Balki bu dersan ham juda bag'ritosh
Balki armon ichra yurubsan behol
Qayt deb aytishga so'zlar keladi malol
Boylik deb ketganding eslagin bir zum
Senga yozgan maktublarim bo'lgandi g'ijim
Hayollar aylardi boshimni sarxush
Sensiz yasholmasdim qalbdagi oq qush
Tariflar aylardim sen uchun faqat
Hattoki ermakka olibsan sevgim
Menda bo'lmagandi sen istagan pul
O'zgaga ketibsan boraqol oq yo'l
Taqdir deb gohida ovinib yurdim
Xiyonat neligin shu onda bildim
Armonlar yo'lidan bearmon yurib
Unutmoq istadim shu yerga keldim
Ismingni tilimdan o'chirdim hatto
Qalbimdan ketmading sira ham yorim
Bu dunyo bag'ritosh ekan u tanho
Armonga aylangan ey mehribonim
Qaniydi yodimga kelmasang sira
Qaniydi ismingni takror aytmasam
Ne qilay hanuz ham yuragim pora
Tinmasdan har onda seni o'ylasam
Ko'zimdan yoshlarim tinmasdi bu kun
Oppoq libos egnida sevgilim bugun
Baxtim koshonasi quladi hatto
Senga bo'lgan sevgimdan armonlar ustun
Suratga termulib o'tadi kunlar
Hayolda sen bilan birga bo'laman
Menga nasib etmading alvido yorim
O'lsam ham sevishim aytib o'laman
Bizga nasib etmadi shirindir armon
Baxtning o'rnin egalladi qaragin hijron
Azoblar qamradi ezmoqda qalbim
Bir umr qalbimda yashaysan sevgim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев