Lug’atlar ko’zlangan maqsadga ko’ra dastlab ikki turga bo’linadi:
1. Qomusiy (ensiklopedik) lug’atlar
2. Tilshunoslik (lingvistik) lug’atlar
Qomusiy lug’atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa – hodisalar, tarixiy voqea – jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm – fandagi kashfiyotlar, davlatlar, sharlar haqida ma’lumot beriladi. Masalan: “o’zbek ensiklopidiyasi” (14 jildlik,1971-1980).
Tilshunoslik lug’atlarida so’z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar, xalq maqollari va boshqa tilshunoslikka oid mavzular beriladi. Masalan: “o’zbek tilining imlo lug’ati” (1976-yil, 65000 ta so’z), “o’zbek tilining izohli lug’ati” (4 jild, 60000 ta so’z). imlo lug’atida har qanday so’zning to’g’ri yozilishi qayd etiladi.
Izohli lug’atlarda muayyan so’zlarning izohi beriladi. Ko’p ma’noli so’zlarning barcha ma’nolari izohli lug’atda beriladi. Lug’atlarda fe’lga oid so’zlar harakat nomi (-moq) shaklida beriladi. Ikki tilli lingvistik lug’atlar ko’p. qo’shma so’zlar va o’zbek tilining izohli etnagrafik lug’ati hali yaratilmagan.
Uslubiyat(Stilistika)- tildagi so’zlarning nutqda ishlatilish imkoniyatlari o’rganiladi. Uslublar asosan ikki hil so’zlashuv va kitobiy (badiiy, ilmiy, rasmiy, ommabop).
So’zlashuv uslubi –jonli muloqot uslubi. (aylanay, metro, o’yinchi) so’zlar erkin qo’llaniladi. Sheva unsurlari, inversiya, qo’shma gap qo’llaniladi.
Badiiy uslub –badiiy asar uslubi, aralash uslubi: sheva, inversiya, qo’shma gap, dialok, monolok yetakchilik qiladi: “qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib…”
Rasmiy uslub –e’lon, tilxat, ariza, ma’lumotnoma kabilar shu uslubda yoziladi, so’zlar, jumla va iboralar bir qolipda bo’ladi;darak, buyruq gaplar yetakchilik qiladi; his hayajon gaplar ishlatilmaydi.
Ilmiy uslub –ilmiy adabiyot, darsliklar uslubi; alohida atamalar, shartli belgilar, qo’shma gaplar ko’p qo’llaniladi. Masalan: hozirgi vaqtda dunyo siyosiy haritasida 229 mamlakat mavjud bo’lib, ularning 169 tasi mustaqil davlatdir.
Ommaviy uslub –nutq, maqollarlar uslubi; ijtimoiy –siyosiy so’zlar ishlatiladi. Tashviqot – targ’ibot ishlari olib borishda shu uslubdan foydalaniladi: darak, his –hayajon va so’roq gaplar ko’proq ishlatiladi. Barcha uslublarda ishlatiladigan so’zlar uslubiy betaraf so’zlar deyiladi.
Dialektologiya– sheva va lahjalar o’rganiladi. Lahja – bir –biriga yaqin shevalar yig’indisi bo’lib, o’zbek tili tarkibida uch lahja mavjud:
a) qarluq lahjasi – asosan shahar shevalarini o’z ichiga oladi: Farg’ona, Toshkent shevalari. Adabiy til asosan shu lahjaga asoslanadi.
b)qipchoq lahjasi – asosan qishloq shevalarini o’z ishiga oladi: Sirdaryo, Qashqadaryo shevalari. Qipchoq lahjasida “g”undoshi “v” undoshi kabi: tog’ – tov, sog’ – sov; so’zboshida “y” o’rnida ko’pincha “j” qo’llaniladi: yo’l - jo’l, yaxshi – jaxshi.
d) o’g’iz lahjasi – Xorazim shevalarini o’z ichiga oladi. O’g’iz lahjasida qaratqich kelishigi qo’shimchasi – ing, jo’nalish kelishigi - a shaklida qo’llaniladi: uyima galing, Xazarasping ati.
Etimologiya– so’zlarning kelib chiqishi, paydo bo’lishi o’rganiladi. Masalan: “supur” so’zi “suv ur”; “teskari” so’zi “terskari”; “seskanmoq” so’zi “sezganmoq”; “sakson”so’zi “sakkiz o’n” so’zidan kelib chiqqan.
Frazeologiya– iboralar (turg’un birikma) o’rganiladi. Ma’nosi odatda bir so’zga teng keladigan so’zlar yig’indisiiboradeyiladi. Iborada so’zlar o’z ma’no mustaqilligini yo’qotgan holda kelib, asosan ko’chma ma’noga asoslanadi, hissiy-ta’siriy bo’yoq mavjud bo’ladi. Masalan: ko’ziga cho’p solmoq (aldamoq), ilonning yog’ini yalagan (ayyor), xamirdan qil sug’urganday (oson).
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев