Tulporing choparga maydoning bo'lsa,
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onaga yaxshilik qilgin.
Zeb-ziynat ustunmas ota-onangdan,
Mol davlat ustunmas ota-onangdan,
Hashamat ustunmas ota-onangdan,
Maishat ustunmas ota-onangdan,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bugun qadah tutib turgan dilbarlar,
Yiqilsang bir kunda tashlab ketarlar,
Odam bo'lib ortga solgin bir nazar,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Oppoq sochlarida sabr beshigi,
Ajinlar qator jabr beshigi,
Bir ochib kirmasak mehr eshigin,
Qarsillatib yopsak qadr eshigin,
Eng avval otangni qadrni bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bu dunyo nimadir, bu dunyo o'yin,
Bugun yuksak erta yutqazish tayin,
Boshqa ishingni qo'y Ahad Qayum,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Bor boyligu naqding shular emasmi,
Bor davlatu taxting shular emasmi,
Axir sening baxting shular emasmi,
Eng avval otangni qadrini bilgin,
Eng avval onanga yaxshilik qilgin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев