Bir ma’noli so’zlar– tilimizda faqat bir ma’noni ifodalaydigan so’zlar: pazanda, cho’pon, sa’va, chumchuq, zirak, tul, TO’TI…
Ko’p ma’noli so’zlar – tilimizda bir necha ma’noni ifodalab, o’z (bosh), ko’chma ma’nolarda ham ishlatiladigan so’zlar. Bosh ma’no – so’zning nutq tarkibidan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi. Ko’chma ma’no - so’zning nutq tarkibidagi boshqa so’zlar yordamida anglatgan ma’nosi. Ko’p ma’noli so’zlarda ma’no ko’chishi quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi:
a) metafora– o’xshashlik asosida ma’no ko’chishi: derazaning ko’zi, o’choqning og’zi, piyolaning labi, hayotning zangi, xazon bo’lmoq, yengil kuy, gapni cho’zdi, ishni tindirdi, sovuq xabar…
b) metonimya– aloqadorlik asosida ma’no ko’chishi: fuzuliyni o’qimoq, zal oyoqqa turdi, Qo’yliq yig’ladi, sergeli jim, Kusto hayratda…
c) sinekdoxa– butunni qism, qismni butun orqali ifodalash: qo’liga uzuk taqdi, tuz totmadi, oqsoqollar kengashdi, tirnoqqa zor, yong’oq ekdi…
d) vazifadoshlik– shakli o’zgarib, vazifasi saqlanib qolgan so’zlar: o’q (kamon o’qi); o’q (miltiq o’qi)…
e) kinoya– kesatish. Odatda qo’shtirnoqqa olib yoziladi: otasi o’g’lini “chiroyli” so’zlar bilan urushdi; qiz bolani “mensimay” tashlab ketti va ohir oqibatda “afsus” qildi.
Tasviriy ifoda – narsa-buyumning nomini aniq aytmay, uni tasvirlab aytish. Odatda ot so’z turkumi doirasida qo’llaniladi: mo’y qalam sohiblari (rassomlar), dala malikasi (makkajo’xori), oq oltin (paxta), qanotli do’stlar (qushlar)…
Eskirib qolgan so’zlar– o’z ichida ikkiga bo’linadi:
a) tarixiy so’zlar – kundalik hayotimizda ishlatilmay, faqat nomi saqlanib qolgan so’zlar: paranji, omoch, mingboshi…
b) arxaik so’zlar – kundalik hayotimizda mavjud narsalarning eskirib qolgan nomi: ulus (xalq), bitik (asar), dudoq (lab)…
Atama– ilm-fan, texnika, san’at, kasb-hunarga oid so’zlar. Atamalar ilmiy uslubda qo’llaniladi: inqilob, podshoh, feudal, proletar (tarix); ega, kesim, sifat (ona tili)…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2