Nechun biz yugurib, yelibmiz faqat,
Dunyoda bir nishon qolmasa bizdan, Demak, o'lmoq uchun kelibmiz faqat!
Shunday ajoyib motivatsion she'r bilan o'z nutqimni boshlashga qaror qildim. Bu she'r barchaga yoqdi deb o'ylayman. Kimlardir esa buni o'z shiori qilib oldi desam ham adashmayman!
"O'zingni kechagi o'zing bilan solishtir, bugungi birov bilan emas", - deb men sizlarga barcha fikrlarimni bayon etmoqchiman. Judayam ko'p tushkunlik, o'zingizni birovlarga solishtirishdan kelib chiqadi. Aslida insonni hayotdagi yagona raqobatdoshi bu uning o'zi. Bugungi maqolamda ko'p gapirmoqchi emasman, shunchaki sizlarni tushkunlikka tushmasligingizga yordam berishga harakat qilmoqchiman.
Siz oldingizga katta maqsadlarni qo'ying! Va sekin-astalik bilan o'sha maqsadlaringiz tomon qadam bosing! Agarda siz harakat qilmasangiz hech bir maqsadingizga erisha olmaysiz, va hayotda umuman baxt nima ekanligini his eta olmasligingiz mumkin. Men bu bilan sizlarni vahimaga yoki tushkunlikka tushurmoqchi emasman, aksincha shu narsalarni oldini olishni maslahat beryapman. Maqsad sari yo'l ancha uzoq bo'ladi, bu uchun siz tinmay mehnat qilishingizga to'g'ri keladi. Maqsad sizni manzilingiz desak, soat sizni mashinangiz. Agar mashinangizning yoqilgʻisi tugab qoladigan bo'lsa, manzilingizga bora olmay qolishingiz mumkin, shu sababli uni keraksiz narsalarga sarf qilmang! Mashina bilan sizning vaqtingiz o'rtasida bitta farq bor. Agarda mashinani yoqilgʻisi tugab qolsa, siz unga yana yoqilgʻi quydirishingiz mumkin, lekin vaqtingizda bunday emas. Sizga hayot bir marta beriladi. Shu uchun har bir vaqtingizni kerakli narsalarga sarflang. Bo'lmasa maqsadingizga erisha olmaymiz. Bu esa juda alamli bo'ladi. Yana bir narsani esdan chiqarmang!: "O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy". Demak siz hech qachon chekinmang.
Kimlardur menga kech bo'ldi deyaptimi? Yo'q adashasiz, hali hammasi oldinda!: "Qachonki siz hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasangiz, aslida hali erta bo‘ladi." Yodingizdan chiqmasin. Bu hayotda agar harakat qilmasangiz qulaysiz! Hayot xuddi siz velosiped haydaganingizga o'xshaydi. Agar harakatdan to'xtasangiz muvozanatingizni yo'qotasiz. Bugungi o'zingizni, ertaga mutloq tanimang!
✍MOTIVATOR: YOQUBBEK ISMOILOV
Shaxsiy fikrlaringizni izohda qoldirishingiz mumkin👇🏻
yanada qiziqarlilari oldinda!
https://www.instagram.com/tv/C0M3NjRospB/?igshid=MTc4MmM1YmI2Ng==
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев