qurish uchun maslaxatlar...
1. Turmush o`rtog`ingiz uyga
kelganida "Xush kelibsiz” deb,
tabassum ila qarshi oling.
2. Ishdan kelganida unga
ko`proq e’tibor bering, kuni
qanday o`tganligi haqida
so`rang.
3. Muvaffaqiyatga erishganida
yoki ishi o`ngidan kelmaganda
"men” va "sen” so`zlari o`rniga
"biz” ni qo`llang. Turmushda
"menlik”ning "bizlik”ka aylanishi
bir-biringiz uchun
yashayotganingizning belgisidir.
4. Qanchalik haq bo`lsangiz ham,
tortishishga urinmang.
Tortishish er-xotin o`rtasidagi
muhabbatni so`ndiradi. Bunday
holatda sukut saqlang. Bir oz
vaqt o`tgach, xotirjamlik bilan
to`g`ri tushuntirsangiz, u sizni
albatta tushunadi.
5. Turmush o`rtog`ingizni
boshqalar oldida, ayniqsa,
yaqinlari oldida pastga urmang.
Aksincha, ular oldida unga
ko`proq hurmat ko`rsating.
6. Turmush o`rtog`ingizga
boshqa erkaklarning yutug`ini
gapirib o`tirmang. Bilingki, har
kimning o`z yutug`i va
kamchiliklari bo`ladi.
7. Yaqinlaringiz turmush
o`rtog`ingizga qandaydir
yordam ko`rsatgan bo`lsalar,
buni aslo uning yuziga solmang,
minnat qilmang.
8. Uning ota-onasini,
qarindoshlarini hurmat qiling,
ularning kamchiliklarini aytib
yurmang. Uyingizga taklif qilib,
mehmon qiling va duolarini oling.
9. Do`stlari, yaqinlari bilan
ko`rishib turishiga to`sqinlik
qilmang, hadeb qistovga olib uni
siqmang.
10. Turmush o`rtog`ingiz va
uning oila a’zolariga qilgan
xizmatingizni aytib, minnat
qilmang.
11. O`zingiz ishlab topgan pulni
faqat o`zingizga sarflamang.
Turmushni ham moddiy, ham
ma’naviy birdamlik
go`zallashtiradi.
12. Istaklaringiz inobatga olinishi
uchun unga buyruq bermang.
Yaxshisi, iltimos qiling.
13. Oilangizda moddiy tanqislik
sezilayotgan bo`lsa, buni aytib
uni ranjitmang. Bu kabi
muammolarni birgalikda hal
qilishga harakat qiling.
14. Turmush o`rtog`ingizga
chiroyli ko`rinish uchun
o`zingizga oro bering. Ishdan
kelishidan avval yoki uyda
ekanligida chiroyli va orasta
kiyining.
15. Kayfiyatsiz, jahldor yoki
xo`mrayib yurmang. Doim
tabassum ila yurishga va go`zal
xulqli bo`lishga harakat qiling.
16. Turmush o`rtog`ingiz uyga
kelganida barcha ishlaringizni bir
ozga chetga surib, u bilan o`tirib
suhbat quring.
17. U uyda bo`lmaganida uni
sog`inganingizni, kelganidan
quvonganingizni va kelishini
sabrsizlik bilan kutganingizni
ayting.
18. Nimalarni yoqtirib-
yoqtirmasligini bilib, ko`ngliga
yoqadigan ishlarni ko`p-ko`p
qilib turing.
19. Biror bir xato ish qilganida,
"Sizga aytgandim-ku” deb aql
o`rgatmang. Uning ham
vaziyatini tushunishga harakat
qiling.
20. Sizni bexosdan ranjitib
qo`ysa, undan xafa bo`lib uzoq
vaqt arazlab yurmang.
21. Biron bir iltimosingizni o`z
vaqtida bajarmasa, "Mayli,
hechqisi yo`q. Bu safar bo`lmasa,
keyingi safar”, deb qo`ying.
Keyingi gal ham unutsa, sabr va
xotirjamlik bilan yana bir bor
eslatib qo`ying.
22. Turmush o`rtog`ingizni xafa
qilgan yoki ko`nglini og`ritgan
bo`lsangiz, uzr so`rang va
ko`proq mehr ko`rsating.
23. Xato qilib uzr so`raganida
darhol qabul qiling.
24. Uydan chiqayotganida
tabassum ila xayrlashing.
25. Ayol turmush o`rtog`idan
muhabbat kutgani kabi o`zi ham
unga muhabbat ko`rsatishi va
doim buni bildirib turishni
unutmasligi darkor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1