Предыдущая публикация
Sig'may qoldim shu keng
olamga.
Mening jonim olsang mayliga,
Tangrim tegma hasta Onamga.
Undan mu'min banda
ko'rdingmi?
Uni suyib azob berdingmi?
Qara joni azobda qoldi,
Yoki shuni ravo ko'rdingmi.
Kel shu dardni bo'ynimga yukla,
Men ko'taray mahsharga qadar.
Onam qancha azob ko'rgandi
Oshib keyar qiynasang agar.
Qara sochi qordan ham oppoq
Endi ellik ikkiga kirdi.
Yuzlari ham hazonli yaproq
Yashnamayin erta to'kildi.
Hali mening to'ylarim ko'rsin
Ota degan bo'ylarim ko'rsin.
Mirzo oxin ayla ixtirom
Uyim to'rin to'ldirib tursin.
Qalamlarim ojiz bariga
Tog'lar talqon Onam sabriga.
Aziz do'stlar Aziz mu'minlar
Erta yeting Ona qadriga....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев