Shu sizga buyursin qaytib beraman.
Ammo,arimagay ko'nglimdan qadar,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Fitratda tug'ildim,vale' tarbiya,
Mudhish bir holatga soldi-ku soya.
Sof ta'lim neligin bilmadim deya,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Yoshlikda g'am nima bilmay yurgandim,
Bog'chani eng oliy dargoh bilgandim.
Kalima o'rniga qo'shiq o'rgandim,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Quvnab yo'l tushganda maktabim tomon,
Jami ilmlarga izladim imkon,
Ammo,nimaligin bilmadim iymon,
Xudoga hammasin aytib beraman.
So'ng oliy bilim yurt o'ziga chorlar,
Muhabbat atalmish go'zal bahorlar.
Ustozlarim dindan etgan bezorlar,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Allohga hamd bo'lsin qutqardi o'zi,
Qalbimga sochildi hidoyat tuzi.
Shunda yaqinlarim burdilar yuzin,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Aroqli to'ylarga bormay qolsam gar,
Otamga la'nat der eng yaqin jigar.
Ko'zimdan yosh emas,oqqanda zahar,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Yodimda o'zini eng zo'r er degan,
Namozxon bo'ldingmi,deya jerkigan.
Bo'g'zimga qadalib yovuz she'r kelgan,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Haq so'z yetkazilsa mard jo'von sherlar,
O'zingcha nelarni so'ylading derlar.
Kecha kim eding,deb yuz burgan ellar,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Alloh ruxsat,degan oyatni bilib,
Hayotga tadbiq et,gar desam kulib,
Ayol zoti minar g'azabga to'lib,
Xudoga hammasin aytib beraman.
Hammaga tegishli aytilgan so'zlar,
Haqdan olib qochamng jovdirar ko'zlar.
Qiyomat kelganda ko'rasiz,do'stlar,
Xudoga hammasin aytib beraman..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев