyish etishiga qaramay
ba’zida o’zi buni tan olmasa ham ,
u mehr-muhabbatga hamda
e’tiborga muhtoj.
{ 2 } Umumiy ta’rifBu raqam
kayfiyatda, harakatlarda, o’zini
tutishida tenglikni ifodalaydi.
Yumshoq xarakterli, har qanday
muammolardan kompromislar
izlaydigan, ko’p o’ylaydigan
shaxslar. Do’stlariga, yaqinlariga
va atrofdagilarga ko’p maslahat
berib yurishadi. Ba’zan bu
ularning o’zlarining ishlariga
xalaqit berishi mumkin. Bu
raqam o’t va suv, hayot va o’lim,
boylik va kambag’allik orasi,
yaxshilik va yomonlik orasini
hamda tenglikni ifodalaydi. Siz
har qanday vaziyatga moslasha
olasiz va bundagi qonunlarni
qabul qilishingiz mumkin. Siz
haddan ziyod ishonchsizlik,
saxiylik, chegaradan chiqib
ketish hodisalaridan yiroqsiz. Bu
ajoyib, siz faqat boshqalar
haqida emas, balki o’zingiz
haqingizda ham o’ylar ekansiz.
Siz yaxshi maslahatchi, reja
tuzuvchisiz ammo ijro etuvchi
emassiz. Ko’pincha passiv va
ajralib turishadi. Ish qilishdan
ko’ra ko’proq o’ylashadi. Bu
yaxshi. Rejalarini hamma vaqt
ham ro’yobga chiqarishga
ulgurishmaydi. Sevgi bobida ular
o’zlarining kerakliklarini ,ularni
cheksiz sevishlarini his etib
tursalar, hammasi yaxshi, ammo
sal shubha paydo bo’ldimi,
tomom, rashkchi bo’lib
anchagina o’ylamay ish qilib
qo’yishlari mumkin. Ularda tez-
tez tushkunlikka tushishga
moyillik bor. Ularga maslahat:
sizga hamfikrli shaxslar, do’stlar
kerak. Ammo bunday insonlarni
tanlashingizda hissiyot bilan
emas balki ko’proq aql bilan ish
yuriting. Biroq hislaringizni
yashirmang! Tinchliksevarlik
hislatingizni sira yo’qotmang.
Kelajagingiz porloq, omad!
Yigitlar: Ular davrani ,
suhbatlashishni juda yaxshi
ko’rishadi.
Ishonuvchan, boshqalarni ham
ishontira olishadi. Boshqalarni
hislari uchun qalblari ochiq,
aqllari esa atrofdagilarni qabul
qilish tayyor. Boshqalarni
muammolari bilan yashashadi,
atrofdagi o’zgarishlarga tez
ko’nikishadi. Go’zallik va iffatni
qadrlashadi. Hislari bilan
yashashadi. Mehribon, sadoqatli
bo’lishi mumkin, ammo
talabchan, o’jar, humkronlik
qilishga intilishi, rashkchi ham
bo’lishi mumkin. Ular bilan
munosabatda eng asosiysi
shoshilmaslik. Munosabatlar og’ir,
tashvishli, chalkash bo’la
boshlasa, ular o’zlariga ketib
qolishadi ya’ni o’z xayoliy
dunyosiga yopinib olishadi.
E’tiborni torta oladigan, chuqur
his qiladigan, ishontira oladigan
shaxs bo’lishi mumkin. O’zlariga
o’xshagan ya’ni aynan
qiziqishlari bir xil, sadoqatli, aql
bilan ish yuritadigan va doim
yonida bo’la oladigan insonlarni
izlashadi. Qizlar: Ajoyib
suhbatdosh, go’zal, ularni aslida
qanaqa ekanligini yanada
yaqinroq tanishib bilish mumkin.
Muammolarni va oradagi
munosabatlarni aniqlashtirishni
yomon ko’rishadi. Ular
o’zgaruvchandir.
Munosabatlar qancha ochiq,
orada ishonch qancha kuchli
bo’lsa, o’zlarini shunchalik
baxtiyor his etishadi. O’ziga
nisbatan o’jarlikni ko’tarmaydi.
Hissiyotlari ham yuzaki ham
chuqur bo’lishi, bir xil va birdan
o’zgarib qolish hislatiga ega. Ular
bilan munosabatda eng asosiysi
shoshilmaslik. Boshqalarning his-
tuyg’ulari oldida ojizlar. Ba’zan
uzoq falsafiy suhbatlardan ko’ra
sovg’alar va qulaylikni afzal
bilishadi. Ko’rsatilayotgan
e’tiborlarni, gullarni, sovg’alarni
qabul qilib yurishi, keyin birdan
fikrini o’zgartirib oradagi
munosabatlarni to’xtatishi
mumkin.
{ 3 } Umumiy ta’rif: Bu
raqamdagi shaxslar
boshqalardan tezroq o’z
xarakterlarini namoyon etishadi.
Ular yangi bilimlarni tez
o’zlashtirishadi, ba’zan juda
yoshligida.
Siz o’tkir va sezgir aql sohibisiz.
Talantli insonsiz ammo, o’zingizni
oldingizga qo’ygan maqsadga
erishish yo’lda faqat oson yo’l va
foydani izlasangiz yuqori
cho’qqilarga erisholmay
qolishingiz mumkin. Harakatchan,
hayotga o’ta jiddiy
qaramaydigan, qobiliyatli, o’ziga
talabchan insonlar. Har qanday
sohani gullatishadi. Ular g’ururli,
erkin insondirlar. Buyruq
berishni, atrofdagi hosidalarni
boshqarib turishni yaxshi
ko’rishadi. Sizga ishonish
mumkin, siz yaxshi ishchi, do’st ,
insonsiz. Qiziqishlaringiz,
intilishlaringiz o’xshash bo’lgan
insonlarni izlang.Ularga maslahat:
sizga qiziqarli insonlar, yaxshi
davra va suhbatdoshlar
kerak.Yana faqat erta bilan emas,
balki bugun bilan yashash ham
yaxshi. To’g’ri boshlanish bilan
yuqori cho’qqilarni egallashingiz
mumkin, chunki kuchingizga
ishonasiz bu to’g’ri, ammo
tug’ma sabrsizligingiz va oson
yo’llar izlashingiz kelajakda
yuksak martabalar
erishishingizga to’sqinllik qilishi
mukin. Buni ham hisobga oling.
Siz yaxshi insonsiz va
shundayligingizcha qoling!
Yigitlar:
Yaxshi suhbatdosh, qobiliyatli,
sarguzashtlarni, qaltis ishlarni
yoqtiradigan, har qanday
davrani qizita oladigan kishilar. U
zerikishni, erkinligini to’sib
qo’yishlarini va o’zi ustida
boshqaruvni ko’tarmaydi.
Birinchi uchrashuvda o’zi haqida
eng yaxshi taassurot qoldirishga
urinadi. Orzu qilishni juda yaxshi
ko’radi. U uchun muhimi dildan
suhbatlashish, aqliy poyga,
qiziqishlar mosligidir.
Ma’suliyatsizlikka moyilligi bor.
Ammo va’da beramanki, bundan
inson bilan zerikish nimaligini
bilmaysiz.Qizlar: Aqlli va farosatli,
ajoyib suhbatdosh, o’zini yurish
–turishi bilan rom eta oladi,
erkinlikni afzal biladi,
harakatchan, samimiy, hissiyotli,
optimist, orzular va istaklarga
juda boy. Nima istashini biladi va
bunga intiladi. Do’stlikni
qadrlaydi, faqat kelajakka
qaraydi. Kayfiyati o’zgaruvchan,
chuqur mazmunli
munosabtalardan charchaydi. U
bilan ehtiyotkor bo’lib
suhbatlashish zarur. Birinchi
navbatda o’zini ehtiyojlarini
qondirishga urinadi. Ammo,
atrofdagilarga quvonch ulashga
chin ko’ngildan harakat qiladi.
{ 4 } Umumiy ta’rif: Bu
raqamdagi shaxslar qobiliyatli,
aqlli, ehtiyotkor, mehnatkash,
qaltis ishlardan yiroqda yurishni
afzal biladigan shaxslar. Ular o’z
rejalari, go’yalari bilan yuradigan,
boshqalarning yordamisiz faqat
o’zi hamma narsani hal etishni,
har qanday sirni tagiga o’zi
yetishni istaydigan kishilar.
Sizning shioringiz - ishonch,
rostgo’ylik va barqarorlik. Sizni
aldash eng katta xatodir ammo
siz ham o’zingizni aldashdan
yiroq bo’lishga intiling. Ko’pincha
siz narsalarga o’z nazaringiz bilan
qaraysiz, ba’zan bu hol boshqalar
bilan kelishmovchiliklarga olib
keladi. Qiyinchilikdan hech ham
qochmaysiz, balki uni yengishga
harakat qilasiz. Ularga ishonish
mumkin. Oilasini ko’z
qorachig’idek asrashadi va
qadrlashadi. Bu raqamdagilarda
kamdan kam romantic shaxslar
uchraydi. Ularga maslahat: o’z
maqsadingiz yo’lida dadil qadam
tashlab undan hech ham
chekinmang. Kuchingizga
ishoning. Siz albatta uddalaysiz!
Yigitlar: Ular yaqinlari va oilasiga
juda bog’langan. Oilasining
qadriyatlarini va an’analarini
davom ettirish ular zimmasida.
Munosabatlarda aniqlik va
ishonchlilikni istashadi.
Hayotlarining moddiy tarafini
oshirish tashvishi bilan
yurishadi. O’zlari aniqlashtirib,
reja asosida yuritadigan hayotini
o’zgartirishni istashmaydi. O’ylab
ish qilishadi. Samimiy, sadoqatli,
sabr – toqatli, aqlli. Uyda ishlarni
bo’lib olishni va ish yuzasidan
bo’ladigan munosabatlarni xush
ko’rishadi.Qizlar: Realist, hamma
narsada aql bilan ish yuritadi.
Oilasiga juda bog’langan.
Munosabatlarda aniqlik va
ishonchlilikni istaydi. Ekonomka,
isrofgarchilikni yomon ko’radi
hamda pulni behuda sarflamaydi,
ammo sifatli va yaxshi narsaga
pulni ayamaydi. Xarakteringizni
injiqliklar, o’jarlik, mayda narsalar
ustidagi urushlar bilan namoyish
etasiz. Rashkchi, boshqarishni
yoqtiradi, sadoqatli, mehnatkash,
harakatchan.
{ 5 } Umumiy ta’rif: Optimist,
farosatli, ajoyib suhbatdosh,
dilkash insonlar, aqlli, hamma
narsaga qiziqishadi,
sarguzashtlarni sevishadi. Chet el
tillarini va an’analarini tez
o’zlashtirib o’rganishadi, juda
hissiyotli, tavakkalni
yoqtirishadi, gapirish yoki mehr
ko’rsatishi odobi bilan o’ziga rom
eta oladi, tadbir va do’stlar
davrasini sevishadi, ba’zan
kutilmagan xatti-harakati bilan
atrofdagilarni hayron qoldirishni
yaxshi ko’rishadi, o’zgarishlar
yangiliklarni yaxshi ko’rishadi,
mehribon, ko’ngilli insonlar,
kayfiyatlari o’zgaruvchan,
achchig’I burni ustidat uradi,
muammolardan osongina qultilib
ketish hislatiga egalar,
adolatparvar, erkinlikni afzal
bilishadi. Ularni haqiqiy qulog’I
bilan sevadigan odamlar deyish
mumkin. Ularga maslahat:
hamisha faqat oldinga intilasiz,
biroq ba’zida atrofingizda boriga
ham e’tibor berishingiz
maqsadga muvofiqdir. Komillikka
intiling. Porloq yulduz yo’lingiz
yoritsin. Orzularingiz va
istaklaringizni ro’yobga
chiqarishda sizga baxt va omad
tilayman!Yigitlar:O’ziga ishongan,
juda aqlli, hissiyotli, adolatparvar,
romantic shaxslar, o’zgaruvchan
kayfiyatli, iltimos qilmaydi,
maqasadidan ortga chekinmaydi,
hurmattalab, yomon tarafi –
dangasalik va o’ziga talabchan
bo’lmasligi bo’lishi mumkin,
do’stlari va yaqinlari jou dili,
saxiy, yolg’izlikni yomon ko’rgani
uchun doim do’stlari bilan yoki
yaqinlari bilan bo’lishadi, ularning
ko’p, juda ko’p do’stlari bor,
ko’rsatilgan ishonch va mehr
uchun borini berishga tayyor,
har jihatdan erkin bo’lish ular
uchun suvdek zarur. Qizlar:
Hissiyotli, ko’ngli bo’sh, kayfiyati
o’zgaruvchan, mehnatkash,
orasta, o’ychan, oqko’ngil, siz
bilan gaplashib tursa ham bir
ko’zlariga boqsangiz xayollari
qayoqlardadir uchib yurganini
ko’rasiz, mehribon, boshqalar
uchun g’alati tuyilgan narsa ular
uchun oddiy narsa, yoki
boshqalar uchun oddiy ko’ringan
narsa u uchun chuqur ma’noli
sirli tuyiladi. Maslahatlarni eshitib
turadida borib baribir o’zi
bilganini qiladi. Lekin ko’pincha
ularning qarorlari to’g’ri chiqadi.
yaqinlarini haqida qayg’uradi,
ularni asraydi, tadbir, kechalarni
yoqtiradi, sadoqatli,
to’g’riso’zlikni qadrlaydi, erkinlik
istaydi.
{ 6 } Umumiy ta’rif: Bu
raqamdagi shaxslar ishonchli,
ochiq, samimiy, to’g’riso’z.
Atrofdagilarda o’zlariga nisbatan
hurmat qozonishni, nom
orttirishni, e’tibor qaratishni juda
istashadi. Do’stlari orasida bir-
birini tushunish, qadrlashni
saqlab ularning hayotini
yaxshilashga harakat qilishadi.
Optimist, o’jar, romantic shaxslar,
ularning qiziqishi ko’pincha oila
va uy bilan bog’liq.
Yaxshi did sohiblari, odamlar
bilan tez chiqishib,kelishib
ketishadi. Unchalik harakatchan
emaslar, oilaviy sokinlikni
istashadi. Ba’zi yomon tarafi
dangasalik bo’lishi mumkin.
Hislaringizni kamroq yashiring.
Bu omadli raqam.Ularga
maslahat: sizga berilgan vazifani
bajarasiz, ishonchni oqlaysiz, bu
ajoyib. Biroq, bu bilan to’xtab
qolmang. Sizni yanayam yuqori
cho’qqilar, yuksak martabalar
kutmoqda. Olg’a! Yigitlar:
Ishonchli, mehnatkash, barqaror
munosabatlarga intiladi. Ko’ngli
nozik, olishdan ko’ra berishni
ma’qul ko’radi. Qalbi ochiq,
sadoqatli, hurmat qiladi va
hurmat istaydi, Oyijonisiga juda
bog’langan, oila va uy u uchun
eng asosiysi, salga arazlaydi,
tanqidni esa ko’tarolmay qattiq
xafa bo’ladi, atrofdagilarga ham
o’ziga ham juda talabchan,
boshqalarni kamchiligini kechirib,
yaxshi tomonini qadrlang,
bunday insonlar sevsa ham
borlig’I bilan butun vujudi bilan
mantiqni surib sevishadi. Qizlar:
Hayotning har qanday sinovini
boshini mag’rur tutib yenga
oladi. Yuzaki qaraganingizda juda
sovuq, og’ir-bosiq, ajralib
yurishni ma’qul ko’radigandek
ko’rinsada, aslida, bu qattiq
qobiq ostida ko’ngli nozik,
hissiyotli inson yashiringan. Ular
yoshligida soda, samimiy,
tortinchoq bo’lishadi. Yoshi
ulg’aygan sari ko’p fikrlaydigan,
faqat aql bilan ish tutadigan
bo’lishadi. Orzumand, fantaziyasi
boy. Tortinchoq, yumshoq fe’lli,
samimiy bo’lishi mumkin.
Tushunish, mehr, himoya istaydi.
Achchig’I burni ustida turadi.
Yaqinlari va oilasini asrab-
avaylaydi.
{ 7 } Umumiy ta’rif: Bu raqam
bilim va sirlar ramzidir. Bunday
insonlar shoirtabiat bo’lishadi,
faqat ozgina g’alatiliklar bilan
birga, farz dunyosiga boy, aqlli.
Bu raqam ostida buyuk bastakor,
san’atkor, shoir, olim, faylasuflar
tug’ilgan. Ularning ilhomi
yolg’izlikni talab etadi. Ular o’z
xayollari, kechinmalari bilan
yurishadi. Shuning uchun ba’zan
ularni ajralib yurganini
ko’rishingiz mumkin. Ularning
boshlagan ishlari ko’pincha
omadli keladi. Sayohatlarni xush
ko’rishadi. Sadoqat va mehr-
muhabbatni qadrlashadi. Irodali,
hissiyotli, pessimist, sadoqatli,
mehnatkash bo’lishadi. Ularni
tushunish qiyin bo’lishi mumkin.
Ammo, yaqindan bilganingiz sari
ichki dunyosi qanchalar boy
ekanligiga guvoh bo’lasiz. Ularga
maslahat:
Agar o’zingizga ishonmasangiz,
ko’p pessimistic xayollarga
berilsangiz ko’p narsa yo’qotasiz.
Biroq, intilib, harakat qilsangiz,
shuhrat ham martabaga ham
erishasiz.
Ishonishdan ,qalbingizni
ochishdan qo’rqmang. Sizni ham
tushunadigan insonlar bor.
Atrofga bir qiyo boqing. Bu
qattiq qobiq ostida hissiyotli,
go’zal qalb egasi
yashiringanligini ko’rsatishdan
qo’rqmang. Umidlaringiz,
orzularingiz albatta ushaladi.
Faqat bunga siz ishoning!Yigitlar:
Bu raqamdagi kishilarni o’zini o’zi
yaxshi ta’minlay olishi va
erkinligi belgilaydi. Ichki kuch
hamda hayotga va muhabbatga
jiddiy qarash bu shaxslarni
sovuq va hissiyotsiz ko’rsatishi
mumkin. O’z oldiga qo’ygan
yo’ldan sira chekinishmaydi.
Irodasi bilan ular hayotda yuqori
cho’qqilarni egallashadi.
Ko’pincha faqat o’zini o’ylashadi-
yu ammo muhabbatni his
etishlari bilan yumshoq va
hissiyotli bo’lishadi. Kutilmagan
sovg’alarni yoqtirishmaydi.
O’zlarining xayollarida yaratgan
ideal parini uchratsalar,
tanishishga botinolmasliklari
mumkin. Dadilroq bo’ling! O’zi
tushunadigan, hamfikr bo’la
oladigan insonlarni izlashadi.
Qizlar: Ular bunga intilishmasa
ham odamni tez o’zlariga rom
etishlari mumkin. Aqlli, mehribon,
orasta. Chuqur ma’noli va kuchli
muhabbatni orzu qilishadi. Ularni
oddiy gap otish bilan umuman
o’zingizga qaratolmaysiz.
Erkinlikni afzal ko’radi.
Rostgo’ylik va mehnatsevarlikni
qadrlaydi. Ba’zan ideal insonlari
haqidagi orzu-xayollari haqiqatni
ko’rishga to’sqinlik qilishi
mumkin. Faqat o’ziga ishonishni
ma’qul ko’radi. Orzuga
beriluvchan shaxs, hayotda ham
shunga ko’ra yashaydi.
Munosabatlarda hamma narsani
o’zi hal etishni istaydi. Bunaqa
qilishni kamaytiring.
Qalbingizdagi tug’yonlarni ba’zan
aytib tursangiz ham bo’lardi.
{ 8 } Umumiy ta’rif: Bu raqam
ishbilarmonlik, tadbirkorlik,
hayotning har sohasida
qo’rqmaslikni beradi. Faqat olg’a
intilishlari, o’zlarining
maqsadlariga yetishishga
harakat qilishadi va bunga
erishishadi. Ba’zan bu yo’lda hech
kimni, na o’zlarini na boshqalarni
ayashadi. Irodali, kuchli xarakter
sohiblaridir. To’siqlarni yengishni,
raqobatni juda yaxshi ko’rishadi.
Bu eng qiyin va tushunarsiz
raqam. Ularni bir tarafdan
temperament raqami 4 bo’lgan
shaxslarga o’xshatish mumkin,
yana bir tarafdan boshqalarga
o’xshamaydigan fe’l atvor
sohiblari deyish mumkin. Ular
bilan suhbatlashayotganda
sovuq munosabat, ajralganlikni
sezishingiz mumkin. Ammo
unday emas, bu shaxslar kuchli
hissiyotlarga berila oladilar.
Bunday shaxslar kuchli iroda va
boshqalardan yaqqol ajralib
turadigan fe’l atvorga ega. Har
doim aslidan ko’ra boyroq
ko’rinadi. Har qanday muammoli
vaziyatda yechim topib, bundan
tez chiqib keta oladi. Hayotlari
o’zgaruvchan voqea-hodisalarga
boy, shuning uchun ular
ko’pincha kutilmagan qarorlarga
kelishadi. Oila uchun hamma
narsani qurbon etishga
tayyorlar. Ularga maslahat:
jamoani boshqarishdagi kamdan
kam uchrab turadigan
qobiliyatga egasiz. Buni
siyosatda, harbiy yo’nalishda,
ishda qo’llashingiz mumkin. Siz
odamlarni ko’p tergaysiz,
o’zingizga ma’qul kelganlarnigina
ya’ni xuddi o’zingizga o’xshagan
insonlar bilan do’stlashasiz. Sal
yumshoqroq fe’lli bo’ling. Baxt
va omad hamisha yo’ldoshingiz
va hamrohingiz bo’lsin!Yigitlar:
Erkin, o’ziga ishongan, samimiy,
rostgo’y, kuchli irodali, sofdil
o’ziga to’q shaxslar. Muhimligini,
ustunligi ro’kach qilishi yoki
kamtar, o’zining qobiliyatli
ekanligini ham deb pesh
qilmasigi mumkin. Bir narsaga
juda bog’lanib qolishni yomon
ko’radi ammo, doim
atrofdagilarni boshqarishni
istaydi. Ular ham hissiyotli,
mehribon, yumshoq fe’lli,
farosatli yoki jahldor, qasoskor
va qattiq inson ham bo’lishi
mumkin. Doimiy bandlik
munosabatlarni sovutishi
mumkin.
Ammo ishlari omadli keladi. O’z
maqsadlariga erishmaguncha
qo’ymaydi. U mehr-muhabbatga
va e’tiborga muhtoj o’zi buni tan
olmasa ham. Bir ishni oldin o’ylab
keyin qiladi. Qizlar: Qiziqqon,
irodali, kuchli shaxs. Og’ir – bosiq,
yuzaki sovuq ko’rinsada, aslida
nozik ko’ngil va go’zal qalb
sohibasi. Muhabbatda xudbinlik
qilmaydi. Ammo hayotda buni
hamma sohada yaqqol namoyon
etadi. Unga qarab “Sevgi va
nafrat orasida bir qadam” deyish
mumkin. Aytilmagan kechinmalar
uni azoblaydi. O’ziga
qiyinchiliklar tug’dirishni
yoqtiradi. Farosatli, aqlli,
hissiyotli. Munosabatlarda uni ha
deb ko’ngiliga kirishga intilish ,
kamchiligini izlash, hislarini
yashirishni so’rash to’g’ri emas.
Uni hissiyotligi, mehribonligi,
sofdilligi uchun qadrlash kerak.
{ 9 } Umumiy ta’rif: Bu raqam
o’tkir bilim, kuchli shaxslarni
ifodalaydi. San’at hamda ijod
sohasida omadlari yurishadi.
Artistik qobiliyat, ijodkorlik,
yaratuvchanlik hislatlarga egalar.
Sizning tadbirkorlik,
ishbilarmonlik, harbiy sohadan
ko’ra ijod va san’at sohasida
omadingiz ko’proq yurishadi.
Yaqinlaringizga nisbatan eng
go’zal his-tuyg’ular tuyishga
qodirsiz. Ammo, ko’pincha
yoqimsiz voqea-hodisalarga
uchrab turasiz. Ma’naviy
yuksalishni hech ham
to’xtatmang. Odamlarni seving.
O’z niyat va orzularingizga
erishish yo’lda hech ham ortga
chekinmang. Hayotingiz juda
o’zgaruvchandir. Sevishda ham
butun borlig’ingiz bilan seva
olasiz. Sevgingiz uchun ko’p
narsani qurbon etishga
tayyorsiz. Ular sevgan insonidan
ham kunda sevgining isbotini
kutishadi. Ularga maslahat: to’g’ri
yo’ldan hech ham adashmang.
O’zingizga bo’lgan talabchanlikni
sira susaytirmang.
Qobiliyatingiz va kuchingizga
ishoning shunda judayam
istasangiz har qanday cho’qqini
zab eta olasiz. Xohlasangiz bas.
Siz jamiyatga keraksiz.
Qobiliyatingizni namoyish eting.
Ko’p narsalarga qodirsiz.
Komillikka intiling. Siz hurmatli va
e’tiborli inson bo’lishingizga
ishonaman. Buyuk inson bo’lasiz!
“ Intilganga tole yor ”, -
deyishadi. Baxt va omad
hamisha yoringiz bo’lsin!Yigitlar:
Aqlli, farosatli, dono, romantic
qalb sohibi. Ochiq ko’ngilli,
samimiy, ajoyib suhbatdosh,
erkinlikni afzal ko’radi. Ko’p
narsani biladi va bilishga intiladi.
Ular bilan falsafa, dunyo bilimlari
haqida dildan suhbat qursangiz
orangizdagi munosabatlar
yanayam yaqinroq va uzoq
davom etishini ta’minlaysiz. Ular
hayotda o’z yo’lini topgan, o’zini
namoyon eta oladigan
shaxslarga intilishadi. Ishda va
hayotda o’z qarashlarida qolishni
ma’qul ko’rishadi, g’oyaviy
birdamsizlik oradagi
munosabatlar buzilishiga olib
kelishi mumkin. Sevgi bobida
sevgini yuragidan ko’ra ko’proq
aqlida, xayolot dunyosida
mo’jizakor tuyadi. Yo’q, bu
bunday kishilarning yuragida
hech narsa yo’q degani emas,
balki, bu ular yuragi bilan o’tli
sevsa, aqli bilan go’zal, sirli, ajib,
kitobiy, yuksak va mo’jizakor
sevadi degani. Huramat va
rostgo’ylikni e’zozlashadi.
Hislarini aql bilan boshqarishga
harakat qilishadi. Uchrashuvni
ancha hamma ikr-chikirigacha
rejalashtirishadi. Rom etish usuli
ham 18 asrlardagidek chuqur
ma’noli va go’zaldir. Asosiy
muammosi real hayotdan ajralib
yurishga intilish. Orzumand
shaxslar. Qizlar: Harakatchan,
doim o’z fikrlari, g’oyalari bilan
yuradi. Ma’naviy yetuk, falsafa
va siyosatni xush ko’radigan,
san’atkor va ijodkor kishilar bilan
suhbat qurishni sevadi. Ko’p aql
o’rgatadi va bilimini namoyish
etishga ko’p harakat qiladi.
Galereya, teatr, tadbir va
kechalarni juda yaxshi ko’radi.
Iloji boricha birortasini ham
qoldirmasa. Romantic qalb
sohibasi , shuning uchun yoridan
go’zal gullar, antiqa uchrashuvlar,
sovg’alar va she’rlar kutadi.
O’ziga yaxshi e’tibor beradi.
Manmanlik, xudbinlik kabi
hislatlardan nafratlanadi. Tez-tez
do’stlar davrasida bo’lish,
intelektual suhbatlardan
bahramand bo’lish u uchun
suvdek zarur. Erkinlikni afzal
ko’radi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6