-a:1) fe’l yasovchi:sana, ata, tuna
2) ot yasovchi: qaxqaxa, sharshara
3) sifat yasovchi: ko’tara(savdo)
4) ravish yasovchi: shartta, taqqa
5) fe’lda modal shakl yasovchi: bura
6) fe’lda ravishdosh shakl yasovchi: yoza-yoza
7) jo’nalish kelishigining qisqargan shakli: boshima, yonima
8) so’roq yuklamasi: Sen-a?
9) bog’lovchi: A qizlar-chi?
-ay:1) fe’l yasovchi: kuchay, kengay
2) buyrug’ – istak mayli shakli: yozay, boray
-ga1) jo’nalish keligi: litseyga, uyga
2) fe’l modal shakl yasovchi: chayqa, suvga
-gi (ki, g’i)1) ot yasovchi: supurgi,kulgi
2) sifat yasovchi: bahorgi, burungi
3) fe’lda shakl yasovchi: o’qigim, yozgim, sevilgim (keladi)
-gina:1) otning kichraytirish erkalash shakli: bolagina, qizginam
2) ayiruv chegaralov yuklamasi: faqatgina, sengina
-gich:1) ot yasovchi: o’tkazgich, ko’rsatgich
2) sifat yasovchi: bilgich, yulg’ich
-gin (g’in,qin):1) ot yasovchi: yong’in, toshqin
2) sifat yasovchi: ozg’in, jo’shqin
3) Buyruq – istak mayli: yozgin, boqqin
-da:1) o’rin-payt kelishigi: maktabda, uyda
2) ta’kid yuklamasi: bola – da
-dir:1) kesimlik qo’shimchasi: Ilm - boylikdir
2) gumon yuklamasi: kimdir, qandaydir
3) orttirma nisbat shakli: yozdir, to’ldir
-don:1) ot yasovchi: guldon, tuzdon
2) sifat yasovchi: bilimdon, gapdon
-dosh:1) ot yasovchi: sinfdosh, maktabdosh, kursdosh
2) sifat yasovchi: qofiyadosh, o’zakdosh
-i:1) egalik qo’shimchasi: kitobi, daftari
2) sifat yasovchi: iroqi, kashmiri
3) fe’l yasovchi: ranji, tinchi
-iy:1) sifat yasovchisi: shakily, tanquidiy
2) atoqli ot yasovchi: mavoiy, Muqumiy
-ik:1) ot yasovchi: ko’rik
2) sifat yasovchi: bekik, o’lik (geologik)
3) fe’l yasovchi: ko’zik, kechik, birlik
-ildoq:1) ot yasovchi: shaqildoq, hiqildoq
2) sifat yasovchi: likildoq, porsildoq
-im:1) egalik qo’shimchasi: kitobim, shahrim
2) ot yasovchi: bilim, kiyim
3) sivat va ravish yasovchi: ayrim, qisim
-in:1) o’zlik nisbati shakli: yuvin, artin
2) majhul nisbat shakli: tozalandi
3) ot yasovchi: ekin, yig’in
4) sifat yasovchi: to’lin, to’kin
5) ravish yasovchi: qishin - yozin
6) ma’no kuchaytirish uchun xizmat qiluvchi qo’shimcha: borayin, sendayin
-ir:1) fe’l yasovchi: gapir, tupir
2) orttirma nisbat shakl qo’shimchasi: ichir, o’chir, qochir
-ish:1) harakat nomi shakli qo’shimchasi: kulish, ekish
2) birgalik nisbat shakli qo’shimchasi: yozishdi, borishdi
3) ozaytirma sifat shakli qo’shimchasi: ko’kish, oqish
4) ot yasovchi: yig’ilish
5) o’zlik nisbat shakli qo’shimchasi: kerishmoq
6) fe’lda modal shakl qo’shimchasi: to’lishdi, oqarishdi
-iq:1) ot yasovchi: chiziq, soliq
2) sifat yasovchi: siniq, to’liq
3) fe’l yasovchi: yo’liq, to’liq
4) o’zlik nisbati shakli qo’shimchasi: toliqmoq, siniqmoq, qoniqmoq
-y:1) ravishdosh shakli: o’qiy boshlandi, ishlayman
2) buyruq – istak mayli shakli: o’qiy, ishlay
3) fe’l yasovchi: qaray, olay
-k:1) ot yasovchi: tilak, bezak
2) shaxs – son qo’shimchasi: yozdik, o’qidik
3) sifat yasovchi: chirik
-kan:1) o’tgan zamon sifatdoshi shakli: ekkan, tikkan
2) ekan to’liqsiz fe’lining qisqargan shakli: borarkan, yozarkan
-ki:1) ergashtiruvchi bog’lovchi: Ayol borki, olam munavvar
2) ta’kid kuchaytirish ma’nolarini bildiruvchi belgi: nahotki, afsuski, xayriyatki
3) ot yasovchi: tepki, turtki
4) sifat yasovchi: qishki, kechki
-kor:1) ot yasovchi: paxtakor, shifokor
2) sifat yasovchi: maftunkor
-la:1) fe’l yasovchi: ishla, gulla
2) fe’lda modal shakl yasovchi: savala, quvala, bukla
3) balan ko’makchisining qisqatgan shakli: sen – la
-lab:1) ravish yasovchi: yaxshilab, saharlab
2) chama son shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha: yuzlab, minglab
-lar:1) ko’plik qo’shimchasi: kitoblar, do’mlar
2) hurmat shakli: opamlar, onamlar
3) egalik va tuslovchi qo’shimcha tarkibiga kiruvchi qism
-lik:1) ot yasovchi: zargarlik, darslik
2) sifat yasovchi: haftalik (daromad), kiyimlik (mato)
3) shakl yasovchi: bormoqlik, ayta olmaslik
-liq:1) ot yasovchi: toshloq, o’tloq
2) sifat yasovchi: yopig’liq, osig’liq
3) otlarda shakl yasovchi qo’shimcha: toychoq, qizaloq
-m:1) egalik qo’shimchasi: otam, onam
2) shaxs – son qo’shimchasi: o’qidim
3) ot yasovchi: to’plam, chidam
-ma:1) bo’lishsizlik qo’shimchasi: borma
2) ot yasovchi: qo’llanma, bostirma
3) sifat yasovchi: qaynatma, yozma
4) takroriy ravishlarni hosil qilishda xizmat qiluvchi component: qo’lma – qo’l, so’zma – so’z
-mas:1) sifatdosh shakli: bormas, yozmas
2) sifat yasovchi: qo’rqmas, yaramas
3) emas to’liqsiz fe’lining qisqargan shakli: borganmas
-miz:1) egalik qo’shimchasi: opamiz, uyimiz
2) shaxs – son qo’shimchasi: o’qiymiz, boramiz
-mish:1) o’tgan zamon sifatdoshining tarixiy shakli: maftun etmish
2) emish to’liqsiz fe’lining qisqargan shakli: maftun etganmish
3) kam unum ot yasovchi: o’tmish, qilmish
-moq: 1) harakat nomi shakli: bormoq, yozmoq
2) ot yasovchi: topishmoq, chaqmoq
-n: 1) o’zlik va majhul nisbat shakli: tarandi, so’zlandi
2) qaratqich va tushum kelishiklarining qisqargan shakli: yer kurrasin boshin tang’idik
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев