Qiz bolada o'zbek qizi nima qilsin, Qurbon qila olmas axir ibosini. Yigit uchun edi u qiz eng yaqin do'st, Sir tutmasdi yigit undan biror so'z. Qiz bolachi nima qilsinul ohu ko'z, Qurbon qila olmas axir ibosini. Yillar o'tdi maktab endi bitti tamom, Tarqalishdi sinfdoshlar har yon tomon. Izhori dil qilolmagan u qiz hamon, Yo'qdir hech dard bundan og'ir bundan yomon. Vaqt davo deyishardi har bir dardga, Lekin davo bo'lolmasdi bu safarga. Borgan sari oshib borar qizning ishqi, Rad javobin berdi kelgan sovchilarga. Lekin bir so'z aytolmaydi suyganiga, Qandoq chetga surar ayting hayosini, Qurbon qila olmas axir ibosini. Yig'ilmoqchi bo'lishibdi sinfdoshlar, Qiz yuragi endi tez tez ura boshlar. Bugun endi haqiqatni aniq aytar, Cheksiz muhabbatin endi izhor aylar. Sog'inishgan sinfdoshlar bir birlarin, Suhbat qurib shodon o'ynab kulishardi. Lekin biz bilgan qiz ko'rinardi biroz g'amgin, Fursat topib aytmoqchi u o'sha sirin. Shu on qizning suyiklisi kulib turib, Taklifnoma berib chiqdi har biriga. Taklif qilgan edi yigit hammalarin, Shu yaqinda bo'ladigan o'z to'yiga. Ko'rsa maymun yig'lar qizning ahvoliga, Ichga yutdi go'zal sevgi sadosini, Topmagandi shu ongacha aytish ilojini. Bilasizku o'zbek qizi chetga surmas hayosini, Qurbon qila olmasaxir ibosini.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев